satïğ
“savdo-sotiq”,
satïğčï
“tojir, savdogar”,
berim alïm
“qarz”,
alïm berim
“qarz”, otağ “qarz”,
otağčï
“qarzdor”,
ribat
“rabot, karvonsaroy”,
bergűči
“sudxo‘r, qarz
beruvchi”,
baqïr
“pul birligi; mis tanga”,
dinar
“dinor (oltin tanga) va h.k.
Soliq va boj terminlari tizimi –
berim
“to‘lov”,
qabïn
“tayyor
mahsulot bilan to‘lanadigan soliq turi”,
qubčïr
“davlat tomonidan
fuqarolardan undiriladigan jon solig‘i”
, rabjat
“qullardan undiriladigan
soliq”va h.k.
Zoonimlar –
buğra
“ erkak tuya”,
arslan
“arslon, sher”,
at
“ot”,
ud
“qoramol (buqa yoki sigir
), qağatïr
“xo‘kiz”,
bőri
“bo‘ri
”, bars
“yo‘lbars”,
tiši bars
“urg‘ochi yo‘lbars”, va h.k.
Astroponimlar:
ay
“oy
”, kűn
“quyosh”,
altun yultuz
“Cho‘lpon,
Venera”,
Baqïr soqïm
“Mars”, Č
adan//Čazan// Čayan
“Chayon yulduzlar
turkumi”,
Yetigän
“”Katta Ayiq”,
nujum
“astronomiya
”, Ot yulduz
“Mars”,
Suv yulduz
“Merkuriy”,
Topraq yulduz
“Saturn”,
Yïğač yulduz
“Yupiter”,
yer
“yer, zamin” va h.k.
Anatomik terminlar –
yűräk
“yurak”,
qaraq
“ko‘z, ko‘z gavhari”,
qarïn
“qorin”,
qol
“qo‘l”,
baš
“bosh”,
bağïr
“jigar”,
ővkä/őpkä
“o‘pka” va
h.k.
Tibbiy terminlar
– buğan
“chipqon
”, kaka tau
“yiringli yara,
33
chipqon”,
ig
“dard, kasallik
”, ig ağrïğ
“kasallik, dard”,
ig kegän
“dard,
kasallik”,
adaq ağrïğ
“oyoq og‘rig‘i”,
ağïz ağrïğ ig
“og‘iz kasalligi”,
burun
ağrïğ
ig “burun kasalligi”,
boğuz ağrïğ ig
“qilizo‘ngach, halqum kasalligi”,
yűräk ağrïğ ig
“yurak kasalligi”,
onunč ağrïğ ig
“tomog‘ og‘rig‘i kasalligi”,
qulğaq ağrĭğ ig
“quloq kasalligi”,
ağrïğčï
“kasal, bemor, dardmand”,
tib
“tibbiyot”,
čurnï
(sanskrit) “surgi dori” va h.k.
Ma’dan nomlarlarini anglatuvchi terminlar:
altun
“oltin, tilla, zar”,
kűműš
“kumush”,
teműr
“temir”,
baqïr
“mis” va h.k.
Dunyo (kurra)ning to‘rt tomoni va vaqt (sutka) o‘lchov birligini
ifodalovchi terminlar tizimi –
kűn ortu
1) “peshin”; 2) “janub”,
tűn ortu
1)
“yarim kecha”; 2) “shimol”,
tűn sarï
“” shimol”,
taƞ sarï
“”sharq”,
kűn
tuğsïq
“sharq, kuntug‘ar”,
kűn batsïq
“g‘arb, kunbotar”,
batar
“G‘arb”,
tuğar
“Sharq” va h.k.
Ilm-fanga oid tushunchalarni ifolalovchi terminlar
: bilig, bilim
“ilm,
bilim”,
baqšĭ
(xit.) “ustoz, muallim”,
darb, tadif
(ar.) “ko‘paytirish”,
qismat,
tansif
“bo‘lish”,
adad
(ar.) “raqam, miqdor, son”,
kuzur, jazr
(ar.) “ildiz”,
misahat
(ar.) “chegara, ildiz chiqarish”,
handasa
“geometriya”,
saqïš
“arifmetika”,
davat
(ar.) “siyohdon”,
kağid
(ar.) “qog‘oz”,
xat
(ar.) “alifbo,
xat” va h.k.
Diniy tushunchalar nomlari (teonimlar):
bayat
“Tangri, Xudo”,
bačaq//bačağ
“ro‘za”,
burxan
(xit.) “budda; payg‘ambar, but”,
yalabač
//yalavač //yalafar
“payg‘ambar”,
savčï
“payg‘ambar” va h.k.
Ekologik terminlar:
sűzűk suv
“tiniq, ko‘m-ko‘k suv”,
tärkin suv
“balchiqli suv”,
et yer
“yumshoq yer; yumshoq tuproq”,
tatïrlïğ
yer
“qattiq
yer”,
qarqağ
“o‘tsiz va suvsiz joy, qaqroq”,
sarğan
yer
“sho‘rxok yer”,
sağïz topraq
“sog‘ tuproq”,
ačuq kők
“ochiq havo” va h.k.
Keltirilgan misollar qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzu
nuqtayi nazaridan turfa, miqdor jihatdan ancha ko‘pligi, istilohlarning
asosini asl turkiy so‘zlar tashkil etganini tasdiqlaydi. Ayni paytda sanskrit,
xitoy, so‘g‘d, arab, fors-tojik tillariga xos o‘zlashmalarning ham o‘rni bilan
qo‘llangani kuzatiladi
O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath qilinishi oqibatida
islom dini, arab tili va madaniyati, arab xati shu mintaqada azaldan
istiqomat qiluvchi xalqlar, millatlar, qabilalar, qavmlar, urug‘lar
intellektual hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Arablar hukmronligidan
keyin eron madaniyati, ayniqsa, Somoniylar hukmronligi yillarida
taraqqiy etdi va uning turkiy tillar tabiati, xarakteriga ma’lum
darajada ta’siri ko‘zga tashlandi. X asr oxiriga kelib Sharqiy
Turkiston, Yettisuv va Koshg‘arda Qoraxoniylar saltanati tashkil
topdi. Shu davrdan e’tiboran turkiy adabiy tillarning shakllanishida
jiddiy ijodiy jarayonlar sodir bo‘ldi. Qoraxoniylar vaqtida jonli tillar
adabiy tildan farqli o‘laroq chet tillar elementlariga nisbatan oz
ta’sirda bo‘lgan. Fors-tojik tili aksariyat hollarda rasmiy-idoralarda
eski turkiy til bilan yonma-yon qo‘llangan u bilan raqobatga
kirishgan. Bu kezlarda eski turkiy til so‘z boyligi, xususan, terminlar
34
tizimi umumtil leksikasi tarkibida shakllandi va taraqqiy etdi. Bunda
ekstralingvistik omillar qatori intralingvistik faktorlarning ham roli
katta bo‘lgan edi. Matematika, geografiya, falakiyot, tibbiyot,
minerologiya, zoologiya, geometriya kabi aniq fanlar singari falsafa,
filologiya,
tilshunoslik,
adabiyotshunoslik,
tarixshunoslik,
dinshunoslik kabi gumanitar fan sohalarining jadal rivojlanishi
asosida eski turkiy til terminologiyasining qadimgi turkiy til terminlar
tizimidan ko‘p jihatdan farqlanishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayni
chog‘da, qadimgi turkiy til so‘z boyligida mavjud bo‘lgan asl turkiy
terminlarning salmoqli qismi bu davr terminologiyasida ham
iste’molda qolavergan.
Qoraxoniylar davri terminologiyasi tizimi eski turkiy tilning
o‘z resurslari hamda arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashgan birliklar
hisobga kengayib borgan.
Eski o‘zbek tili terminologiyasi (XV-XIX asr oxiri) sistemasi
qadimgi turkiy til va eski turkiy til terminologiyasidek o‘z ichki
imkoniyatlari hamda o‘zlashmalar hisobiga shakllandi va rivojlandi.
Eski o‘zbekcha terminlar yasalish jihatdan tub va derivatlardan
tashkil topgan edi. Terminlar yasalishida qatnashgan affikslarni
leksik-grammatik xarakteriga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Ism-o‘zaklardan ot-terminlar yasovchi affikslar
: yurt-
čï,
yulduz-
čï, čerig-
či, tura-lïq, jibä-lik, kejim-lik
va h.k;
Fe’l –o‘zaklardan ot-terminlar hosil qiluvchi affikslar:
pus-uğ,
ből-äk//ből-
űk, yur-uš, čap-qun, quv-ğun//qav-ğun, yasa-vul, tosqa-
vul, tata-vul, nikä-vűl, yasa-l, qaba-l, tunqa-l, suyurğa-l, yasa-q,
tolğa-ma, yasa-v, bašla-maq
va h.k.;
Ot(ism)lardan fe’l-terminlar yasovchi affikslar:
yağï -la-, oq-la,
čerik-lä -, jibä-län-, qïlïč-lan-, at-lan-, ya-la-//yay-la-
va h.k.;
Fe’l-o‘zaklardan fe’l-termin hosil qiluvchi qo‘shimchalar:
sava-š -, ur-uš -, tala-t-, evr-il-, yïğ-ïl-, bas- ïl-, qïr- ïl-, yïğ-ïštur-,
bas-tur-, qač-ur, tűš-űr-, tut-ul
- va h.k.
