2. Har ikkala poemada ham mehribon otalar va qizlar
obrazi yaratilgan. «Boqchasaroy fontani»da Maryam tasviri:
Uning yumshoq sevimli nozi,
Tabiati, laziz ovozi.
Yonib turgan moviy ko‘zlari.
Dona-dona shirin so‘zlari
Bir-biridan jozibadordi;
Hammasida ajib kuch bordi
1
.
«Suv qizi»da Orzi tasviri:
Bo‘lar ekan cholning bir qizi,
Shamshod uning bo‘yiga xushtor.
Labi pista, yuzi qirmizi,
Dastor olma kabi zab naqshdor.
Sochlariga ilhaq majnuntol.
Qo‘shig‘iga bulbullar xumor.
Ko‘zi shahlo va tillari bol
2
E’tibor berilsa, qahramonlar portretidagi o‘ziga xoslik
milliylik bilan aloqador. Pushkin o‘z qahramonini moviy ko‘zli,
Mirtemir esa shahlo ko‘z tarzida ifoda etadi. Ular dagi ru
hiy-ma’naviy yaqinlik nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi
orqali ham namoyon bo‘ladi. Chunki Maryam ham, Orzi ham
qo‘shiq kuylaydi. Mirtemir Sharq mumtoz adabiyoti mavjud
an’anaviy o‘xshatishlarni (bo‘yning shamshodga qiyoslanishi,
labning pistaga, yuzning qirmizi olmaga o‘xshatilishi kabi)
mohirona qo‘llaydi.
1
Пушкин А.С. Танланган асарлар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1999. – Б.171.
2
Миртемир. Асарлар. Уч томлик. Иккинчи том. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1971.
– Б.385.
118
119
Dostları ilə paylaş: |