Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

2.  Har  ikkala  poemada  ham  mehribon otalar va qizlar 

obrazi yaratilgan. «Boqchasaroy fontani»da Maryam tasviri:

Uning yumshoq sevimli nozi,

Tabiati, laziz ovozi.

Yonib turgan moviy ko‘zlari.

Dona-dona shirin so‘zlari

Bir-biridan jozibadordi;

Hammasida ajib kuch bordi

1

.

«Suv qizi»da Orzi tasviri:

Bo‘lar ekan cholning bir qizi,

Shamshod uning bo‘yiga xushtor.

Labi pista, yuzi qirmizi,

Dastor olma kabi zab naqshdor.

Sochlariga ilhaq majnuntol.

Qo‘shig‘iga bulbullar xumor.

Ko‘zi shahlo va tillari bol

2

 

E’tibor  berilsa,  qahramonlar  portretidagi  o‘ziga  xoslik 

milliylik bilan aloqador. Pushkin o‘z qahramonini moviy ko‘zli, 

Mirtemir  esa  shahlo  ko‘z  tarzida  ifoda  etadi.  Ular dagi  ru­

hiy-ma’naviy yaqinlik nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi 

orqali ham namoyon bo‘ladi. Chunki Maryam ham, Orzi ham 

qo‘shiq  kuylaydi.  Mirtemir  Sharq  mumtoz  adabiyoti  mavjud 

an’anaviy o‘xshatishlarni (bo‘yning shamshodga qiyoslanishi, 

labning  pistaga,  yuzning  qirmizi  olmaga  o‘xshatilishi  kabi) 

mohirona qo‘llaydi.

Пушкин А.С. Танланган асарлар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1999. – Б.171.



Миртемир. Асарлар. Уч томлик. Иккинчи том. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1971. 

– Б.385.



118

119



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin