Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

dengizga g‘arq etishini bayon etadi.

Sharq va G‘arbda ishq konsepsiyasiga bo‘lgan munosabat­

lar yaqinligini va muhabbat muammosining badiiy yechimi­

dagi  g‘oyaviy  o‘xshashlikni  V.M.Jirmunskiy  ham  e’tirof  eta­

di: «Dunyoviy muhabbat (ishqi majoziy) konsepsiyasi Haqqa 

bo‘lgan  muhabbatning  majozi  sifatida  tasavvuf  an’analari 

bilan bog‘liq»

1

. Tasavvufning mumtoz sharq she’riyatiga, xu-



su san «Layli va Majnun» asosidagi muhabbat konsepsiyasiga 

ta’siri qanchalik katta bo‘lgani fanga ma’lum.

Dostonda  ham,  tragediyada  ham  qahramonlar  fojiasini 

tasvirlash orqali nohaqlik va adolatsizlik qoralanadi. «Ziddi­

yat qahramonlarning hissiyotlari asosida tug‘ilmaydi... Fojia 

adovat va dushmanlik dunyosi bilan qahramonlarning ajoyib 

tuyg‘usi to‘qnashuvidan yuzaga keladi»

2

. Ikkala asarda ham 



qahramonlar  xatti-harakatlarini  yo‘naltiruvchi  5  ta  asosiy 

lavha mavjud:

Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение. – Л.: Наука, 1979. – С.182.



Аникст А. Творчество Шекспира. – М.: Наука, 1963. – С.228.




114

115


1. Ilk uchrashuv.

2. Dil izhori.

3. Ayriliq.

4. Istamagan kishi bilan nikohga majburlash.

5. Xotima.

Navoiy dostonida ham, Shekspir tragediyasida ham muhab­

bat  an’anaviy  munosabatlar  me’yorini  buzadi.  Birinchi  hola­

tda ijtimoiy tengsizlik, Laylining otasi «devona» Qaysga qizini 

be rishdan or qiladi

1

. Ikkinchi holatda azaliy oilaviy nizo to‘siq 



bo‘ladi. «Romeo va Julyetta»da qahramonlar yashirincha nikoh 

o‘qitishadi.  Bu  haqda  ota-onalarini  ogohlantirishmaydi.  Ular-

ning roziligini olish ilojsizligini anglab, bu haqda og‘iz ochmay-

dilar. «Layli va Majnun»da faqat Majnun ota-onasining istagi­

ga qarshi chiqa oladi, Layli esa ota-onasiga bo‘ysunadi. Ikkala 

ijodkor ham qahramonlarining o‘ziga xosligiga urg‘u berishadi.

Ikkala  asarda  ham  sevishganlar  halok  bo‘ladilar.  Majoziy 

ishq vujudni yo‘q qilib yuboradi. Romeoning o‘limi Julyetta-

ning,  Laylining  o‘limi  (jisman)  Majnunning  jisman  o‘limiga 

olib  keladi.  Laylining  onasiga  qilgan  vasiyatiga  ko‘ra  har  ik­

kalasini bir kafanga o‘raydilar va bir qabrga qo‘yadilar. Har ikki 

sevishgan yor shu yo‘sinda bir-birlariga abadiy qovushdilar:



Kirdi ikki jism bir kafang‘a,

Yo‘q, yo‘q, ikki ruh bir badanga

Donadek o‘lub iki badan bir,

Dona qobug‘i kibi kafan bir

Yoshurdi chu oy-u kun yuzin abr,

Chun go‘r bir erdi, bo‘ldi bir qabr 

(292-bet).

Комилов Н. Тасаввуф. Биринчи китоб. – Тошкент: Ёзувчи, 1996. – Б.225.



Shunday qilib, yuqorida bayon qilingan fikrlar asosida qu-

yidagi xulosalarga kelish mumkin:

Navoiy va Shekspir ilgari surgan g‘oyalar mushtarakligi sa-

bab lari adabiy aloqa va uslublar ta’siriga emas, balki asarlar 

yara tilgan  davr  muammolari,  kayfiyati  va  ularni  badiiy  aks 

ettirish dagi yozuvchi iste’dodi, tafakkuri imkoniyatlariga bo­

rib taqaladi. 

Navoiy  va  Shekspir  gumanizmini  harakatga  keltiruvchi 

barcha  tamoyillarini  o‘z  ijodiy,  ilmiy,  ijtimoiy  faoliyatlarida 

bevosita ifoda ettirishga harakat qilganlar. Bu ularning davlat 

boshlig‘i,  milliy  til  mavqeini  ko‘tarish  va  taraqqiyotiga  asos 

solish, shaxs erki va insoniy muhabbat xususidagi mushtarak 

qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Alisher Navoiy «Layli va Majnun» dostonini Shekspirning 

«Romeo  va  Julyetta»  tragediyasi  bilan  qiyoslash  ikki  buyuk 

ijodkorning  ishq  konsepsiyasiga  munosabatlarining  g‘oyaviy 

yaqinligini ko‘rsatdi. Ikki mutafakkir nuqtayi nazarida komil­

likning muhtasham poydevori ham, oliy cho‘qqisi va so‘nmas 

nur manbayi ham ishqdir.

G‘arb uyg‘onish davri mutafakkiri inson e’tiborini uning o‘z 

go‘zalligiga, jismoniy va botiniy barkamolligiga (yuksak fazi­

latlar  egasi  sifatida)  qaratgan  bo‘lib,  ana  shu  barkamollikni 

badiiy adabiyotda ifoda etishga intilgan. Uning fikricha, go‘zal 

inson, albatta, go‘zal dunyoviy hayot sohibi bo‘lmog‘i lozim.

Sharq uyg‘onish davri mutafakkiri esa butun e’tiborini in­

sonning  ruhiy  kamoloti  masalasiga  qaratgan.  Uning  uchun 

go‘zal  dunyoviy  hayot  pirovard  maqsad  emas,  balki  boqiy 

ruhiy yuksaklikka erishish uchun bir imtihon vositasi, xolos. 

Alisher  Navoiy  va  Shekspirning  biz  tahlil  etayotgan  asarlari 

zamirida ana shu g‘oya va o‘zaro tafovut yotadi. Ammo shun­

ga qaramay, ikkala shoir ham real dunyo go‘zalliklari orasida 

ishqni go‘zallikning bosh manbayi deb qaraydilar. Qahramon­




116

117


lar  dunyodagi  eng  qudratli  ma’naviy  kuch  deb  muhabbat­

ni bilishadi. Uning ilohiy qudratiga tayanib yashaydilar. Shu 

ishonch  ularni  inson  sifatida  tengsiz  yuksakliklarga -  hayot, 

davr, olam va odam mohiyatining tub ildizlarini belgilaydigan 

g‘oyaviy kengliklarga olib chiqadi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin