Spare time
kechqurun ishdan keyin yoki haftaning dam olish kunlaridagi
bo‘sh vaqtni ifodalaydi.
Free time
kun davomida ish yoki o‘qishdan xolis bo‘lgan bo‘sh vaqtni
bildiradi.
Leisure so‘zi dam olish vaqtini ko‘rsatadi. Ingliz tilida dam olish,
tanaffus qilish, madaniy hordiq chiqarish ma’nolarini ifodalagan yana bir qancha
so‘zlar, jumladan, recreation, rest, relaxation, amusement, entertainment kabilar
mavjud. Bu so‘zlar ham qo‘llanishiga ko‘ra farq qiladi.
So‘zlarning nutq jarayonida yoki matnda ishlatilish o‘rni kontekst deb
ataladi. So‘zlarning ma’nosi kontekst yordamida oydinlashadi. Tildagi barcha
birliklar (fonema, morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap) umumlashtiruvchilik
xarakteriga ega. So‘zning mavhum tabiati uning bir qancha narsa, hodisa va
belgilarga tegishli ekanligi bilan izohlanadi.
Biroq so‘z ma’lum nutq situatsiyasida yoki kontekstda o‘zining aniq
shaklida namoyon bo‘ladi. Har bir so‘zning ma’nosi uning material – tovush
jihatdan shakllanib, ma'lum ma'noni ifodalashga qaratilgan odam ongidagi
harakat rivojlanishining natijasidir.
So‘z ifoda va mazmun jihatlariga ega bo‘lib, uning alohida ma'nolari nutq
situatsiyasida yoki kontekstda aniqroq ochiladi. Bu munosabatni quyidagi
uchburchak shaklida ko‘rsatish mumkin:
Ifoda jihati so‘z
Nutq situatsiyasi Mazmun jihati (tushuncha, (kontekst) narsa va ma'no
aloqalari).
Tilshunoslik nuqtayi nazaridan so‘z aytilish va ma'noning birligidan
iborat. Biroq so‘zning narsa va tushunchalar bilan bog‘lanishi hisobga olinsa,
u borliqdagi biror narsaning odam ongidagi in'ikosi bo‘lib, bu in'ikos tafakkur
yordamida til orqali amalga oshiriladi. Shu sababli so‘z biror tushuncha, narsa,
hodisa yoki belgini ifodalay oladi. Lekin so‘z tushuncha va narsaning aynan
o‘ziga hech vaqt to‘g‘ri kelmaydi. So‘z biror narsaning nomini atash orqali shu
tildagi barcha narsalarga tegishlidir. Masalan, paxta so‘zi uning barcha tur va
navlariga tegishlidir, ya'ni umumlashtirish xarakteriga ega. Biroq bu so‘z
boshqa so‘zlar bilan birikib yoki ma'lum affiks qo‘shilishi bilan aniq ma'noni
ifodalay oladi. Bu o‘rinda so‘zlarning aniq ma'noga ega bo‘lishida grammatika
katta ahamiyatga ega.
53
Demak, so‘zning leksik ma'nosi bilan grammatik ma'nosini farqlamoq
zarur. Ayrim olingan so‘zga tegishli bo‘lib, boshqa so‘zlardan farqlay oluvchi
ma'no shu so‘zning leksik ma'nosi deb yuritiladi.
So‘zning leksik ma'nosi birinchi navbatda o‘sha so‘z o‘zagining ma'nosi
bilan bog‘liq bo‘ladi va har qanday affiks qo‘shilganda ham saqlanib qoladi.
Masalan, yaxshi, yaxshilik, yaxshilikcha kabi so‘z formalarining barchasi
"yaxshi" ma'nosini ifoda etgan. Bu o‘rinda yaxshi so‘zining leksik ma'nosi uni
boshqa so‘zlardan (masalan, yomon so‘zidan) farqlashga xizmat qiladi.
Nutqda har qanday mustaqil so‘z shakli leksik ma'nodan tashqari,
grammatik ma'noga ega bo‘ladi. Masalan, ishimizdan, keltirdi so‘zlaridagi ish va
kel so‘zlari o‘z leksik ma'nosidan tashqari narsa va harakat ma'nolarini ifoda
qiladi. Bu ularning grammatik ma'nosidir. Bu so‘zlardagi -imiz, -dan, -tir, -di
affikslari turli grammatik ma'nolarni ifodalaydi. Grammatik ma'no so‘zning
leksik ma'nosiga orttirilgan qo‘shimcha ma'nodir. So‘zning grammatik
ma'nolari grammatikada o‘rganiladi.
So‘zlar o‘zlarining leksik va grammatik ma'nolari bilan farq qiladi. Atoqli
va turdosh otlar nutqda qo‘llanishiga ko‘ra farqlanadi. Turdosh otlar narsa va
hodisani atashdan tashqari, ularni biror guruh yoki turga kirishini ham
ifodalaydi. Atoqli otlar esa ma'lum shaxs, shahar, qishloq va boshqa
narsalarni shu turdagilari ichidan ajratib ko‘rsatish, ularni alohida o‘ziga xos
xususiyatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu sababli, odatda, ikki bir xil
ismli shaxsni aralashtirib yubormaslik uchun katta Mahmud va kichik
Mahmud iboralari ham qo‘llaniladi. Bu jihatdan til faqatgina tushunchalarni
umumlashtiruvchi vosita bo‘lmay, ularni farqlash vositasi sifatida insonning
amaliy faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Barcha so‘zlar o‘z aytilishi, ya'ni
tovushlar birikmasi yoki bir tovushdan iborat bo‘lgan material tomoniga ega.
So‘zning material tomoni u ifoda etgan narsaning belgisi deb ataladi. Til esa
shunday belgilarning alohida sistemasi deb qaraladi.
Tildagi belgilar hayotdagi boshqa belgilardan, jumladan, ko‘cha
qatnoviga oid belgilar va signallardan tubdan farq qiladi. Chunki bu belgilar
shartli qabul qilingan bo‘lib, tez o‘zgarishi mumkin.
So‘zning aytilishi esa shartli emas, u odamlarning xohishi bilan paydo
bo‘lmagan. So‘zning talaffuzidagi o‘zgarishlar tilning tarixiy rivojlanish
qonuniyatlari va odamlar nutqida ishlatilish xususiyatlari asosida ro‘y beradi.
So‘z ma'nosining narsaga aloqasi denotativ aloqa, so‘z atayotgan narsa
denotat yoki referent deb ataladi (lotincha
denotatum
– ko‘rsatuvchi, inglizcha
refer
–aloqador). So‘z ma'nosining tushunchaga munosabati signifikativ aloqa
(lotincha significatum – "belgi"), tushunchaning o‘zi signifikat deb yuritiladi.
Bir so‘z ma'nosining boshqa so‘zning ma'nosiga munosabati struktural aloqa
deyiladi. Bunday aloqa natijasida turli so‘zlar o‘rtasidagi munosabatlar,
ularning o‘xshash va farqli tomonlari aniqlanadi va so‘zlar har xil guruh va
tiplarga ajratiladi.
So‘z ma'nosiga doir yuqoridagi ma'lumotlarni sxemalar yordamida
quyidagicha ko‘rsatish mumkin.
54
So‘z ma'nosining asosiy funksiyalari. Ma'noi – narsai (yoki ma'no –
narsa) – denotativ funksiya; ma'noi –tushunchai (yoki ma'no – tushuncha:) –
signifikativ funksiya; ma'noi – ma'no (yoki ma'no–ma'noi) – struktural funksiya.
Dostları ilə paylaş: |