12
O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chikariladigan tovar mikdorini oshishiga yoki
kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish xajmi o’zgarishiga bog’liqlikda
o’zgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilgi-transport xizmati, ishchilar ish xaqi va
shu kabilarga kilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning
xar bir darajasida
doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yigindisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil
qiladi.
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga kilinadigan sarf xarajatlarni xisoblash
uchun O’rtacha umumiy, O’rtacha doimiy va O’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar
tushunchalaridan foydalanadi.
O’rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning
ishlab chikarilgan
tovar mikdoriga nisbatiga teng. O’rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarni ishlab
chikarilgan mahsulot mikdoriga bulish yuli bilan aniklanadi. O’rtacha o’zgaruvchan
xarajatlar o’zgarvchi xarajatlarni ishlab chikarilgan mahsulot mikdoriga bulish yuli
bilan aniklanadi.
Eng yukori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning
zarur mikdorini aniqlash zarur. Bunda iktisodiy tahlil vositasi bo’lib qo’shimcha .
xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo qo’shimcha xarajat deb, keyingi kushilgan
mahsulotlarning xar bitta birligini ishlab chiqarish bilan bog’liq qo’shimcha .
xarajatlarga aytiladi. Kushimacha xarajatlarni xar
bir navbatdagi chikarilgan
qo’shimcha mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin.
Korxona foydalanadigan kuplab resurslar mikdori, ya’ni jonli Mehnat, xom-
ashyo, yonilgi va energiya sarflari tovar xajmining o’zgarishiga tez va oson ta’sir
qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar xajmi o’zgarishi uchun uzoq vakt talab
kilinadi. Masalan, og’ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq
vakt oralig’ida mahsulot mikdorini o’zgartirishiga ta’sir kilishi mumkin. Demak,
ishlab chiqarish xarajatlarini
xisobga olishga vakt omili, ya’ni xarajat qilingan
pirovard natijasi olinguncha o’tgan davr sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli vakt
omilidan kelib chikib, ishlab chiqarish xarajatlarini kiska
va uzoq muddatli davrda
aloxida tahlil kilinadi.
13
Korxona ishlab chiqarish xajmini o’zgartirish uchun kiska muddatli davrda
faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari mikdorini o’zgartirishi mumkin. Bu kiska
muddatli xarajatlardir.
Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshoatlari maydoni, mashina
va uskunalar mikdori) doimiy bo’lib koladi, xamda bu davr faqat ulardan
foydalanish darajasini o’zgartirish uchun yetarli bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatli davr - bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini xam o’z
ichiga olgan, bugun band bo’lgan resurslari mikdorini o’zgartirish
uchun yetarli
bo’lgan davrdir. Bu davr davomida Boshqa tarmoqlar faoliyat kilib turgan korxonalar
mazkur tarmoqka kirib kelishi mumkin.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishi
takozo qilingan kiska va uzoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona
xususiyatidan kelib chikib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmogida
kiyim kechak ishlab chikaradigan kichkina firma, bir necha qo’shimcha
tikuv
mashina urnatish bilan o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini kiska vaktda (bir necha
kunda) oshirish mumkin. Og’ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish
uchun bir necha yil talab kilinadi. Okibat natijasida barcha xarajat turlari o’zgaradi va
o’zgaruvchi mikdorlar bo’lib koladi.
Dostları ilə paylaş: