Qiyosiy tahlilning vazifalari
Ilmiy adabiyotlarda izohlanishicha, qiyosiy tahlilning gno
seologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik kabi va
zifalari mavjud
1
. Boshqacha aytganda, biz adabiy hodisalarni
qiyoslash jarayonida, albatta, shu bosqichlardan o‘tamiz.
Qiyosiy tahlilning gnoseologik vazifasi. Uning mohiyati
va asosiy maqsadi, qiyoslash obyektlari haqida yangi bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Bu orqali biz quyidagi natijalar
ga erishamiz:
Birinchidan, qiyosiy tahlil jarayonida, har bir taqqoslanadi
gan obyekt haqida yangi ma’lumot olamiz.
Ikkinchidan, qiyoslanayotgan adabiy hodisalarning o‘zaro
ta’siri haqida yangi tushunchalarga ega bo‘lamiz.
Uchinchidan, agar obyektlarni taqqoslash jarayoni yetarli
darajada to‘liq va aniq bo‘lsa, unda ularning o‘tmishi, buguni
va kelajagi haqida umumiy tasavvur hosil qilamiz. Shu bilan
birga qiyoslash metodikasi nazariyasini boyitamiz.
Dostları ilə paylaş: |