149
XX.
Burjaski tili.
Bu til ham hech qanday guruhga kirmaydi. Bu tilda
so‘zlashuvchilar 30 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular Hindistonning shimolida
yashaydi.
Quyidagi tillar hech qaysi guruhga kirmaydi. Bular Uzoq Sharq tillaridir:
yapon tili,ryukyu tili, quriya (koreya) tili, ayn tili
.
Til oilalarining har qaysisi o‘z ichida kichik guruhlarga bo‘linadi. Xususan,
turkiy
tillar oilasi
qipchoq tillari guruhi, og‘uz tillari guruhi, qarluq tillari
guruhi
ga bo‘linadi.
O
‘
zbek
va
uyg
‘
ur
tillari qarluq guruhiga;
qozoq, qoraqalpoq,
qirg
‘
iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash
kabi tillar qipchoq guruhiga;
ozarbayjon, turkman, usmonli turk
tillari esa o‘g‘uz guruhiga kiradi.
Turkiy tillar
qipchoq tarmog‘i, o‘g‘uz tarmog‘i, qarluq tarmog‘i
singari til tarmoqlarini o‘z
ichiga oladi. Turkiy tillarning eng qadimgi davrlaridan hech qanday yozma
yodgorliklar saqlanib qolmagan, lekin qadimgi turk tili davriga
oid bir qator yozma
manbalarga egamiz. Ular turkiy run yoki urxun-enasoy, uyg‘ur va qisman moniy,
sug‘d yozuvlarida bitilgan manbalardir. Bu davrga doir obidalar tili hozirgi barcha
turkiy tillar uchun umumiydir.
Mahmud Koshg‘ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning
bir necha guruhlarini tasniflab, ular o‘rtasidagi
umumiy va farqli jihatlarni
aniqlagan holda “qiyosiy-tarixiy tilshunoslik” deb nomlanuvchi yo‘nalishga asos
soldi.
Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi barcha turkiy
tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lgan til sanaladi va shuning
uchun bu davr tili ko‘pchilik
turkiyshunoslar tomonidan
eski turkiy til
deb
yuritaladi.
«Devonu lug‘otit-turk»dagi ma’lumotlarga qaraganda, o‘sha
davrda
bajanak, qipchoq, o
‘
g
‘
uz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirg
‘
iz, chigil, tuxsi,
yag
‘
mo, ig
‘
rak, uyg
‘
ur
kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tilni tashkil
qilgan.
Ulardan
«eng yengili
–
o
‘
g
‘
uz, eng to
‘
g
‘
risi, yaxshisi
–
yag
‘
mo, tuxsi, eng
ochiq, ravon til
–
xoqoniy o
‘
lkasida yashovchilarning tili»
ekanligi ta’kidlangan.
Dostları ilə paylaş: