qildi? nima qilyapti? nima qiladi? (ba'zan nechanchi? qanday?) so‗roqlariga javob
bo‗ladi
21
. Gapning yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi
ahamiyatini juda katta. U hukmni ifodalaydi, gapning asosiy belgilarini ko‗rsatadi.
Gapda ega ham, ikkinchi darajali ham bevosita yoki bilvosita kesim bog‗lanadi.
A.Nurmonov fikricha, ―gapning gap bo‗lib shakllanishida muhim bo‗lgan, uning
mazmuniy va grammatik markazi hisoblanuvchi bo‗lak‖
22
tarzida ta‘riflanadi.
Gapda kesim singari bosh bo‗laklardan biri bu – egadir. Attributiv mantiq
vakillari egaga quyidagicha ta‘rif beradilar: ―Gapdagi fikr qarashli bo‗lgan, ikki
sostavli gapning mutloq hokim bo‗lagi hisoblangan bosh bo‗lak ega deb ataladi‖
23
.
U gapdagi fikrni, hukmni o‗ziga qaratuvchi predmetning nomidir. Bu predmet
harakatni bajaruvchi yoki qabul qiluvchi shaxsdir. Yoki kesim bilan ifodalangan
holat yo belgining egasidir
24
. Maktab darsliklari orasida, asosan, sintaksis sohasida
bahs yuritgan 8-sinf ona tili darsligida egaga quyidagicha tavsif beriladi: gapda
kesim bilan bog‗lanib, shu kesimdagi qo‗shimcha ifodalagan shaxs-sonni
bildiruvchi va kim? nima? qayer? so‗roqlariga javob bo‗ladigan bosh bo‗lak ega
deb ataladi. Odam (kim?) ko‗p , ish (nima?) kam. Atrof (qayer?) jimjit.
25
―Ega shu
19
Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т.: Ўᴋитувчи, 1965. 74-б.
20
Абдураҳмонов Х., Рафиев А., Шодмонқулова Д. Ўзбек тилининг амалий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи,
1992. 215- б.
21
Qodirov M., Ne‘matov H., Abduraimova M., Sayfullayeva R. Ona tili. 8-sinflar uchun darslik. – T, 2014. 57-b.
22
Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. Akademik litsey 3-kurs
talabalari uchun darslik. T.: Ilmi ziyo, 2015. 430-b.
23
Абдураҳмонов Х., Рафиев А., Шодмонқулова Д. Ўзбек тилининг амалий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи,
1992. 214-б.
24
Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т.: Ўᴋитувчи, 1987. 84-б.
25
Qodirov M., Ne‘matov H., Abduraimova M., Sayfullayeva R. Ona tili. 8-sinflar uchun darslik. – T, 2014. 68-b.
14
gapdagi fikr qarashli bo‗lgan – fikr o‗zi haqida borayotgan, belgisi kesim
tomonidan aniqlanadigan predmetni anglatadi‖, ―fikrning kimga yoki nimaga
qarashli ekanini ko‗rsatadi‖
26
. Sistеm–struktur ta‘limoti bo‗yicha sodda gapning
eng kichik qurilish qolipi (WPm) dir, ya‘ni gapning markazi kеsimdir. U ega
haqidagi hukmni bildirib, predikativlikni ifodalovchi gapni uyushtiruvchi va
shakllantiruvchi markaziy bo‗lakdir
27
. Ega kesim ifodalagan belgi, harakat-
holatning egasi sifatida kesimdan keyingi bo‗lak sanaladi
28
.
Hozirgi kunda sanab o‗tilishi mumkin bo‗lgan ilmiy va o‗quv uslubiy
darsliklar hamda majmualarda o‗zbek tili grammatikasi substansial(formal, ya‘ni
struktural) sintaksisning nazariy asoslariga asoslanib yaratilmoqda. Bunda lison va
nutq differantatsiyasiga asoslanuvchi tahlil usuliga tayaniladi. Xususan, akademik
litseylar uchun nashr qilingan ―Hozirgi o‗zbek adabiy tili‖ darsligi bunga yorqin
misol bo‗la oladi.
Gapning bosh bo‗laklari xususida bo‗lganidek, gapning ikkinchi darajali
bo‗laklari xususida ham xilma- xil qarashlar mavjud.
Gapdagi ikki sostavning hokim elementlaridan boshqa elementlari ikkinchi
darajali bo‗laklardir
29
. Ular tobe vaziyatda kelib, hokim qism talab etgan sintaktik
vaziyatda kelib, unga nisbatan hokim qismni aniqlab, to‗ldirib, izohlab keladi.
Tilshunoslarning bir qismi ularni tasnif qilishda ularni hokim bo‗lakka bog‗lanish
usuliga tayanadilar, ya‘ni:
boshqaruvli bo‗lak,
moslashuvli bo‗lak,
bitishuvli bo‗lak kabi uch turga ajratadi F.I.Buslayev
30
.
Boshqa guruh tilshunoslar esa ushbu tasnifda ularning moddiy asosi bo‗lgan
so‗z turkumlari va ularning shakllariga asoslanadilar. Ot, fe‘l, ravishni bir-biriga
26
Абдураҳмонов Х., Рафиев А., Шодмонқулова Д. Ўзбек тилининг амалий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи,
1992. 215-б.
27
Mahmudov N., Nurmonov A. O‗zbek tilining nazariy grammatikasi. – T.: O‗qituvchi,1995.
28
Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. Akademik litsey 3-kurs
talabalari uchun darslik. – T.: Ilmi ziyo, 2015. 430-b.
29
Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т.: Ўᴋитувчи, 1987. 80-б.
30
Abdusamatov R.A. O‗zbek tilida gap bo‗laklarining noamaliy mavqeyi masalasi. – Samarqand, 1995.
15
qarama-qarshi qo‗ygan A.A.Potebnya fikriga ko‗ra, ot o‗ziga qarama-qarshi
qo‗yilgan ikki shaklga – bosh va vosita kelishiklariga, fe‘l ikki shaklga – shaxsli va
shaxssiz shakllarga egadir. Ular gap bo‗laklari uchun moddiy asos bo‗lib xizmat
qilad. Ravishdan ifodalangan bo‗lak – hol, bosh kelishikdagi otdan ifodalangan
bo‗lak– ega, vosita kelishigidagi otdan ifodalangan bo‗lak – to‗ldiruvchi, fe‘lning
shaxsli shaklidan kesim ifodalansa, shaxssiz shaklida ikkinchi darajali tobe qism
sanaladi.
Ikkinchi darajali bo‗laklar bosh bo‗laklar bilan (boshqa ikkinchi darajali
bo‗laklar bilan ham)bog‗lanishi va gapdagi vazifasiga ko‗ra uch turga bo‗linadi:
aniqlovchi, to‗ldiruvchi, hol
31
.
Gapning biror bo‗lagiga(ko‗pincha kesimga) boshqaruv yo‗li bilan bog‗lanib,
uni to‗ldirib kelgan, kimni? nimani? so‗roqlariga javob bo‗luvchi ikkinchi darajali
bo‗lak to‗ldiruvchi deyiladi
32
. R.Sayfullayeva esa to‗ldiruvchiga quyidagicha ta‘rif
beradi: so‗z kengaytiruvchisi gapning konstruktiv bo‗laklari sirasiga kirmaydi,
balki gapdagi so‗zlarning lug‗aviy ma‘nosini muayyyanlashtiruvchi vosita
sanaladi. To‗ldiruvchi ham nuyqiy gap qurilishida so‗z kengaytiruvchi sifatida
ishtirok etadi va fe‘l bilan ifodalangan har qanday bo‗lak yoki bo‗lak qismining
ma‘noviy valentligini to‗ldiradi
33
.
Hol ega kabi gap kesimidagi kesimlik shakllari – (P
Dostları ilə paylaş: |