O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRILIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA TA’LIM YO’NALISHI 4-BOSQICH 1-GURUH TALABASI ASQAROV ABDULLAJONNING “Birinchi va ikkinchi tur sirt integrallari” mavzusida tayyorlagan Kurs ishi TEKSHIRDI: S. Umrzaqov TAYYORLADI: A. Asqarov
KIRISH O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini takomillashtirish davlat siyosati- ning ustuvor yo’nalishi deb e’tirof etilishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida demokratik, insonparvarlik g’oyalarining yetakchi o’rin egallashi ustida olib borilayotgan amaliy harakatlar respublikada uzluksiz ta’lim tizimini jahon standarti darajasiga ko’tarishi uchun zarur shart-sharoit yaratishi lozimligini ko’rsatdi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ni tayyorlash jarayonida O’zbekiston Respublikasi prezidenti mutaxasislar bilan uchrashganda Yaponiya va AQSH ta’lim tizimining bugungi ravnaqi, Yaponiyaning so’nggi 50 yil davomida eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilishining asosiy omili yoshlarda ilm olishga bo’lgan hayotiy jarayoniga xorijiy davlatlardan malakali kadrlarni jalb etilganligi deb ta’kidlagan edi.
Uzluksiz ta’lim tizimi istiqbolini belgilab beruvchi meyoriy xujatlar O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida“gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ talablariga muvofiq ta’lim tizimini takomillashtirish, uni mazmunini boyitish, ta’lim oluvchilarni chuqur bilim olishiga erishish, ular asosida o’quv dasturlari va darsliklarning yangi avlodini yaratish hamda ularni tajribada sinovdan o’tkazish lozim.
Hozirgi paytda taraqqiyotimiz taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk kadrlar hal qiladi. Aqliy zakovat, ma’naviy kamolot, insofu-diyonat, muruvvat, mehr-oqibat – bular marifatli, ma’naviyatli insonning fazilatlaridir. Ana shu fazilatlarni yoshlarimizda shakllantirish olimlar, ziyolilar, o’qituvchilar, tarbiyachilar zimmasida bo’lib, bu borada xususan, matematikani o’qitishning o’z o’rni va ahamiyati beqiyosdir.
Matematika o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda avvalo maktabda so’ngra oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan fanlarning biri sifatida keng imkoniyatlarga ega.