3-mavzu: Matematika o’qitishda tajriba va kuzatish, taqqoslash va analogiya metodlari



Yüklə 24,64 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü24,64 Kb.
#182384
  1   2
3-mavzu Matematika o’qitishda analogiya metodi


3-mavzu: Matematika o’qitishda tajriba va kuzatish, taqqoslash va analogiya metodlari
Metod so'zi grekcha so'z bo'lib, "yo'l ko'rsatish" demakdir. "Ta'lim metodi" tushunchasi esa hozirgi zamon metodika va didaktika fanlaridagi asosiy tushuncha yaqin vaqtlarga qadar turli metodik adabiyotlarda turli mazmunda qo’llanilib kelingan.
Hozirgi zamon didaktikasida, jumladan, matematika o'qitish meodikasi fanida ta'lim metodining muammolari umumiy holda hal qilingan bo'lib, u o'zining quyidagi ikki tomoni bilan xarakterlanadi:
a) o'qitish (o'qituvchlnig faoliyati);
b) o'rganish ( o'quvchilarning ongli bilish faoliyati).
Ta'lim jarayoni o'qitish va o'rganishdan iborat bo'ladigan bo'lsa, u holda o'qitish ( o'quvchilarning bilish foaliyatlarini boshqarish va tekshirishga doir axborat turlari, usul va vositalari), o'rganish (o'quv materialini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishning turlari, usul va vositalari) o'zining quyidagi metodlari orqali amalga oshiriladi. O'qitish va o'rganish metodlari o'zaro bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda bo'lib, maktabda o'qitish jarayonini amalga oshiradi. Maktab matematika kursida ta'lim metodlarini quydagicha klassifikatsialash mumkin.
1. Ilmiy izlanish metodlari (kuzatish, tajriba, taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash, konkretlashtirish va klassifikatsiyalash).
2. O'qitish metodlari (evristik metod, dasturlashtirilgan ta'lim metodi, muammoli ta'lim metodi, ma'ruza va suhbat metodlari).
3. Xulosa chiqarish metodlari (induksiya, deduksiya va analogiya).
Bizga ma'lum, matematika fanini o'rganadigan obyektiv materiyadagi narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Ana shu shakllar orasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlash jarayonida matematiklar izlanishning ilmiy metodlaridan vosita sifatida foydalandilar. Matematikadagi izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajaradi. O'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari quyidagilardan iborat:
1. Tajriba va kuzatish ; 2. Taqqoslash ; 3. Analiz va sintez; 4. Umumlashtirish; 5. Abstraksialash; 6. Aniqlashtirish; 7. Klassifikasialash.
Ta'rif: Matematik ob’ektdagi narsalarning xossalari va ularning o 'zaro munosabalarini belgilovchi metod kuzatish deyiladi.
Kuzatish o'zini strukturasi bo'yicha qabul qilishdan keskin farq qiladi. Chunki qabul qilishda bizni sezgi organlarimizga ta'sir etishi natijasida biz shu voqeylikni ongimizda tasvirini ko'ramiz va qabul qilamiz. Kuzatishda bu jarayon sodir bo'ladi va tamom bo'lmaydan davom etadi u shu bilan ham farq qiladi. Matematikani o'qitish jarayonida biz ayrim yuzalarni hisoblashda amallarni bajarishda avval uni kuzatamiz, so'ngra umumlashtirishga harakat qilamiz.
Misol. V- VI sinf o'quvchilariga bir necha figuralarni ko'rsatib, bu figuralar ichida o'q simmetriyasiga ega bo'lgan geometrik figuralarni ajrating deb buyursak, o'quvchilar barcha figuralarni ko'rib chiqib qo'yidagicha xulosa chiqarishi mumkin. Figuralar ichida o'zidagi biror o'qqa nisbatan ikki qismga ajralgan figuralar bo'lsa hamda ularni ana shu o'q bo'yicha buklaganda qismlari ustma - ust tushsa, bunday figuralar simmetrik figuralar bo'ladi. Ammo boshqa figuralarda o'zlarini teng ikkiga bo'luvchi to'g'ri chiziqlari bo'lmasligi mumkin. U holda bunday figuralar nosimmetrik figuralar bo'ladi. Shunday qilib figuralarni simmetrik va nosimmetrik figuralarga ajratdik.
Tajriba - bu shunday o'rganish metodiki, biz tabiiy holatda sun'iy sharoit yaratish orqali aralashamiz, so'ngra sun'iy ravishda bo'laklarga ajratamiz va uni boshqa ob'ektlar bilan bog'laymiz yoki taqqoslaymiz. Natijada tajriba orttiramiz. Kuzatih esa bevosita tajriba orttirishni yo'li yoki usuli sifatida ham qatnashadi. Masalan, biz o'quvchiga yangi mavzuni tushuntirgandan so'ng uni qanday tushunganini bilish maqsadida kuzatamiz va tushunmagan momentlarini aniqlaymiz hamda o'zimizga tajriba to'playmiz. Ma'lumki, kuzatish va tajriba metodi matematika o'qitishda markaziy metodlardan bo'lmasa ham matematikani o'rganishda va undan qonuniyatlarni ochishda muhum ahamiyatga egadir.
Ta'rif. Matematik ob’ektdagi narsalarning xossalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni sun'iy ravishda bo'lak(qismlarga)larga ajratish yoki ularni birlashtirish tajriba metodi deyiladi.
Misol. O'quvchlarga natural sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratishni o'rgatiladi:
1=1, 2=2*1; 3=3*1; 4=4*1; 5=5*1; ...
O'quvchilarga ixiyoriy natural sonlarni misolda ko'rsatilganidek tub ko'paytuvchilarga ajratish jarayonida tajriba hosil bo’lib, ilar natural sonlar to'plamida tub va murakkab sonlar mavjud ekanligini tushunib yetadilar. Murakkab natural sonlarni ham tub ko'paytuvchilarga ajralishini, ammo ularning ko'paytuvchilari kamida uchta va undan ortiq bo’lishini tajriba orqali tekshirib ko'rilishi lozim.

Yüklə 24,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin