Paratekst(uallik ) – epigraf, mavzu, umuman matn atrofi
dagi unsurlar bilan bog‘liqligi.
Metatekst – asosiy matn yoki badiiy kitob bilan bog‘liq
matnlar va kitob (asar)lar aloqasi. Shekspirning «Romeo va Jul-
yetta» asari boshqa shunga o‘xshash asarlar uchun metatekst
vazifasini bajara oladi.
Gipertekst – birinchi marta kompyuter lingvistikasida
pay do bo‘lgan. Havolalar orqali katta matnlar yoki havolalar
ga o‘tish.
Arxitekst – matnlarning janr jihatdan bog‘liqligi. Tipologik
o‘xshashliklari va farqlari.
Imagologiya – («image» – tasvir) bir xalq adabiyotida
o‘zga xalqning imidjini yaratish. (Rus nigohida Navoiy ijodi,
Немсы глазами русских). Baxtin imogologiyaning asosla-
rini yaratib, Чужое – свое (O‘zganiki – o‘zimizniki) nazariya-
sini yaratgan. «Эстетика словесного творчества» kitobida
ochib berilgan.
Vorislik – an’analarga sodiq qolish (Navoiy ijodida antik
an’analar, Xamsachilik).
Semiotika – belgilar haqidagi fan. Adabiyotdagi semioti
ka bu adabiyotning barcha unsurlarini mayda detallarigacha
tahlil qilish, umumiy va xos tomonlarini aniqlash. I.Steble
vaning «Семантика газеля Бабура» kitobi semiotik tahlil na
munasidir. Asoschisi Yuriy Lodman (Latviya XX asr).
Tipologiya – genetik jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan, tili,
tarixi, madaniyati tamomila farq qiladigan xalqlar adabiyotida
mushtarak jihatlarni aniqlashga yordam beradigan kompara
tivistik tushuncha hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |