Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/66
tarix20.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#157879
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

Lokator. 
Radiolokator so‘z.ayn.o‘zi 
va h.k. 
Antonim so‘z yoki terminlar mustaqil tarzda berilgan bo‘lsa-da, lekin 
ular bir-biriga havola qilinmaydi. Mobodo bunday xavola antonim 
so‘zlardan birining yoki har ikkisining ma’nosini ochishga, izohlashga 
yordam bersa, unday holatda ular bir-biriga havola qilingan: 
mikroskopik...; 
aksi –makroskopik 
va h.k. 
O‘zbek ilmiy terminlogiyasiga mansub bo‘lgan qo‘shma va murakkab 
qisqartma so‘zlarning tarkibiy qismlari lug‘atda bosh so‘z tariqasida 
berilgan
: avia-, avto-, agro-, geo-, gidro-, mikro-, moto-, radio-, tele-, ultra-, 
foto-
kabi. 
Lug‘atda keltirilgan so‘zlarga o‘rni bilan 
fiz., tex., mat., geol., astr., 
med., farm.
singari belgilar qo‘yilgan.
Ta’kidlash joizki, mazkur lug‘atdan o‘rin olgan va izohlangan 
baynalmilal so‘z yoki terminlarning muayyan adadi Mustaqillikdan so‘ng 
jamiyatda yuz bergan tub o‘zgarishlar oqibatida o‘zbek tili so‘z boyligidan 
chiqib ketdi yoki ular moziyda ajdodlar tomonidan qo‘llangan leksik 
birliklar bilan almashtirildi. 
Tarixda qo‘llangan terminlar izohiga bag‘ishlab mamlakatimizda 
nisbatan katta yoki kichik hajmdagi lug‘atlar nashr qilindi. Shunday lug‘atlar 
sirasiga X.Y.Bekmuhamedovning “Tarix 
terminlari izohli lug‘ati” 
(Pedagogika oliy o‘quv yurtlarining studentlari va o‘rta maktab tarix 
o‘qituvchilari 
uchun. Toshkent: O‘qituvchi, 1978), M.Ismoilov, 
A.Sharopovlarnig “Tarix atamalari lug‘ati”.-Toshkent: Akademnashr, 2013, 
H.Dadaboyevning “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati” (Toshkent, 2007) 
singari asarlarni kiritish o‘zini oqlaydi. 
Y.SHermuhamedov va A. Umarov hamkorligida tuzilgan, 1981 yilda 
“Fan” nashriyotida chop etilgan “Ruscha-o‘zbekcha harbiy terminlar lug‘ati” 


92
umumharbiy va harbiy-siyosiy xarakterdagi terminlar, qurolli kuchlar turlari, 
ularning tuzilishi, qurol-yarog‘lari, strategiyasi va taktikasi, ommaviy qirg‘in 
qurollari, ulardan himoyalanish, zamonaviy harbiy texnika turlari, ustav, 
harbiy topografiya, shuningdek, harbiy san’at va harbiy ishning boshqa 
sohalarida qo‘llanuvchi terminlarni ichiga olgan.
8000 dan ortiq terminlarni qamragan ushbu lug‘atda terminlar 
qo‘llanishda qanday tartibda uchrasa shundayligicha alifbo tartibida 
berilgan. Undan tub, yasama terminlar qatori tarkibli terminlar ham o‘rin 
olgan. 
Ruscha termin o‘zbek tilida ikki yoki undan ziyod ma’noda ishlatilsa 
o‘zbekcha variantlar vergul bilan ajratilgan: 
ispitaniye – sinov, sinash; 
poxod –safar, yurish v
a h.k. 
Rus tilidagi sifat-termin o‘zbek tiliga bir necha variantda tarjima 
qilinganda uning o‘zbekcha variantlari yaqqol namoyon bo‘lishi maqsadida 
alohida lug‘at maqolasi tarzida berilgan
: boyevoy-jangovor, portlovchi, 
o‘qlangan
va h.k. 
Ruscha omonimlar rim raqami bilan belgilanib, alohida maqola 
sifatida keltirilgan: 
armiya
I –armiya (jami qo‘shin); 
armiya 
II-armiya 
(harbiy qo‘shilma) va h.k. 
Ayrim ruscha terminlarning tarjimasini keltirishda termin darajasiga 
chiqmagan, ammo ba’zan qo‘llanadigan variant(dublet)lar qavs ichida qayd 
etilgan: 
kambuz-kambuz 
(kema 
oshxonasi),
katapultirovaniye-
katapultirovaniye (irg‘itish)
va h.k. 
Ruscha komanda va komandaga oid iboralar, qisqartmalar, harfiy 
shartli belgilar lug‘atga Ilova qilingan: 
ogon –o‘t och, nazad-orqaga qayt
BTR –bronetransporter-bronetransporter, VMF-HDF, PVO-HHM v
a h.k. 
Lug‘atdan 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin