O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
SPORT FAOLIYATI VA SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI
“ Mustaqillik davri tasviriy san’at o’qitish metodikasi”
MAVZUSIDA
Bajaruvchi: Raimova Zarnigor
_________________________
Ilmiy rahbar: Sulnotova G.
Kafedra mudiri: Mullajanova N.J.
SAMARQAND – 2022
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
SPORT FAOLIYATI VA SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI
Raimova Zarnigor ning “ Mustaqillik davri tasviriy san’at o’qitish metodikasi”
mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Kafedra mudiri : ________________
Komissiya a’zolari: ________________
Mustaqillik davri tasviriy san’at o’qitish metodikasi
Reja:
Kirish
I. Asosiy qism.
I-bob. Tasviriy san’at o’qitishning asosiy tushunchalari
1.1 Tasviriy san’at o’qitish metodikasi maksadi va vazifalari
1.2. Tasviriy san’at metodikasi fani, mazmuni va mohiyati
II-bob. Tasvir chizishga o‘rganish o‘zaro bog‘liqligi
O’quvchilarni tasvir chizishga o‘rganish metodlari
II. Foydalanilgan adabiyotlar
III. Xulosa
Muhandiskim, bir qasr obod qildi,
Bu yang‘lig‘ tarixni bunyod qildi.
(A.Navoiy)
Tarix xotirasi xalqning, jonajon o‘lkamizning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni yangilashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan.
Imom at Termiziy, Imom al Buxoriy, Hoja Bahovuddin Naqshbandiy, Xoja Ahmad YAssaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizning rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizitsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk xissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Madaniyat va san’at, uning rivojlanish jarayoni tarixini bilish o‘qish va o‘rganish – bu bizning kelajak dunyoviy tafakkurimizning qay darajada bo‘lishligini belgilab beradi.
SHu o‘rinda avloddan –avlodga afsona sifatida o‘tib kelayotgan bir haqiqatni kiritib ketsak zarar qilmaymiz.
Emishki islom dinining asoschisi payg‘ambarimiz Muhammad (SAV) ko‘chada ketayotsa bir bekorchi yigitga duch keladi. U yigit ham payg‘ambarimizni ko‘rib darov salom beribdi. Payg‘ambarimiz esa u yigitni salomiga – alik olmabdi va yo‘lida davom etib ketaveribdi. Bu hol ertasi kuni ham takrorlanibdi. Uchunchi kuni payg‘ambarimiz o‘sha yigitni yana ko‘rib qolibdi. U yigit esa payg‘ambarimizni kelayotganini sezmasdan erga nimalarnidir tasvirlab, chizib o‘tirgan ekan. Bu holni ko‘rgan payg‘ambarimiz yigitni yoniga kelib salom beribdi. Bunday holatdan hayron qolgan yigit – payg‘ambardan so‘rabdi.
Ey Muhammad, sen menga tushuntirib bergin-chi, nima uchun men ikki kundan buyon senga salom bersam - alik olmaysan.
Bugun sen o‘zing kelib menga salom bermoqdasan? – debdi.
SHunda Muhammad (SAV) aytibdi – savoling to‘g‘ri, ikki bor salom berding, men alik olmadim, sababi sen bekorchi eding. Bugun esa o‘zim kelib salom berdim, chunki sen mehnat qilayapsan. Bu holat menga yoqdi – debdilar. Qissadan hissa shulki, siz-u biz, ya’ni ilm ahlning asosiy ishimiz- bilim olish, ilmli bo‘lish, aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ekan. Har bir talaba,har bir bo‘lajak o‘qituvchi o‘z ustida juda ko‘p tinmay shug‘ullanishi lozim. SHunday ekan tasviriy san’at insonni har tomonlama kamol topishida jahon pedagogikasining eng muhim va ajralmas bo‘limi bo‘lib qolaveradi. Insonning atrof - muhit, tabiatni tushunishda ma’naviy o‘zligini anglashda bu fan ilmi asosiy manba bo‘la oladi.
Bu fandan xabardor inson xarakterida insonparvarlik, oliyjanoblik, kishilarga nisbatan mehr-muruvvat kabi xususiyatlar ustunroq shakllanadi.
Hayotdagi kamchiliklar, ziddiyatlarni bartaraf etishda, zamonaviy sharoitni hisobga olgan holda, O‘quvchilarda aniq axloqiy tarbiya kriteriyalarini, ishlab chiqish va ularni jalb etish qoidalarini takomillashtirish kerak.
Estetik va badiiy fanlararo aloqalarning hayotiy murakkabligi hamda hayotiy yashash yo‘lini fikrlab ko‘ra bila oladigan o‘quvchilarni tarbiyalash, amaliy ish jarayonida bilim berishni qayta qurish tubdan ko‘rib chiqishni talab etadi.
Axloqiy madaniyatni yuqori darajada shakllantirish uchun ijodiy tasavvurni takomillashtirish lozim bo‘ladi. Ijodiy kengqamrovli tasavvur qila olish qobiliyatiga ega bolalarga tasviriy san’at alifbosiga to‘g‘ri yo‘naltirishni yo‘lga qo‘yish kerak.
Tasviriy san’at inson hayotida, uning axloqiy tarbiyasiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biridir. Insonning his qilish, san’at ob’ektidan hissiy lazzatlanish xususiyatlarini shakllantirishda – san’atning y´naltiruvchi asosiy kuchini ko‘ramiz.
V.A.Suxomlinskiy – bolalar tarbiyasi to‘g‘risida juda ko‘p foydali fikrlar berib ketgan. Bolalarni hissiy tarbiyalash estetik-axloqiy madaniyatli etib tarbiyalash go‘zallikni seza olish, qabul qilish bilishni shakllantirish kerak.
Jismoniy va ilohiy gzzallikni his qilish tasavvur qilish haqida ham o‘ylab ko‘rilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Qilgan ishidan zavqlanish, san’atni tushunish va his qilish, hamda bolalarni san’at asarlarini sevishga o‘rgatish, tabiatni muhofaza qilish tabiatdan zavq olish kabi hislatlarni takomillashtirish lozim.
Har bir odam go‘zallikni ko‘ra bilish, his qilishi, zavqlana olishi ma’naviy tarbiyaning asosidir.
Insonning intilishi uning dunyoqarashini shakllantiradi.
Ma’naviy tarbiyada tasviriy san’atning tutgan rolini hech bir narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Tushunib etish, his qilish orqali turli xil obrazlarni yaratamizki bu siymolar inson yuragiga diliga yo‘l topadi. Aqlini taajjubga soladi.
Badiiy didning o‘sishi, ma’naviy qoniqish hosil qilishga, inson dunyoqarashining shakllanishiga sharoit yaratadi. Ijtimoiy ko‘tarinkilik, shaxsning ma’naviy-ma’rifiy bilimini, hayotda tutgan o‘rnini belgilab beradi.
San’at asarlarini chuqur tushunish, fikrlash undan qoniqish hosil qilish – insonning fikriy doirasiga didiga bog‘liq.
Ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab odam o‘zining mustaqil fikrlashi, idrok qilishi, tabiat xodisalaridan o‘z manfati yo‘lida foydalana bilishi orqali inson qifasini egallaydi.
Hozirgi kunda ham inson dunyoni chuqur bilmay turib tabiatdagi biron bir voqeani yoki hodisani to‘g‘ri talqin qila olmasligi bor gap. Demak insonga chuqur dunyoviy bilimlar doimo va har lahza zarurdir.
Ijtimoiy yuksalish uchun odam zotiga hamisha juda katta bilim, kuch-quvvat kerak bo‘lsa, go‘zallikni tushunish uchun idrokiy tasavvur lozim bo‘ladi.
Inson doimo yuqori darajadagi tushuncha va didga ega bo‘lmog‘i hamda bolani shunday yo‘nalishda tarbiyalamog‘i shart. Bu esa odamning eng yuqori yutuqlaridan biridir.
Keling, tasviriy san’at fani pedagogikasi masalalariga yaqinroq qaytaylik.
Tasviriy san’at asari muallifi muhitni, orzu qilgan obrazni yaratish, go‘zallikni paydo qilish uchun uni avval tasavvur etmog‘i va so‘ng tasvirlamog‘i lozim. O‘z ustida tinimsiz mehnat qilgan musavvirgina o‘zi orzu qilgan ko‘nikmani shakllantira oladi.
Bola bilish orqali har tomonlama rivojlanadi, olam butunligini tushunib etadi. Go‘zallikni sevish, uni his qilish darajasiga erishadi.
Insonning hayotiy turmush tarzida, axloqiy va ijtimoiy hayotida, ma’naviy chehrasining tabiiy shakllanishida aks etadigan holatlar tizimida – ma’naviy tarbiyaning asosiy kotegoriyalari sifatida aks etadi. Go‘zallikni ko‘ra bilish, his qilish, did bilan baho berish - hissiy ko‘nikma hosil qilishga olib keladi.
Narsalarning bir-biriga bog‘liqligi, ovozlarning tabiat bilan uyg‘unlashib ketishi, ranglarni o‘zaro uzviy ohangdorligi – go‘zallik negizidir. Inson ichki dunyosining mukamalligi didining yuksakligi – shaxsni hissiy go‘zallikka intiluvchan etib tarbiyalaydi.
O‘zaro muloqatda ham odamlarning ma’naviy etukligi, faolligi tufayli – inson ijtimoiy hayotning yaratuvchisi deyishimizga asos bo‘ladi.
San’atda – go‘zallikning ro‘yi-rost barq urishi uning aks etishi insonning yaratuvchanligiga bog‘liq.
Go‘zallik o‘quvchilar shaxsining – shakllanishida ham muhim rol o‘ynaydi.
Badiiy ko‘nikma bilish bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Badiiy boylikni tushunish turli tasodiflar tufayli turli yo‘sinda o‘sadi.
Bir-biriga bog‘liq holda rivojlanadi.
Hayot esa bir-biriga ta’sir etuvchi kuchlar orqali davom etadi va yuksaladi.
Go‘zallik – insonni hissiy junbushga keltirsa atrof muhitga bo‘lgan ishtiyoqini oshirsa tabiiy voqealarni tahlil qilishga undasa demak go‘zallikni o‘zining sirli kuchi bilan inson ruhiga ta’sir ko‘rsatmoqda deb tushunish kerak.
SHu kuch go‘zallikni his etib-yanada go‘zalroq san’at asarini yaratishga ilxomlantiradi.
- Bola ko‘rganini qiladi degan xalqimizda maqol bor – demak bola oilada maktabda ma’naviy tarbiyaning asosini oladikim – bu ta’lim umrining oxiriga qadar ta’sir etish mumkin. Ma’naviy tarbiya asosi esa go‘zallikni, atrof-muhitni sevishga o‘rgatadi. YAratuvchanlik qobiliyatini shakllantiradi.
Badiiy asarlarni sevish, tushunish, avaylab – asrash ijodiyotga intilish kabi hislatlarning debochasiga asos solinadi.
Ma’naviy tarbiya – bu hissiy did va aqliy ko‘nikma hosilidir.
Estetika – go‘zallik manbaidir, to‘g‘ri tushunish, to‘g‘ri xursand bo‘lish, san’atning hayotdagi o‘rnini ko‘ra bilishdir – degan Aristotel. Ma’naviy did - insonda go‘zallikni his qilish, sezish qobiliyatining negizidir.
SHaxsning axloqiy tarbiyasi – ma’naviy tarbiya bilan uzviy bog‘liqdir. Insonda mudrab yotgan hissiyotni uyg‘otish – ma’naviyatning asosidir. Butun ish faoliyati davrida to‘g‘ri mo‘ljalda ish olib borish – go‘zallikni his qilish manbai hisoblanadi.
Tashabbuskorlik hayotda o‘ziga ishonch, hayotga bo‘lgan muhabbat, olam go‘zalligini his qilish, haqiqatni yolg‘ondan farq qila olish, go‘zallikni xunuklikdan farqlay olishlik kabi hislatlarning takomillashuvida san’at asarlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
-Inson bitta non, suv bilan tirik emas balki uning hayotda barkamol yashashi uchun ma’naviy boyligi, dunyoqarashi, didi ham zarurdir.
Inson hayotda baxtli yashash uchun mayda-chuyda narsalarning bo‘lishi etarli emas. Hayotda har bir narsani o‘z o‘rni bor.
Ijtimoiy hayotdagi saboqlar shu narsani ko‘rsatadiki ma’naviy tarbiyadagi ehtiyotsizlik maktab partalaridan hissiy bo‘sh, ma’naviy noetuk, go‘zallikni ko‘ra olmaydigan, hissiyotsiz, didsiz shaxslarni shakllanib qolishiga sabab bo‘ladi. Aqlan - zaif, qahri - qattiq, atrof- muhitga beparvo, ota-onasiga bemehr, qallob, shafqatsiz, o‘z shaxsidan boshqa shaxslarni past ko‘radigan, turli oqim va aqidalarga ishonuvchan, dinga ko‘r-ko‘rona ishonuvchan –manqurtlar etishib chiqishiga yordam beradi.
Ular shiddatli hayot oqimiga tayyor emas, o‘z manfatini ko‘zlavchilar bo‘lib qoladilar. Ularni san’atga, go‘zallikka yo‘naltirish bu jamiyatimizning kelajagi ishonchli qo‘llarga o‘tishi uchun asosiy ko‘prik vazifasini o‘taydi. Bu o‘rinda tasviriy san’at o‘qituvchisining hissasi beqiyosdir.
Go‘zallik bu – takrori yo‘q gavhardir.
Uni ko‘ra bilishning ilk g‘unchasi –san’atdir.
tabiat go‘zallikni yaratuvchi bog‘bon.
umumbashiriyat go‘zallik ila tirik va to‘la-to‘kis hamohang yashaydi
Go‘zallik doimo ko‘z oldimizda, uni biz har lahzada ko‘rishimiz his qilishimiz mumkin lekin bu holatni his qilib sezish hammaga ham nasib etavermaydi. Olamda xunik narsaning o‘zi yo‘q, hamma narsa chiroylidir. Uni qanday qabul ko‘ra olishga bog‘liqdir.
CHiroyni, go‘zallikni ko‘ra bilishlik, qalbdan sezish, zavqlanish, lazzatlanish – bu ma’naviy didimizga, axloqiy dunyoqarashimizga bog‘lik.
Rassom odamni, hayvonat olamini tasvirlar ekan uning tuzilishini hamda tasvirlash metodikasini mukammal bilmog‘i lozim.
Metodika so‘zi grekcha bo‘lib, "tadqiqot" yo‘li bilish, usul ma’nolarini beradi. Pedagogikada o‘qitish metodlari deganda, talabalarni bilim, mahorat va malakalarini oshirishda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoviy bilimlarni chuqur egallashida o‘qituvchilarning qo‘llagan ish metodlari - usullari tushuniladi.
Oliy ta’lim muassasalarida ta’limning turli usullari qo‘llaniladi. Masalan: o‘quv, o‘quv turi, rejasini dasturi va ta’lim prinsiplari, o‘quv tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari muhim ahamiyatga egadir.
Respublikamizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar barcha sohalardagi kabi bo‘lajak tasviriy san’at pedagoglarining zimmasiga ham o‘ta ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi. Darhaqiqat xalqimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib xalqaro miqyosida to‘la o‘zligini namoyish qildi.
Tasviriy san’at , ya’ni ma’naviyat o‘qituvchisi boshqa fanlar o‘qtuvchilari kabi birinchi galda eng yuksak fazilatli, axloqiy pok, iymon va e’tiqodli, halol va sofdil, talabalarga, o‘smir va yoshlarga nisbatan o‘ta mehribon, o‘ta talabchan va o‘zbek xalqining urf-odatlarini, an’analarini mukammal biladigan va hurmatini joyiga qo‘yadigan bo‘lishi kerak.
O‘qituvchining kasbiy xususiyatlari borasida to‘xtalganda shuni ta’kidlash lozimki, u eng avvalo o‘z kasbining jonkuyari, uni dildan sevadigan, o‘z ishiga ijodiy va ilmiy yondoshadigan shaxs bo‘lmog‘i ta’lab etiladi. Bu shaxsda yangi bilimlar va ilg‘or tajribalariga chanqoqlik, muhimi unda tashkilotchilik, kuzatuvchanlik, qat’iylik va insoniylik xususiyatlari yaqqol sezilib tursin. O‘qituvchi tasviriy san’atdan maxsus bilim va malakalar bilan qurollanmasdan turib muallimlikni bajara olmaydi yoki o‘quvchi yoshlarga tabiat go‘zalligini, ona Vatanimizning tarixini, milliy merosimizning tarixini ta’riflab bera olmaydi, hamda o‘z kasbiga qiziqtira olmaydi.
Bugungi talaba, bo‘lajak pedagog, o‘zbek xalqining hamda o‘tmishi bor bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlarning amaliy va tasviriy san’at borasidagi noyob namunalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi va to‘laligicha o‘quvchi yoshlarga ulashmog‘i ayni davr talabidir. SHu sababli bo‘lajak rassom-pedagoglarga quyidagi talablar yuklanadi :
-O‘zlari ta’lim berishi lozim bo‘lgan o‘smir va yoshlarga san’at sirlarini, madaniy meros namunalarini har tomonlama o‘rgatish;
-Ayni yangilanish, rivojlanish davrida yosh avlodni bilimdon, yaratuvchan, yuksak madaniyatli va mustaqil mamlakat taqdiri uchun ma’sul shaxslar qilib tarbiyalash;
-Ulug‘vor bunyodkorlik ishida malakali, g‘ayratli o‘qituvchilar yoshlar peshqadamlik qilmoqlari uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash ;
-Talabalarni tasviriy san’at yo‘nalishi buyicha ijodkorlikka etaklash, layoqat sezilganda esa astoydil o‘rgatish uchun maxsus maktab yoki to‘garaklarga jalb etish :
-O‘quvchi va yoshlarga nafis san’at sirlarini o‘rgatish borasida o‘z ustida doimo izlanish, talabalar faoliyatini rivojlantirib, to‘g‘ri va asosli shakllantirish uchun pedagogik qoidalar asosida tajribalar olib borish :
- Turli davr, turli xalklarga mansub tasviriy san’at asarlarini mushohada qila olmog‘i va uni tushunish sirlarini yoshlarga ulashish uslublariga ega bo‘lish:
Tasviriy san’at insonni shakllantirishdagi muhim va ishonchli vositalardandir, bunday imkoniyatni xar bir mashg‘ulotda qo‘llash uchun yangicha uslub va mumkin bo‘lgan usullarini ishga solish hamda amalda qo‘llay olish mahoratini o‘rgatish :
Zamon talabi bilan dars va mashg‘ulotlarni noan’anaviy dars rejalari bilan o‘tkazish :
Jahon andozalariga xos yangi texnologiyalarini o‘rganib, darsda qo‘llay olish mahoratini egallashi kerak.
YUqorida zikr etilgan talablarni o‘zida mujassam etgan har qanday talabaga kelajak avlodimizni ishonib topshirsak bo‘ladi.
Tasviriy san’at muallimi – ilmiy izlanuvchan ijodkor. Rassom o‘qituvchilar qaerda, qanday o‘quv maskanida ta’lim jarayonini olib borishidan qat’iy nazar pedagogik faoliyati ijodiy izlanishlar bilan boyitib borsa, shundagina yaxshi shogirdlar, haqiqiy rassomlarni shakllanitirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tasviriy va amaliy san’at o‘qituvchisining o‘z sohasidagi savodxonligi etarli darajada bo‘lsagina o‘quvchilar bilan yonma-yon o‘tirib o‘zlari amaliy namuna ko‘rsata oladilar. O‘shandagina o‘quvchilar o‘z ko‘zlari bilan murabbiy rassomning egallagan mahorat sirlarini amaliy ishlarida ko‘rib ruhan his qiladi hamda san’atning nozik sirlarini tushunib etishishiga imkoniyatlari kengayadi.
Tasviriy san’at mashg‘ulotlari har tomonlama rivojlangan insonning tarbiyalashi uchun boy imkoniyatlar ochib beradi. Tasviriy san’at bilan shug‘ullanish bolalarning aqliy va estetik jihatdan rivojlantiradi, atrof dunyoni tushunishiga ko‘maklashadi, buyumlarni e’tibor bilan kuzatishga, ularning shaklini tahlil qilishga o‘rgatadi. Tasviriy san’atdan savodni chiqarmasdan turib, kishi san’atni tushunishi ham, qadrlashi ham, undan huzur qilishni ham bila olmaydi. Bolalar tarbiyasida zamondoshlarimiz mehnatini go‘zalligini ko‘rsatishga, mustaqil davlat taraqqiyoti yutuqlarini o‘rganish alohida o‘rin egallaydi. Bu o‘quvchilarning ijodiy aktivligini oshirishga ularning kuchini, ma’naviy quvvatini yangi hayot qurish uchun kurashga safarbar etishga ko‘maklashadi.
Estetik tarbiya – bu o‘quvchilarda hayotdagi, tabiatdagi, san’atdagi, fan va jamiyatdagi go‘zalliklarni to‘la-to‘kis qabul qilish qobiliyatini tarbiyalashdir. Hayotdagi go‘zal narsalar, aql, ruh, irodaga ta’sir qilib, insonning ruhiy olamini boyitadi.
Estetik tarbiya o‘z ichiga badiiy, mafkuraviy, ma’naviy hamda axloqiy tarbiyani oladi.
Estetik tarbiya jarayonida kishining qarashlari, hissiyotlari, didi hamda ideallari shakllanadi : bu shakllanish mafkuraviy tarbiya, ijodiy fikrning rivojlanishi bilan mustahkam bog‘langandir. Estetik tarbiya kishini olijanob, go‘zal hamda insonparvarlik harakatlariga moyil qiladi.
Bugungi kunda madaniy va ma’naviy tarbiya o‘z oldiga insonda mavjud voqelikni ijodiy o‘zlashtirish qobiliyatiga ehtiyojini yaratishdan tashqari, balki unda go‘zallik qonuniga asosan qayta qurish ehtiyojini ham tarbiyalashga qaratilgan. Kasb hunar kollejlari litseylarning vazifasi estetik tarbiyaning turli metodlari yordamida bolaning aql va vujudiga ta’sir o‘tkazib, unda estetik hissiyotlarini paydo qilish orkali uni go‘zallikka, tabiat ko‘rinishlariga yaqinlashtirish, shuningdek bolaning ijodiy imkoniyatlarini, fikriy faoliyatini rivojlantirib, inson faoliyatining turli sohalarida namoyon bo‘lishiga ko‘maklashishdan iboratdir.
Fizika – matematika fanlari doktori, professor A.A.Kitaygorodskiy, shunday yozadi: Turli- tuman ko‘rinishlarga ega bo‘lgan go‘zallikni tushunish va sevish insonning ma’naviy boyishi uchungina emas, balki uning yaxshi ishlashi uchun ham kerakdir. Inson qaysi sohada ishlamasin, u adabiyotchi va matematik, geograf yoki ximikmi, u nafosat va go‘zalliklarni ko‘ra olishi va tushuna olishi kerak.
Har bir o‘quvchini hayotda, davlatimizning moddiy va ma’naviy rivojlanishida faol ishtirok etadigan qilib tayyorlash uchun unga faqat bilim berib tarbiyalashgina kamlik qiladi, uning shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish, yangilik yaratishni o‘rgatish, go‘zallik qonuni bo‘yicha yashash va ijod qilishni shakllantirish lozim. Hayot go‘zalligini ko‘rishga intilish insonni olijanob qilib tarbiyalaydi, uning kundalik ishini estetik rohat-farog‘at manb’aiga aylantiradi.
Bolalar ko‘nglida go‘zallik va yuksak g‘oyalar hissini uyg‘otishga da’vat etishda tasviriy san’at o‘qituvchisining o‘rni g‘oyat kattadir. Bolalar ma’naviy didini rivojlantirish uchun o‘qituvchi, avvalo, ularning e’tiborini hayotdagi go‘zallikka qaratishga, go‘zallikni payqash, his etish, qabul etish, huzurlanish, quvonishga o‘rgatish kerak. Did insonning tug‘ma xususiyati emas. U rivojlantiriladi, maktabda uni takomillashuviga yordam beruvchi birinchi inson tasviriy san’at o‘qituvchisidir.
O‘qituvchi bolalarga tabiatning rang-barang olamini, rang-birang shakllarini ko‘rsatadi. Tabiat go‘zalligi, ochiq havoda o‘tkazilgan kunlar haqida xotiralar, ular hayotda ko‘rib baxri-dillarini ochilgan, tasvirlash qiyin bo‘lgan gulzorlarning ranglari - ularning ko‘nglini shodixondon etgan, hayajonlantirgan narsalarning xotirasi uzoq vaqtgacha o‘quvchi qalbida saqlanib qoladi. O‘kuvchilar naturadan manzara, daraxt shoxlari, yaproqlar, gullargning rasmini chizar ekanlar, ularning shakllarini o‘rganar ekanlar, tabiatga, uning shakl va ranglari naqadar boy va turfaligiga amin bo‘ladilar,tabiatdagi go‘zallikka,voqea-hodisalarga mehr-muhabbatlari osha boradi. Maktabdagi rasm darslari tufayli kishi dunyonini haryoqlama ko‘radigan bo‘ladi,ularning kuzatuvchanligi rivojlantiriladi, mantqiy fikrlashga o‘rgatadi, ko‘rgan narsani anglab etishga o‘rgatadi.
Bolalar tasviriy san’at darslarida atroflaridagi yaqin turgan predmetlar ularning shakli, rangi, hajmi va boshqa o‘ziga xos jihatlardagi xilma-xillik bilan tanishadilar. Bu tanishuv ulardagi ko‘z xotirasini kuchaytiradi, buyumlar haqidagi aniq va to‘la tasavvurlari paydo bo‘lishiga yordamlashadi. Tasvir jarayoni o‘quvchiga ilgari qisqagina nazar solib o‘tgan buyumlarni endi chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.
O‘quvchi rasm chizayotgan vaqtida buyumning formasi, ularning shakliy qurilishi, proporsiyasi, bo‘shliqdagi holati, rangi, uning och-to‘qligi, materialining qandayligi e’tibor bilan o‘rganiladi, shu bilan ularni yanada samaraliroq, ko‘p tomonlama, teran va aniq xis etishga ko‘nikib boradi.
Tasvir chizishga o‘rganish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki masalani hal qiladi: o‘quvchining ko‘rish qobiliyatini o‘stiradi, hamda tasvirlayotgan, ko‘rayotgan narsa haqidagi tasavvurini oshirib uni chuqurroq anglab etishga o‘rgatadi.
O‘quvchilarning ko‘rish qobiliyatini o‘stirish deganda biz ulardagi bir maqsadga qaratib yo‘naltirilgan kuzatishni tarbiyalashni: buyum va xodisalarini o‘zaro taqqoslash, o‘xshashlik va tafovutni aniqlash, ularning shakl va uslubiga qarab turkumlashtirishga o‘rgatishni tushunamiz. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarining vazifasi jiddiy e’tibor bilan qarashga, fikrlashga, buyumlar shaklini aniq tahlil qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Rang-barang tassurotlarini mulohaza qilish, kuzatishlardan umumlashmalar chiqarish va to‘g‘ri xulosalarga kelish natijasida o‘quvchilarning malaka va ko‘nikmalari rivojlanadi, ularda yangi bilimlar egallashga intilish uyg‘onadi.
O‘quvchilarning ongli ko‘rish, e’tiborini takomillashtirib borish natijasida diqqat –e’tiborning boshqa shakllarini, ya’ni maktab yoshdagi bolalar uchun zarur bo‘lgan turlarni rivojlantirishga yordamlashadi. CHunki bu yoshdagi bolalarda odatda uyushmagan, beqaror e’tibor mavjud buladi.
Tasviriy va amaliy san’at fanlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda "Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi" badiiy grafika fakultetida o‘rganiladigan asosiy kurslardin biri bo‘lib, u bo‘lajak o‘qituchilarni amaliy mashg‘ulotlarda metodik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirishning muhim omilidir. Bu amalada mashg‘ulotlar II-IV bosqich talabalarini badiiy-kasbiy bilimini, malaka va mahoratini shakllantirishga hamda ularni maktab o‘quvchilariga badiiy ta’lim-tarbiya berish jarayonida qo‘llashga o‘rgatishga qaratilgan.
"Metod" so‘zi grekcha bo‘lib, "Tadqiqot yo‘li" "bilish usuli ma’nosini anglatadi.Pelagogika o‘qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilarning bilim, maxorat vamalakalarini egallashida, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib topdirishda o‘qituvchilarning qo‘llagan ish usullari tushuniladi.
Metodika ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunining xususiyatlariga qarab chiqadi. Ma’lumki, maktabda o‘qitishning xilma-xil metodlari qo‘llaniladi. Bu erda ta’lim usuli, o‘quv materiallarining joylashishi (o‘quv, reja, dastur), ta’lim prinsiplari va yana (so‘ngida), o‘quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir.
Metodika so‘zi avvalo ta’lim va tarbiyaning samarali usullarini majmui ma’nosini bildiradi, mazkur metodik qo‘llanma akademik kasb hunar litsey va kolejlarida tasviriy san’atni o‘qitish metodikasining bir qator jihatlari ko‘rib chiqiladi.
Tasviriy san’at o‘qitish metodlari deganda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullari natijasida o‘quv materiallarini yaxshi bilib olish darajasiga erishish va o‘zlashtirish darajasini oshirilishi nazarda tutiladi. Har bir o‘qitish metodlari o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilimlarining mazmuni (hajmi)ga monand tarzida ta’lim maqsadiga, o‘quvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlariga bog‘liq. "Usul" iborasi pedagogik adabiyotlarida tez-tez uchrab turadi. O‘qitish usuli – bu ta’lim-tarbiya alohida qismlari hisoblanadi, ularning yig‘indisi o‘qitish metodlariga kiradi.
Umumiy yo‘nalishga qaratilgan ma’lum bir o‘qitish metodlari va usullarining majmuasidan o‘qitish tizimi tuziladi.
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi pedagogik ilmiy fan sifatida tajribada sinalgan ishlarning nazariy qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o‘qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika, asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U tasviriy san’atni o‘rgatish qonun qoidalarini ta’riflab beradi, kelajak avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi.
Amaliy metodika, ta’lim va tarbiyaning rivojlanish jarayonini o‘rganadi. Pedagogik mahorat ko‘nikmalarini o‘rganish uni egallashga qaratilgan ma’lum iste’dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar (moyilliklar) mavjud bo‘lishini ta’lab etadi, chunki metodika fani san’at pedagogikasining mashaqqatli murakkab va juda ma’suliyatli sohasidir.
Demak, tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi fani pedagogika ilmining o‘quvchilarni tasviriy san’atga o‘rgatish mazmuni, vazifalari va metodlarini o‘qitishning mazmuni, vazifalarini va metodlarini aniqlovchi, ijodiy ishlardagi oqilona usullarini o‘rganuvchi, ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalariga tayangan holda samarali o‘quv jarayonini tashkil etuvchi, shakl va yo‘llarini tadqiq etuvchi sohasidir.
Tasviriy san’at metodikasi metodika fanining boshqa sohalari kabi umumiy va xususiy turlarga ajratiladi.
UMUMIY METODIKA --- o‘quv faning nazariy qismini asoslariga qarashli savollarni va ko‘pchilik fanlarga tegishli o‘qitish usul va uslublarini qo‘llanishlarini ko‘rib chiqadi. Bular quyidagilar :
-tasviriy san’at fanining maqsad va vazifalari :
-tasviriy san’at fani dasturlarining tuzilishi va mazmuni :
- o‘qitishning tashkiliy shakllari va metodlarini ishlab chiqish :
- ko‘rgazmali metodik vositalarni tadqiq qilish va tanlash (o‘quv ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalari) :
-tasviriy san’atning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi (adabiyot, musiqa, biologiya, tarix) :
-tushunchalarni, iboralarni ta’riflash va boshqalar.
XUSUSIY METODIKA –biron-bir o‘quv fanining o‘qitish uslubi nazarda tutiladi .
-ko‘rgazmali qurollardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi :
amaliy va ijodiy ishlarning mazmunlari aniqlanadi va x.k.
Hozirgi kundagi rasm o‘rgatish metodikasi birdaniga kelib, shakllangan emas, bunga qadar mazkur metodika shakllanishi va murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Respublikamizda tasviriy san’atni o‘rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlarning qator izlanishlari, o‘quv qo‘llanmalarning ahamiyati juda katta o‘rin tutadi. Badiiy pedagogika metodika sohasidagi so‘ngi yutuqlari ko‘rsatilgan va talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash, ularni metodik bilim va mahoratlar bilan qurollantirish o‘qitish san’atini egallashiga yordam berishni o‘ziga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
O‘qituvchi tasviriy va amaliy san’at darslarining tashkilotchisi, rahbari va ilhomchisi.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga dastur asosida o‘qitiladigan tasviriy san’at mashg‘ulotlari narsaning asliga qarab tasvir chizish; xotira va mavzu asosida tasvir chizish ; dekarativ amaliy san’at va haykaltaroshlik : San’atni idrok qilish kabi turlarda olib boriladi. Qo‘yida biz tasviriy san’at faning turlarini ko‘rib chiqamiz.
O‘qituvchi tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarni dars mavzusiga aktivlashtirish uchun dars mavzusining mazmuni, hayotdagi ahamiyati va uni chiqish qoidalari tushuntirishi zarur. Ba’zida o‘qituvchilar tasviriy san’at darslarini tashkil etish uchun o‘quvchilarga dars mavzusi yuzasidan savollar berib, unga berilgan javoblarni to‘ldirish kabi vositalardan foydalaniladi.
O‘quvchilar dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda bajarayotgan ishlari vositasi bilimga, malakaga, ijodiy ko‘nikmaga ega bo‘ldilar, o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning mustaqil ishlariga yordam berishi, rag‘barlantirish metodi asosida ilhomlantirish, yutuq va kamchiliklarni o‘z vaqtida ko‘rsatish, ularni o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlashida rahbarlik qiladi.
Dars jarayonida har bir individual xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan turli yoshdagi yoshlar bilan ish olib boriladi. O‘quvchilar orasida ko‘rib turgan narsalarni to‘g‘ri tasvirlay oladigan xotira asosida qiynalmay rasm chizadiganlar bilan bir qatorda, oddiy tasvirga qarab nusxa ko‘chirishga ham qiynaladiganlar uchraydi. Bu borada biz ba’zi o‘quvchilarning ko‘rish qobilyatining sustligi, rang sezmasligi kabi boshqa hollarini hisobga olishimiz kerak.
O‘quvchilarning qobiliyat va xususiyatlariga qarab guruhlarga bo‘lib ta’lim berish metodiga o‘z vaqtida rus pedagogi Ushinskiy ijobiy baho bergan edi.
/"Sinf bolalarini bir birdan kuchli bo‘lgan bunday guruhlarga bo‘lib o‘tkazish zarur emas".- deb ko‘rsatilgan edi./
Guruhlarga bo‘lib o‘qitish shuning uchun qulayki, kuchli o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar beriladi, ular o‘zlariga berilgan topshiriqlarni qiynalmay bajarib turishadi. Bo‘sh, qiynaladigan o‘quvchilar esa o‘quvchilardan va kuchli o‘quvchisidan o‘rganadi. Bunday o‘quvchilar tasvir chizishda surunkasiga orqada qoladilar, natijada ular o‘qishga qiziqmay qoladilar. Bu o‘qish ulardan ko‘proq aqliy kuch sarflashni talab qiladi. SHularni bartaraf qilish uchun sinfda olib boriladigan individual ishni ayrim o‘quvchilar bilan olib boriladigan individual ish bilan qo‘shib olib borish kerak.
"Kuchli" biladigan o‘quvchilarga "kuchsiz" bilimli o‘quvchilarni biriktirib qo‘yish ham yaxshi natija beradi. O‘quvchilarning tasviriy faoliyatini aktivlashtirishda, ayrim o‘quvchilar bilan yakka tartibda munosabatda bo‘lish va unga pedogogik ta’sir o‘tkazish ham katta ahamiyatga ega.
Ta’limni individuallashtirish masalasi hozirgi davrda pedogok va psixolog olimlar va metodistlarni qiziqtirmoqda. M.N. Skatin, N.N. Rostovsev, M.I.Mahmudov, V.S.Kuzin, B.P.YUsupov, S.S.Bulatov asarlarida bu masalalar yoritilgan. Sinfdagi bolalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lgandan keyin, o‘qituvchi hamma bolalarning qobiliyat va malakalariga qarab quyidagi gruppalarga bo‘ladilar :
Tasviriy faoliyati yaxshi rivojlangan, kuzatuvchanligi, ijodiy tasavuri taraqqiy qilgan, tasviriy san’at materiallarini o‘zlashtirgan yoki tez o‘zlashtira oladigan o‘quvchilar. Bu 3 toifa o‘quvchilarning har biri bilan alohida ishlab, ularning barchasini darsga qiziqtirish uchun kuyidagi usullardan foydalanishi maqul bo‘lar edi.
Kuzatuvchanligi, ijodiy tassavuri o‘rtacha rivojlangan tasviriy san’at materiallarini o‘qituvchi yordamida o‘zlashtira oladigan o‘kuvchilar guruhi.
Kuzatish ko‘nikmasi yaxshi rivojlanmagan ,ijodiy tassavuri bo‘lmagan,tasviriy san’at materiallarini o‘kituvchilar yordamida kiyin uzlashtiradigan ukuvchilar.
Bunday dars utish bizning fikrimizcha o‘quvchilarning aktivligini oshiradi.
O‘quvchilar bilan individual ishlashning ahamiyati katta . bu metod yordamida qoloqlarsiz o‘qitish darajasiga etish mumkin. Bundan tashkari tasviriy san’at sinf xonalari etarlicha yorug‘ bo‘lishi kerak. YOrug‘lik normal bo‘lmagan joyda ko‘rish sezgilariga zo‘r berish zararlidir.Bunday xollarda o‘quvchilarning tez charchashlari oqibatida darsga bo‘lgan qiziqishlari sustlashishiga olib keladi.
Narsani o‘ziga qarab rasm chizish
NARSANING o‘ziga qarab rasm chizish o‘tiladigan tasviriy san’at mashg‘ulotlarining asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Bu mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning narsa va xodisalarning kuzata bilish qobiliyatlari rivojlanadi, xotiradan va tafakkurdan rasm chizish malakalari ortadi, narsalarning fazodagi holatlarini aniqlay bilish, ularning hajmi, shakli, rangini, shu’la-soyasi yordamida tekislikda tasvirlash tushunchalari o‘sib boradi. Kuzatish jarayonida o‘quvchilar narsalarning o‘lchovlarini o‘zaro solishtiradilar, ular o‘rtasidagi farqni taqqoslash yo‘llari bilan topadilar.
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizish darslari ikki bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqich --- bu hajmga ega bo‘lmagan perespektiv qisqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydigan tekis narsalar, ya’ni daftarlar, bayroqcha, papka, o‘quvchilar sumkasi, bolta, arra, har xil daraxtlar barglari va shunga o‘xshash boshqa narsalar rasmini old tomondan, frontal holatda chizdiriladi.
Ikkinchi bosqichda--- hajmli narsalar ya’ni mevalar, gul, hayvon, odam, uy anjomlari, qisqasi 3 o‘lchovga ega bo‘lgan (eni, bo‘yi, kengligi) geometrik shakllar va narsalarni chizdirishdan iboratdir.
O‘quvchilar dars jarayonida birinchidan rasm chizishning asosini o‘rgansalar, ikkinchidan ijodiy qobiliyatlari o‘sib, estetik jihatdan tarbiyalanib boradilar, I-II guruhlarda o‘ziga qarab rasm chiziladigan narsalarni to‘g‘ri ko‘rishga asosiy shaklning bo‘yini eniga nisbatan qog‘oz yuziga kompozitsion jihatdan to‘g‘ri joylashishini, bo‘laklarning nisbiy o‘lchovini ko‘rsatib, ularning bir-biriga bog‘likligini, ranglarini aniqlash va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida ahamiyat beriladi. I-II bosqichlardagi tasviriy san’at darslarida tik, yotiq, qiya chiziqlarini to‘g‘ri chiza olishni, kvadrat, to‘g‘ri burchakli, to‘rtburchakli, uchburchak, doira va boshqalarni tassavur qila olish, to‘g‘ri chiza bilish hamda chiziqlarni ko‘z chamasida teng bo‘laklarga bo‘lish qobiliyatlarini o‘stirib borish kerak bo‘ladi. CHizilgan rasmni akvarel guash, bo‘yoqlari bilan bo‘yashdan oldin uning rangini to‘g‘ri aniqlab olish va shu rang nomini to‘g‘ri aytishga o‘quvchilarni o‘rgatib borish talab etiladi.
Buning uchun o‘qituvchi maxsus tayyorlangan rangli plyonka, oyna yoki polietilin (sariq, qizil va zangori asosiy ranglar) materiallari orqali ko‘rgazmali qurol tayyorlab o‘quvchilar bilan savol-javob yordamida tanishib chiqsa yaxshi natijalarga erishadi. I-II bosqichlarda chiziladigan narsaning maxsus nusxasi katta o‘lchovda bo‘lib, yaxshi ko‘rinadigan joyga o‘rnatiladi. Agar chizdiriladigan narsa mayda o‘lchovda bo‘lsa (har xil barglar, gullar va boshqalar) ularning har bir partaga bittadan tarqatib chiqish lozim bo‘ladi.
O‘quvchilar narsani o‘ziga qarab rasm chizganlarida chiziladigan predmetlar ular oldida shunday qo‘yilmog‘i kerakki, ya’ni perespektiv xodisalar aniq sezilmog‘i kerak.
I-II boqichlarda ko‘z bilan chamalanadigan perespektiv xodisalarining elementar qoidalari bilan tanishtiriladi. Hajmli narsalar qalam, akvarel, guash bo‘yoqlari bilan yorug‘-soya yordamida qanday ko‘rinsa shunday tasvirlash vazifasi qo‘yiladi.
Narsalar shaklini, yoruglik manbaini hisobga olgan holda, ularning sirtda yorug‘ va soyalarning joylashuvi, narsa rangining yorug‘lik tushishiga qarab o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladilar. SHu maqsadda sabzavot va mevalarni alohida va to‘p holdagi rasmlari chizdiriladi. SHuningdek , narsalarining shakli va nisbatlari proporsiyalarining o‘zgarishini tasvirlay olish va ularning malakalarini o‘stirish maqsadida oddiy geometrik shakllarni eslatadigan uy jihozlarining o‘ziga qarab rasm chizadilar. To‘g‘ri to‘rtburchak bilan chegaralangan narsalarni kengaytirish va o‘stirish, hajmli narsalarni yorug‘-soya yordamida tasvirlay olishni o‘rgatish maqsadida o‘quvchilarga nisbatan burchak ostida stolga qo‘yilgan kitob, yashik, har xil qutilar, qush uyasi va geometrik shakllar rasmlari chizdiriladi.
Perespektiv xodisalarni ko‘rgazma asosida o‘quvchilarga o‘rgatish dars jarayonida ancha qulaylik tug‘diradi. Bunda san’at asarlari, sxemalar, plakatlar va modellardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan: CH.Axmarovning "A.Navoiy" yoki Z.Inog‘omovning "CHoyga" asarlarini o‘quvchilarga ko‘rsatib, undagi perespektiv xodisalarni so‘zlab berish mumkin.
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizish darslari tasviriy san’at predmeti kursida yakunlovchi bosqich hisoblanadi. SHuning uchun bu guruhlarda o‘tiladigan darslar o‘quvchilarni faqatgina nazariy mashg‘ulotlarini boyitibgina qolmasdan, sistematik ravishda amaliy mashg‘ulotlar o‘tib ularning bilim malakalarini takomillashtirib bormoq ham kerak.
Perespektiv qoidasi va uni qo‘llash usullarini faqat narsalarning o‘ziga qarab rasmini chizish darslardagina emas balki xayoldan, tasavvurdan rasm chizish dars jarayonida rassomlar asarlari haqida suxbat o‘tkazish mashg‘ulotlarida ham o‘quvchilarga o‘rgatib, tushuntira borish katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar chiziqli prepektiva bo‘yicha surat tekisligi markaziy ko‘rish nuri, maydoni haqida bilimlar oladilar va bir yoki undan ortiq kesishish nuqtasiga ega bo‘lgan ufq chizig‘i haqida olgan ma’lumotlarini yanada kengaytiradilar.
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizish jarayonida o‘quvchilarga odam, hayvon shuningdek qushlar turkumining o‘lchov nisbatlari, umumiy o‘lchovlar: kalla, qo‘l, oyoq, tos va boshqa plastik anatomiya haqida tushunchalar beriladi. Bundan tashqari faktura haqida ma’lumot berib boriladi, masalan, yuzi gadir-budir bo‘lgan narsalar bilan bir qatorda yuzasi yaltiroq bo‘lgan shisha yoki sirli narsalarning shakli chiziladi. SHuningdek, chizilayotgan narsani o‘ziga o‘xshatib, xarakterini topa bilish bilan birga uning fakturasini ham ifoda etish talab etiladi.
Narsaning o‘ziga qarab chizilgan tasvirida estetik tomonga ko‘proq ahamiyat beriladi. Narsaning o‘ziga qarab rasm chizish darsi jarayonida har bir o‘qituvchi mavzuga oid tasviriy san’at asarlarini keltirib unda rassom qanday tasviriy vositalardan foydalanganligi, uning kompozitsiyasi, asardagi ranglarning moslashuvi haqida chizilayotgan narsalarni taqqoslab ko‘rsatsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu borada o‘quvchilar faqat narsaning o‘ziga qarab rasm chizishdagi malakalari oshib bormasdan balki san’atimiz namoyondalari ishlagan san’at asarlari namunalari bilan tanishib boradilar.
Masalan: biror sabzavot va mevalardan tashkil topgan natyurmortni o‘quvchilar chizayotgan bo‘lsalar shunga mos yoki shu mavzuda bor narsalardan chizilgan o‘zbekistonlik rassomlarning asarlaridan rangli reproduksiyalarni o‘quvchilarga ko‘rsatish samaralidir. Masalan, rassomlar A.Abdullaev E.M.Kovolevskiy, Z.Inog‘omov, YU.I.Elizarov, M.Nabiev va boshqa rassomlarning asarlari repraduksiyalari shunga qo‘l kelishi mumkin. Repraduksiyalar xayoldan va narsaning o‘ziga qarab rasm ishlashda o‘quvchilardan bevosita kuzatishni, predmetlar, ekran vositalari, kitobga ishlangan illyustratsiyalar, hujjatli materiallar, kompyuter texnikasi vositalaridan keng foydalanishni talab etadi va bular badiiy obrazni yaratishda o‘quvchilarga katta yordam beradi.
Mavzu asosida rasm chizish
Mavzu asosida rasm chizish darslari tasviriy san’at fanining qiziqarli mashg‘ulotlaridan biridir. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘zlari bilgan ta’sirlangan voqea va xodisalarni xayoldan tasavvur qilib tasvirni ishlaydilar, badiiy adabiyotlarga illyustratsiyalar ishlaydilar. Ayniqsa o‘quvchilarining kundalik hayotlaridan olingan mavzular, hayvonlarning hayotiga oid mavzular, adabiy asarlar (ertak, masal, hikoya, she’r) mavzuli rasm darslarining manbai bo‘lib xizmat qiladi. Mavzu asosida tasvir ishlash darslarda bolalarning fantaziyasi va tasavvuri aktiv faoliyatga aylanadi. Mavzu asosida rasm chizish mashg‘ulotlarining oldida turgan maqsad va vazifalar pedagogikaning ilmiy asoslari bilan belgilanadi.
Mavzuli rasm chizish bolalar yosh xususiyatni e’tiborga olgan holda eng sodda bo‘lgan mavzular tavsiya etiladi. Bunda yil fasllarga mos keladigan mavzular "Tog‘da kuz", "Kuzgi ishlar", "YAngi yil bayrami", "Qishki o‘yinlar", "Maktab bog‘ida", "Navruz", "O‘zbekiston mustaqilligi kuni", kabi.
Dastur asosida ancha murakkab ya’ni "Hosilni yig‘ib-terib olish", "Maktab tajriba uchaskasida", "Bahor kelmoqda", "Molxona", "O‘zbekistonda hosil bayrami", "Mustaqillik bayrami", "O‘zbekiston konsitutsiyasi kuni", "Hayvonat bog‘ida ", "Respublikamiz mehmonlari" kabi va boshqa mavzular bilan bir qatorda, badiiy asarlarga, ertak, hikoya, masallarga illyustrativ rasmlar chizadilar.
Kompozitsiya yaratishning tayyorgarlik bosqichida o‘quvchilar narsaga qarab rasm chizish perespektiva, rangshunoslikdan olgan bilimlardan keng foydalanishlari kerak. O‘qituvchi vazifani tushuntirishda o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otishi lozim.
Birgina mavzuni turli xil mazmunda, har birini o‘ziga xos ko‘rinishda talqin qilgan holda tasvirlash mumkin. Masalan: "Bizning qurilishlarimiz" mavzusida o‘quvchilar kuzatishlari asosida turli konstruksiyadagi zamonaviy o‘yinlarni, har xil mashinalarni, turli ishlarni bajarayotgan odamlarni tasvirlashlari mumkin.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchi mavzuni qanchalik keng va to‘liq tushuntirsa bolalar rasmlari shunchalik mazmundor va sifatli chiqadi. Har bir mavzuni chizishdan oldin o‘quvchilar bilan ma’lum vaqtgacha ekskursiyalar o‘tkazish, mavzu asosida ishlagan asarlarini tahlil qilish ham maqsadga muvofiqdir. Rasm chizish jarayonida chizish qiyin bo‘lgan obrazlar, masalan, odam, hayvon, murakkab texnika va x.k.z ni chizish yo‘llari haqida ma’lumot berish, sxematik tasvirini chizib ko‘rsatish kerak.
Bezakli – dekorativ tasvir ishlash darsi.
Dekorativ rasm darslarida o‘quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning imkoniyatlari ancha kattadir. CHunki bunday darslardan o‘quvchilar xalq amaliy-dekorativ san’atining asl nusxalari bilan tanishadilar, uning ustalari kabi bolalar ham shu sohada ijod qiladilar. Amaliy san’atdagi ritm, rang, simmetriya kabi ifodalilik vositalari haqida fikr yuritadilar. Dekorativ tasvir chizish darslarida bolalar har qanday naqshning, asosan tevarak atrofdagi narsa va xodisalardan olinganligini anglashlari lozim o‘quvchilar naqsh namunasidan ko‘chirish darslarida naqsh chizishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishadilar, ranglarning nomlarini o‘rganadilar. Bo‘yoqlarni aralashtirib ishlash ustida ish olib boradilar. Naqsh namunalaridan ko‘chirish va mustaqil naqsh chizish darslarida o‘quvchilar ko‘z bilan chamalashni o‘rganadilar. Tasviriy san’at xalq amaliy san’ati va badiiy hunarmandchilik an’analari bilan birga hozirgi zamon texnika estetikasi va badiiy bezash asoslari bilan bog‘lanadi. Naqsh bilan bezatilgan buyumlarni o‘qiy olishga o‘rgatish amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biridir. Naqsh namunasidan ko‘chirish va mustaqil naqsh chizish ijodiyoti namunalaridan ko‘rsatish, naqsh san’ati asarlarini ko‘chirish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning badiiy didi o‘stiriladi.
Mustaqil naqsh chizish orqali bolalarning ijodiy qobiliyati, fantaziyasi, tafakkuri rivojlantiriladi. O‘quvchilarga o‘zbek amaliy-dekarativ san’ati va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida tushuncha berish va ularning estetik idrok etish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida suhbatlar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Suhbatda bolalarning e’tibori turli idishlarda, har xil bezatilgan kiyimlar ajoyib ishlangan o‘yinchoqlar va boshqalarga qaratiladi.
Dekorativ grafik ishlarning vazifasi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish dars jarayonida olgan bilim va malakasini hayotda amaliy faoliyatda qo‘llay olishga o‘rgatishdir. Dekarativ amaliy faoliyat darslari tasviriy san’at predmetini tekislikda tasvirlash, plastilin bilan ishlash, san’atni idrok qilish, kompozitsion faoliyat va boshqalarga tayangan holda o‘tiladi.
Haykaltaroshlik
Tasviriy san’atning turlaridan yana biri haykaltaroshlik bo‘lib, u ham boshqa tasviriy san’at turlari qatori hayotni real aks ettiradi, dunyoni bilishga insonga yordam beradi, uni g‘oyaviy va estetik jihatdan tarbiyalaydi.
Haykaltaroshlik, jumladan, dumaloq haykal rassomning san’atidan shunisi bilan farq qiladiki, haykalni har tarafdan ko‘rish, ishlash mumkin, bu uning iflodalagini oshiradi. O‘quvchilar bu darsda tekislikni tasvirlash va dekorativ amaliy faoliyat darslarida olgan bilimlariga tayanib haykallar ishlaydilar. Bolalar yoshligidanoq haykaltaroshlik sirlari bilan tanishadilar. SHuning uchun ham maktablarda tasviriy san’atning bu turi (lepka) plastilin yoki loy bilan ishlash bo‘yicha dars o‘tish programmalashtirilgan. Bu o‘quvchilarning badiiy didlarini san’atga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi, tabiatda, insonlarda bo‘lgan individual xususiyatlarni tezda anglab olishga yordam beradi.
Plastilin va loydan shakllar yasash darslarida o‘quvchilar san’atning muhim turi bo‘lgan haykaltaroshlikning elementar asoslari bilan tanishadilar. Bu darsda o‘qituvchi bolalarga haykaltaroshlik mohiyati, ahamiyati haqida, haykal ishlashning o‘ziga xos tomonlari haqida ma’lumot berib boradi.
Haykal ishlashda loy, plastilin, qisman yog‘och va tabiiy shakllardan foydalaniladi. Masalan: yong‘oq po‘chog‘i, dub daraxtining mevasi, turli xil shoxchalar,ildizlar va x.k. Loy va plastilindan haykalchalar yasash, ayniqsa boshlang‘ich sinfda ishlanganda, har bir buyumning konstruktiv tuzilishi, hajmini chuquroq xis etishga yordam beradi. Bulardan tashqari bu mashg‘ulotlarda bolalarning qo‘l barmoqlari, mushaklari rivojlanadi, fantaziyasining yanada kuchayishiga xizmat qiladi.
San’atni idrok qilish.
Bolalarning san’at idrok etish bilimi tasviriy san’at darslarida asta - sekin kengayib boradi. Bu esa o‘kuvchilarning amaliy ishlarda borliqdagi va san’atdagi go‘zallikni idrok etishga ongli ravishda yondoshish imkonini beradi. Darslarda tasviriy san’atning tur va janrlari haqida tez-tez suhbat o‘tkazish, mashhur san’atkor va ularning etuk asarlarini tahlil etish bolalarning badiiy didini o‘stirishga, go‘zallikni sevish va tushunishga yordam beradi.
Tasviriy san’at bo‘yicha suhbat o‘tkazish uchun maxsus soatlar ajratilmaydi. Suhbat darslari tasviriy san’at turlari tekislikni tasvirlash, plastilin bilan ishlash, dekorativ amaliy san’at bilan qo‘shib o‘tiladi.
Tasviriy san’atda suhbat uchun ajratilgan vaqt 15-20 minutdan oshmasligi lozim. Suhbat darslarining temasi har xil bo‘lishi mumkin. Rassomlar, haykaltaroshlarning ijodlari, tasviriy san’atning tur va janrlari to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazilishi mumkin. Suhbatda o‘quvchilar rassomlarning hayoti va ijodini, asarlarini tahlil qilishga o‘rganadilar. San’at asarlarini idrok etish bo‘limida o‘zbekiston xalqlari hayoti va ijodini aks ettiruvchi asarlarga ko‘proq vaqt ajratish maqsadga muvofiqdir. Tasviriy san’at asarlari bilan o‘quvchilarini tanishtirishda, ularga yaqin va tevarak tarofdagi hayotdan olingan mavzu asosida o‘tkaziladi. Bular tabiat manzarasini aks ettirgan iste’dodli o‘zbek rassomlarining, O‘zbekiston tabiatning manzarasi, ko‘ko‘par tog‘lari, keng quloch yoygan yam-yashil dalalarini, qurilish inshoatlarini rang-barang yorqin bo‘yoqlarda ifoda etilgan asarlari orqali tanishtirish mumkin.
Dars jarayonida o‘zbek tasviriy san’atini va boshqa qardosh xalqlar tasviriy san’ati bilan taqqoslash usulini qo‘llab ko‘rish maqsadga muvofiq. U.Tansikboev, N.Koraxon, R.Temurov, I.Xaydarov, N. Ko‘ziboevlarning chizgan rasmlari bilan tanishayotganimizda rus manzarachi rassomlari I.Levitan, A.Savrasov, va I.SHishkinlarning asarlari namunasini taqqoslab ko‘rsatishimiz mumkin. Suratlarni solishtirish maboynida o‘quvchilar tabiat go‘zalligini xis qilishi, kishilarning qadimiy va hozirgi hayoti haqida tassavvurga ega bo‘ladilar. Tasviriy san’at metodlarini ilm dargohlarida o‘rgatilishini biz ilk martoba tarixda qadimgi misrliklar faoliyatida ko‘rishimiz mumkin.
Bolani tasvirlashga o‘rgatishning asosiy sabablaridan biri o‘qitish uslubi ieroglofik xususiyatga ega bo‘lganligidir. CHunki shu yo‘sinda biror bir ma’noni anglatishini faqat tasvirlar orqali amalga oshirishini talab etardi.
Qadimgi Misrda yoshlarni maktabda o‘qitish tizimi juda qattiqo‘llik bilan hattoki majburlash darajasida olib borilgan. Belgilangan maktab qonuniga amal qilmagan o‘quvchi jazolanardi. Qadimgi manbalarda yozilishicha, maktab qonun-qoidalarga bo‘ysunmagan shogird gavron bilan savalanib, so‘ngra uzoq vaqt qorongi zulmatda saqlangan ekan. O‘sha davr maktab qonuni quyidagilarni talab etardi : "Kundalik o‘qishda faol va atrofdagilarga muloyim bo‘l. Hech qachon dangasa bo‘lma, yo‘qsa kaltaklanasan!". Maktablarga rasm chizishga o‘rgatish dastlab qadimgi Misrda paydo buldi. O‘qitish rassom – pedagoglar tomonidan aniq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan metod hamda qonunlar asosida olib borilgan. SHuni ta’kidlash lozimki, Misrliklar rasm chizish va uning nazariy qonunlariga asos solganlar. O‘sha davr maktablarida yoshlarga ta’lim berishning aniq ishlab chiqilgan didaktik tamoyillari bo‘lmagan. YOshlarga rasm chizishni o‘rgatish naturani kuzatish, tahlil etish, atrof tabiatdagi voqea va hodisalarni kuzatish orqali emas, balki oldindan ishlab chiqilgan andozalar asosida olib borilgan.
Misrliklardan farqli o‘laroq
Qadimgi YUnon rassomlari tasviriy san’atni o‘qitish borasida ta’lim-tarbiyaga o‘zgacha yondoshib, uni tubdan o‘zgartirib boyitdilar. Ular yosh rassomlarni ko‘proq tabiatni o‘rganishga va uni ajralmas bo‘laklaridan biri bo‘lgan inson go‘zaligini yuksak darajada tasvirlashga chaqirganlar. Ular qo‘lagan metodlar rassomlarning borliqdagi xodisalarini insonning tabiat bilan chambarchas uyg‘unligini kengroq bilib olishlariga yordam beradi, narsalarning shakli, konstruksiyasini elementar tahlil kilish va umumlashtirish qobiliyatlarini hamda kuzatuvchanligini o‘stirish imkonini beradi va tasviiry san’at darslari shu tarzda tashkil etiladi.
Xulosa
Bolalarning san’at idrok etish bilimi tasviriy san’at darslarida asta - sekin kengayib boradi. Bu esa o‘kuvchilarning amaliy ishlarda borliqdagi va san’atdagi go‘zallikni idrok etishga ongli ravishda yondoshish imkonini beradi. Darslarda tasviriy san’atning tur va janrlari haqida tez-tez suhbat o‘tkazish, mashhur san’atkor va ularning etuk asarlarini tahlil etish bolalarning badiiy didini o‘stirishga, go‘zallikni sevish va tushunishga yordam beradi.
Tasviriy san’at bo‘yicha suhbat o‘tkazish uchun maxsus soatlar ajratilmaydi. Suhbat darslari tasviriy san’at turlari tekislikni tasvirlash, plastilin bilan ishlash, dekorativ amaliy san’at bilan qo‘shib o‘tiladi.
Adabiyotlar:
1. Abdullaev A.A. san’at tarixi T. 1991.
Apuxtin O.K. Tasviriy san’at haqida suxbatlar T.1961.
Azimova B,Rajabov R, Abdirasilov S.
Tasviriy san’atga oid atashamarning izohli lug‘ati T 1994.
Bulatov S.S. O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati. T. 1991.
Bulatov S.S.Amaliy san’at qisqacha lug‘oti. T. 1992.
Qosimov Q. Naqqoshlik T. 1982.
Majidov J. T. sia. Maktabdan tashqari ishlar. T. 1983.
Majidov J. Maktabda tasviriy san’at bo‘yicha o‘quv tarbiyaviy ishlarni tashkil etish T.1995.
Nabiev M.N, Azimova B. Rasm chizishni o‘rgatish metodikasi T. 1976.
Nabiev M.N. Rangshunoslik T. 1995.
Adabiyotlar Rus tilida:
Babanskiy YU.K, Slastenin V.A, Sorokin N.A. i dr. Pod red. Babanskogo YU.K. Pedagogika. M, Prosveщenenie, 1988.
Baranov S.P, Slastenin V.A. Pedagogika. M, Prosveщenie, 1988.
Vozrastnaya i pedagogicheskaya psixologiya. Pod red. Petrovskogo A.V. M, Prosveщenie, 1973.
Vasilevskiy A.K. Iskusstvo i shkola. M, Prosveщenie, 1981.
Vыgotskiy L.S.Psixologiya iskusstva. M, 1965.
Golobolin F.N.Psixologiya. M, Prosveщenie, 1973.
Daniel S.M. Iskusstvo videt L., Iskusstvo, 1990.
Dmitrieva N.A. Esteticheskogo vospitanie. M, Prosveщenie, 1965.
Jurnalы "YUnыy xudojnik". №№ 7, 10 za 1985, № 2 za 1986, № 8 za 1990.
Kabalevskiy D.B. Prekrasnoe pobujdaet dobroe. M, Prosveщenie, 1973.
Krutetskiy V.A. Psixologiya obucheniya i vospitaniya shkolnikov. M, Prosveщenie, 1976.
Karetnikova I.X, Stepanyan N.A. Kak smotret i ponimat proivedeniya iskusstv. M, Znanie, 1964.
Dostları ilə paylaş: |