Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

qardosh tillar
deyiladi. Grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-
birlariga yaqin bo‘lgan tillar guruhi 
til oilasi
deb ataladi. Chunonchi, o‘zbek, 
uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman, qoraqalpoq, 
turk, chuvash tillari kabilar turkiy tillar oilasiga kiradi. Bu qardosh tillardagi 
o‘xshashlik, yaqinlik ularning so‘z boyligi, grammatik qurilishi va nutq 
tovushlarida ifodalanadi.
Shuni ham ko‘rsatib o‘tish kerakki, qardosh bo‘lmagan ba’zi tillarning so‘z 
boyligida alohida so‘zlarning ma’no jihatidan o‘xshashlik hodisalari uchrashi 
mumkin. Bunday hodisa bir tilga qarindosh bo‘lmagan boshqa bir tildan kirgan 
so‘zlarda uchraydi. 
Masalan
, o‘zbek tiliga arab tilidan: 
oila, maktab, lug‘at, kitob
singari, rus tilidan
samovar, mashina, stol, stul, choynak
kabi anchagina so‘zlar 
33
Шайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева Е.А. Введение в языкознание.-Т.:Ўқитувчи, 1989.-С.228.


145 
o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab tili yoki rus tili bilan qardosh 
til ekanligiga asos bo‘lolmaydi, chunki birinchidan, bunday tillarning qarindosh 
ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la olmaydi. Ikkinchidan, 
har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan so‘zlar juda ozchilikni tashkil 
etadi va ularning grammatik xususiyatlari butunlay boshqacha bo‘ladi. 
Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida turli munosabatlar tufayli boshqa 
tillardan kirib qolgan bunday tasodifiy so‘zlar tillarning tarixini solishtirib, 
taqqoslab o‘rganishda material bo‘la olmaydi, chunki bunday tillarning tuzilishi 
bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir oiladagi qardosh tillarga
qarashli bo‘lganligi uchun bu tillarda so‘z ma’nolari, grammatik tuzilishlari 
jihatidan birmuncha o‘xshashlik, yaqinlik bor.
Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z o‘zaklari grammatik 
vositalar jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir bo‘lib, ular bir o‘zak tildan 
kelib chiqqan. Biror so‘z yoki grammatik vositalardagi tovush o‘zgarishlari 
ma’lum bir fonetik qonuniyat asosida yuz bergan. Bir qardosh tilga, bir 
tovushga ikkinchi bir qardosh tildagi shunga muvofiq tovush to‘g‘ri keladi. 
Masalan, o‘zbek tilidagi

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin