Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

4.Epik makon mushtarakligi. Har ikki asarda ham asosiy 

voqealar podsho harami, Dunay sohillari, Qora dengiz bo‘yla-

rida bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘rinadiki, Mirtemir Pushkinning «Boqchasaroy fontani» 

poemasidan ijodiy ta’sirlangan. Uning o‘ziga xosligi mavzuni 

milliy ranglarda ifoda etganida ko‘rinadi. Bu adabiyotimizda 

jahon  poemachiligi  badiiy-estetik  tajribalari  turli  shakllarda 

namoyon bo‘layotganini bildiradi.



She’riy talqinda ekvivalent va 

adekvat yondashuv

(«Na’matak» she’rining ruscha tarjimalari misolida)

1

She’riy tarjimada asliyatning poetik parametrlari hisoblan­

gan shakl (qofiya, vazn, turoq, hijolar soni, ohangdorlik, mu­

siqiylik) va mazmunga (timsoliylik, leksik resurslar va stilis­

tik figuralar) adekvat yoki ekvivalentlik darajasida yaqinlasha 

 olish muallif fikr va tuyg‘usining, maqsad va g‘oyasining qayta 

in’ikos etishini ta’minlaydi. 

Asliyat  matnida  mujassamlangan  poetik  unsurlarning  bar­

chasini  birdek  saqlab,  tarjimaning  muqobil –  ekvivalentli  yoki 

aynan – adekvatli tarjimasini yaratish, ayniqsa, she’riy tarjimada 

o‘ta murakkab jarayondir. Bunday murakkablik asliyat matnida­

gi she’riy san’atlar, ekspressiv unsurlar kabi funksional birliklar-

ning o‘zga til doirasida aynan muqobillik darajasida tenglasha 

olmasligida  ko‘rinadi.  Adabiyotshunos  Sh.Sirojiddinov  mono­

grafiyasida shunday ta’rif beradi: «Tarjima vazifalaridan biri – 

tarjima matni asliyatning to‘liq kommunikativ o‘rnini egallashi 

va asliyat o‘quvchisi imkoniyatiga teng darajadagi badiiy zavq 

mazmuniy va mundarijaviy (strukturaviy) uyg‘un muvozanatni 

(muvofiqlik) tarjima o‘quvchisiga taqdim etilishidir»

2

.

She’riyat  tarjimasida  bunday  murakkabliklardan  chiqish 



maqsadida  asliyatning  deformatsiyalanishiga  (yo‘qotishlar, 

qo‘shishlar,  o‘zgartirishlar  va  h.)  hamda  definitsiyalanish 

(funksional  birliklarning  nomutanosibligi)ga  yo‘l  qo‘yila­

di,  ya’ni  she’riy  tarjima  o‘zida  yuqorida  sanab  o‘tilgan  ka-

Салимова Д. Шеърий таржимада муаллиф бадиий нияти ва поэтик маҳоратининг 



қайта ифодаланиши (Ғафур Ғулом ва Ойбек шеърларининг таржималари мисолида). 

Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2018.

Сирожиддинов Ш., Одилова Г. Бадиий таржима асослари. – Тошкент: Мумтоз сўз, 



2011. – Б.16.


120

121


tegoriyalardan birortasining o‘zgartirilishiga ehtiyoj sezadi. 

Shularni inobatga olib, tarjimon poetik shakl va mazmunni 

qayta  yaratish  maqsadida  erkin  yondashuv  yo‘lidan  borishi 

mumkin.  Bu  holat  tarjima  nazariyasida  erkin  ijodga  imkon 

beradi  va  o‘z  o‘rnida  bunday  imkoniyat  me’yorlariga  amal 

qilish  talab  etiladi.  Tarjima  matnida  mutarjim  tomonidan 

poetik mazmun va shaklni qayta yaratish uchun erkin yon­

dashuv yo‘li tanlanar ekan, asliyatning ekvivalent va adekvat 

tarjimasining  amalga  oshirilishi  tarjimonning  ikkilanishi­

ga olib keladi, ya’ni tarjimon she’r tarjimasini qayta yaratib 

bo‘lmagan  sharoitda  o‘zgartirishlar  va  yo‘qotishlarsiz  ek­

vivalentlik va adekvatlik o‘z samarasini bera oladimi, degan 

savollar tug‘ilishi tabiiy. Holbuki, adekvatlik, adekvat asliyat 

bilan tarjimaning bir-biriga teng bo‘lgan «aynan» natijasidir. 



Adekvat tarjimada asliyat matnining tarjima matnga teng­

lashishi mazmunan, estetik va funksional jihatdan o‘zgarish­

larsiz,  qayta  yaratilgan  va  maksimal  tarzda  tarjima  qilingan 

bo‘ladi. Adekvatlik tushunchasi asliyat bilan tarjima o‘rtasiga 

tenglik ishorasining qo‘yilish natijasidir, ya’ni tarjimada ikki 

matn bir-biri bilan shaklan, mazmunan va so‘zma-so‘z yaqin­

likni hosil qilib, matnning pragmatik, uslubiy jihatdan aynan 

ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bunday tarjimada ayrim erkinliklarga 

–  qo‘shishlar  va  yo‘qotishlarga  yo‘l  qo‘yilmasligi  uning  aso-

siy  shartlardan  biridir.  Tarjimashunos,  lingvist,  va  adabiyot­

shunos  olimlar  ekvivalent  va  adekvat  tarjima  tushunchala-

rining bir necha konsepsiyalarini ishlab chiqqan bo‘lishlariga 

qaramay, tarjima nazariyasining bu muhim ikki kategoriyalari 

hanuz  ilmiy  munozaralar  doirasida  qolmoqda.  Taniqli  rus 

tilshunosi,  professor  Lev  Nelyubin  ekvivalentlik  va  adekvat­

lik  atamalarini  o‘zi  tuzgan  «Tarjimashunoslik  atamalarining 

izohli lug‘ati»ga kiritarkan, olimlar tomonidan ishlangan kon­

sepsiyalardan asosiy fikrlarni uyg‘unlashtirib, adekvat va ek­

vivalent tushunchalarining umumiy ta’rifini bir necha variant­

dagi izohlarda keltiradi. Ushbu ta’riflardan birida «adekvatlik 

o‘z mohiyatiga ko‘ra, uch komponentga ega» deb ko‘rsatadi: 

1) asliyat mazmunini tarjimada to‘g‘ri, aniq, to‘kis shakllan-

tirish; 2) asliyat til birliklarining to‘g‘ri yetkazilishi; 3) tarjima 

qilinayotgan  tilda  dastlabki  matn  (asliyat)  tilining  mufassal 

qayta yaratilishi»

1

dan iboratdir. Professor L.Nelyubin ta’kid­



laganidek, ekvivalentlik  –  tarjima  va  asliyat  mazmuni ning 

maksimal  darajadagi  muvofiqligi,  tengligi,  o‘zaro  monand­

ligidir.  Bizningcha,  ekvivalent tarjima  asliyat  mazmunining 

ekvivalentlik  turlaridan  birida  qayta  yaratilishidir.  Ko‘rinib 

turibdiki,  L.Nelyubin  ta’riflagan  adekvatlik  mohiyati  ekviva­

lentlik mohiyati bilan umumiy ma’noda uyg‘unlashib ketadi, 

ya’ni  «asliyat  mazmunining  to‘g‘ri,  aniq,  to‘kis  yetkazilishi» 

ekvivalentlikning «asliyat mazmunining tarjimaga maksimal 

darajadagi muvofiqligi»ni talab etadi. Tarjimashunoslik man­

balarida ekvivalentlik darajalari, turlari xususida olimlarning 

turlicha  izoh  va  tavsiflari  beriladi.  Adabiyotshunos  olim  Sh.

Sirojiddinov  adekvatlik  va  ekvivalentlikni  tarjima  vazifalari­

dan biri sifatida baholaydi: «Tarjima matni asliyatning to‘liq, 

kommunikativ o‘rnini egallashi va asliyat o‘quvchisining im­

koniyatiga teng darajadagi badiiy zavq, mazmuniy va munda­

rijaviy (strukturaviy) uyg‘un muvozanatni (muvofiqliklar) tar­

jima o‘quvchisiga taqdim etishdir».

2

Mutaxassislar qisman, to‘liq, mutlaq va nisbiy ekvivalent­



lik  kabi  turlarni  farqlaydilar.  Chunonchi,  professor  Ya.Ret­

Нелюбин Л. Толковый словарь по переводоведению. Третье издание, перера ботан-



ное. – М.: Флинта, Наука; 2003. – С.13, 253.

Сирожиддинов Ш., Одилова Г. Бадиий таржима асослари. – Тошкент: Мумтоз сўз, 



2011. – Б.16.


122

123


sker  «Tarjima  nazariyasi  va  tarjima  amaliyoti»  («Теория 

перевода  и  переводческая  практика»)  darsligida  «qisman 

va to‘liq» yoki «nisbiy va mutlaq» («частичный и полный», 

«относительный и абсолютный») ekvivalent turlari to‘g‘ri-

sida ma’lumot berarkan, mutlaq va to‘liq ekvivalentlikni qu-

yidagicha izohlaydi: «To‘liq ekvivalentlik – so‘zning ma’nosiga 

tarjimada to‘liq mos tushuvchi so‘zni qo‘llashdir.» («Полными 

эквивалентами являются так, как охватывают полностью 

значение  всего  слова,  а  не  одного  из  его  значений».)

1

 



Ya.Retsker  nazariyasida  L.Nelyubin  ta’riflagan  asliyat  maz­

muniga maksimal darajadagi muvofiqlik aynan mutlaq ekviva­

lentlik shartlari bilan mos keladi. Xuddi shuning dek, adekvat­

likda  «asliyat  til  birliklarining  to‘g‘ri  yetkazilishi»ni  talab 

etadigan  shartlari  qisman  yoki  nisbiy  ekvivalentlik  me’yor­

lari  bilan  tenglasha  oladi.  Chunki  ekvivalentlikning  qisman 

yoki  nisbiy  kategoriyalari  asliyatning  qaysidir  atributlarini 

(belgilarini), unsurlarini muqobillik darajasida tarjimaga ya­

qinlashtira olsa, mutlaq va to‘liq ekvivalentlik, aksincha, asli­

yatning jami – janriy, vazniy, mazmuniy, ma’noviy va shakliy 

unsurlariga teng qiymatda muqobillasha olishi kerak. 

Ushbu taxminlardan kelib chiqib aytish mumkinki, she’riy 

tarjimada  ijodiy  erkinlik  faqat  nisbiy  va  qisman  ekvivalent­

likda  qo‘l  keladi.  Ikki  til  sistemasi  va  ikki  ijtimoiy-madaniy 

hayotning turli ekanligi bois, she’r vazni, shakli, ohangdorli­

gi,  milliyligi,  davr  koloriti  kabi  nazmiy  belgilarning  barcha-

sini  birdek  saqlab  qolish  ma’lum  tafovutlar  tufayli  adekvat 

– «aynan» va mutlaq ekvivalentlik tarjimani aks ettirmasligi 

tabiiy. Bunday vaziyatda har qanday she’riy tarjima tartib-qoi­

dalarining  qat’iy  belgilanmaganini  nazarda  tutib,  tarjimon 

Рецкер Я. Теория перевода и переводческая практика. Очерки лингвистической 



теории перевода (Наше наследие). – М.: Валент, 2007. – С.15.

asliyatning qaysidir jihatlarini o‘zgartirishga majbur. Aksari­

yat holatlarda she’r shakli saqlanadi, biroq ma’lum miqdorda 

mazmun o‘zgartiriladi yoki aksincha, asliyat mazmuniy xusu-

siyatlari  to‘liq  ekvivalentlikka  ega  bo‘lib,  shakliy  unsurlarni 

qayta  yaratishda  ijodiy  erkinlikka  yondashiladi.  Chunonchi, 

XX  asr  o‘zbek  she’riyatining  taniqli  tarjimoni,  shoir  Alek-

sandr Naumov ijodida vazniy transformatsiyaning asliyatdan 

farqlanishini, shoira-tarjimon Yuliya Neymanning tarjimonlik 

talqinlarida  esa  shaklga  sodiq  qolish  maqsadida  mazmunni 

o‘zgartirish  holatlari  kuzatiladi.  Buning  sababi,  bizningcha, 

poetiklik  tabiatiga  xos  bo‘lgan  xususiyatlar  –  vazn,  qofiya, 

hijo,  turoq,  ohanglarning  dominantlik  (ustuvorlik)  mavqei­

da  turgani  uchun  mutarjim  asosiy  e’tiborni  asliyat  shaklini 

saqlab qolishga intilishidandir. Masalan, Oybekning «Lolalar» 

va «Do‘stim, o‘y o‘yla» she’rlarining ruscha tarjimalarini misol 

keltirish mumkin: 

Qirlarda lolalar go‘yoki mash’al,

Kutamen har bahor sizni, lolalar!

Ko‘zlar izingizda har bahor, har gal,

Yodingiz ko‘ngilda, tinmas nolalar...

1


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin