Bola tug‘ilgan paytda ta‘omni (mazani) biladi, issiq va sovuqni sezadi. Asta-sekin uning
boshqa sezgilari ham o‘sa boradi. 3 oylik bo‘lganda buyumlarni farqlaydi., o‘ziga yaqin
kishilarni ko‘rsa xursand bo‘ladi. 6-8 oylik bo‘lganda rang va shakllarni ham farqlaydi. Rangli
o‘yinchoqlarni xush ko‘radi.
11-12 oyligidayoq atrofdagi kishilarni tanishdan tashqari, aytilishi oson bo‘lgan so‘zlarni
talaffuz qiladi, nutqi o‘sa boshlaydi.
2. Yasli davri.
Bu davr jismoniy o‘sish, yo‘lga kirish-yurish davri ham deyiladi. 2 yoshida ancha
murakkab o‘yinlarni ham qiziqib kuzatadi. Bolalar o‘yin orqali bir-birlari bilan aloqa
bog‘laydilar, tasavvur, fikrlash kuchayadi, nutqi o‘sadi. Endi u jumla va undan gap tuzadi.
Bolalarni tarbiya qiluvchi katta kishilarning yurish-turishi va odobi bolalar ruhiyatiga ta‘sir
qiladi. Bolani lozim bo‘lgan vaqtda maqtash, diqqati ijobiy faoliyatga tortish, yomon ishlardan
ehtiyot qilish, yomon so‘zlarni eshitishdan uzoqlashtirish, urishmaslik yo‘llarini o‘rgatish,
ularga ta‘sir ko‘rsatish usullaridan hisoblanadi.