Terminlarning sintaktik (kompozitsiya) yo‘l bilan yasalishiga
tubandagi faktik materiallar misol bo‘ladi:
kőkteműr
“zirh, sovut”,
kučaband
“to‘siq, g‘ov, barrikada”,
yatïš tavačïsï
“askarlarni yotoq
bilan ta’minlovchi harbiy mansab egasi”,
uluğ uruš
“dahshatli jang”,
divanbegi
“devonbegi”,
onbegi
“o‘nbegi”,
yuzbašï
“yuzbashi”,
miƞbegi
“ming askardan iborat harbiy qism sarkardasi”
tűmänbegi
“o‘n ming kishidan tashkil topgan qism, diviziya qo‘mondoni”,
qošunbegi
“kichik harbiy bo‘linma boshlig‘i” va h.k.
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshida o‘zbek adabiy tili
xalq turmush tarzida alohida, o‘zga xos o‘rinni egalladi. Bu davr
adabiy tili va uslubida jiddiy va muhim jarayonlar yuzaga keldi.
Ushbu jarayonlar o‘zbek xalqi hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy
munosabatlarning o‘zgarishi natijasida maydonga chiqdi. XIX
asrning 70-yillaridan e’tiboran O‘rta Osiyo Rossiyaga qaram bo‘lib
35
qoldi. Natijada mahalliy millat vakillari, xususan, ziyolilar orasida rus
madaniyati ommalasha boshladi. Kapitalistik munosabatlar o‘zbek
xalqi hayotga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ayni davrda keyinchalik
progressiv-demokratik, deb nom olgan o‘zbek adabiyoti shakllandi.
O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasi uch manba asosida boyib
bordi:
o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari va qonunlari zamirida
yuzaga kelgan terminlar:
bosmaxona, nizomnoma
“ustav”,
nishontosh
“yodgorlik”,
yig‘ilish
“majlis” va h.k.;
o‘zbek tili terminologiyasining jonli xalq tili so‘zlari hisobiga
kengayishi yaqqol namoyon bo‘ldi:
bo‘zchi, bezgak, iskaptopar,
arava
va h.k;
ruscha-baynalmilal terminlarning o‘zbek tilida o‘zlashishi: a)
ijtimoiy-siyosiy terminlar –
uyezd, pristav, soldat, volost, duma
va
h.k.;
b) transport bilan bog‘liq tushunchalarni anglatuvchi terminlar
–
poyezd, vagon, vokzal, stansiya, depo
va h.k;
v) sanoat, tijorat va moliya tizimida qo‘llanuvchi terminlar –
zavod, fabrika, vistavka, magazin, kredit
va h.k.;
g) madaniyat, fan, maorif sohasi terinlari –
gimnaziya, teatr,
gazeta, muzey, universitet, kafedra
va h.k.;
d) tibbiy terminlar –
gospital, lazaret, feldsher, doktor
va h.k.;
ye) hujjat va mukofotlar nomlari –
medal, pasport, orden,
attestat, diplom
va h.k.;
yo) sudlov terminlari
– sud, sudya, zakon
va h.k.;
j) o‘lchov birliklari nomi –
pud, minuta, sajen
va h.k.;
z) harbiy terminlar –
general, korpus, konvoy, kapitan,
leytenant, polkovnik, mayor
va h.k.
Zikr etilgan o‘zlashma terminlarning muayyan qismi
keyinchalik ular anglatgan tushunchalarning turmushdan chiqib
ketgani bois iste’moldan qoldi, ba’zilari esa o‘zbek tili so‘z
xazinasida mavjud muqobillari bilan almashtirildi, salmoqli qismi esa
o‘zbek tili terminologiyasi tizimida faol qo‘llanishda davom etdi.
Dostları ilə paylaş: |