Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Tillarning boshqa tillar bilan aloqasi natijasida ularning leksikasida



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Tillarning boshqa tillar bilan aloqasi natijasida ularning leksikasida
strukturasida o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy hol va bu aloqada tillar genetik 
bog‘langan yoki bog‘anmagan bo‘ladi. Bu bir tomondan genetik jihatdan 
bog‘lanmagan bo‘lsa-da, tillarning tarixiy taraqqiyotidagi o‘zaro aloqalari
natijasida o‘xshashliklarga ega ekanligini ko‘rish mumkin, boshqa tomonda esa
genetik jihatdan o‘zaro bog‘langan tillarning vaqt o‘tishi bilan ajralishi 
natijasida o‘zlashtirishlarning turli darajada ekanligini, lug‘at boyligi, 
strukturasidagi o‘xshashliklarning rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin.
O‘zaro bog‘lanmagan va geografik jihatdan ma’lum bir masofada joylashgan 
joylashgan tillardagi o‘zaro o‘xshashliklar namoyon bo‘lishi mumkin va bu 
tabiiy hol, chunki tillarning tanlovidagi sturtural ko‘rsatkichlar sanoqli. 
Masalan, ega, kesim, to‘ldiruvchining tartibi dunyoning juda ko‘p tillarining 
qiyosida cheklangan tanlovdadir, bu bir-biridan butunlay mustaqil bo‘lgan tillar 
bir xil tartibga ega ekanligini bildiradi. Til tarixini qayta qurishda tarixan juda 
ehtiyotkor bo‘lish kerak. Tillarning dastlabki shaklida yozilgan matnlarni 
asoslash mas’uliyatli bo‘lib, o‘zaro aloqador bo‘lgan tillarning yoki 
dialektlarning qiyosi, o‘zlashtirilgan elementlarni o‘rganish, tillarning bugungi 
kundagi alternatsiyalari tadqiqi, tillarda sodir bo‘lgan o‘xshash yoki o‘xshash 
bo‘lmagan holatlar haqidagi umumiy bilimlardir 
4

4
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-P.89


46 
Jamiyat tarixida tillarning keyingi taraqqiyoti milliy tillarning vujudga 
kelishi bilan bog‘liq. Milliy til mahalliy shevalar bilan o‘zaro bog‘langan holda 
taraqqiy qilib boradi. Bu jarayonda ba'zi shevalar milliy tilga qo‘shilib, uni 
boyitadi; ba'zi shevalarni esa milliy til asta-sekin siqib chiqaradi.
 
Milliy tilning yagonaligi shuni ko‘rsatadiki, til shu millatning barcha 
tabaqalar, guruhlariga tushunarli va teng xizmat qilib, ularning hammasi
uchun birdan bir aloqa vositasi bo‘lib qoladi. Chunki til ayrim toifa, ayrim 
tabaqa, ayrim guruh tomonidan yaratilmagan, balki jamiyatning barcha a'zolari - 
umumxalq tomonidan yaratilgan. 
Xullas, til birligi uning erkin rivojlanishi millatning asosiy belgilaridan 
biridir. Milliy tilning xalq tilidan farqi uning adabiy yozuv shakliga egaligidir. 
Milliy tilning bu shakli mazkur millatning har bir a'zosi, har bir sheva uchun 
umumiydir. Har bir milliatning madaniy merosi ana shu tilda o‘z aksini topadi.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin