YODDA TUT! SAXOVAT VA HIMMAT BOBIDA
səhifə 5/5 tarix 06.02.2022 ölçüsü 1,78 Mb. #52182
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub
YODDA TUT!
SAXOVAT BU:
Hosildor daraxt
Foydali meva
Mavj urib turgan dengiz
Bebaho gavhar
SAXOVATSIZ BU:
Yog‘insiz bahor buluti
Hidi yo‘q mushk-anbar
O‘tin
Tutun
Mevasiz daraxt
Dursiz sadaf
Isrof qilish - saxiylik emas; o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni - devona deydilar; yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar.
Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas.
Yaxshiliklarni topmoq - yedirmoqdir; Ayblarni yashirmoq - kiydirmoqdir. HILM TO‘G‘RISIDA
Hilm - axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U - yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi.
Yumshoq ko‘ngillilik - hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi.
Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz. Nodonning vahshiylarcha baqirmog‘i - eshakning bemahal hangramog‘i. Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma -kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi. O‘zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o‘xshaydi. Har kimningki so‘zi - yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga qolgon; yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni - kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg‘on gapiruvchi g‘aflatdadir; so‘zning bir-biridan farqi ko‘pdir, ammo yolg‘onroq turi yo‘qdir. Safarning foydalari TO‘G‘RISIDA Turg‘un yer qayda-yu , aylanuvchi osmon qayda? Bir joyda turgan tuproq qayda-yu, sayr etib yuruvchi yulduz qayda? Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas ; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshilik qila olmasang - yomonlik ham qilma. Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb ham bilma. Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil; yaxshilik atrofida aylana olmasang , yaxshilar atrofida aylan.
Unutmang!
O`ylab ko`ring! «Saxiy» so‘zi bilan «axiy» so‘zining farqi haqida so‘zlang. Yaxshilik va hojat chiqarish deganda siz nimani tushunasiz? «Hilm» - yumshoq ko‘ngillik odamlar nima uchun e’tibor topadi, izzat-hurmat ko‘radi? Nima uchun yaxshi, rost so‘z e’tiborli va qisqa bo‘ladi? Safarga chiqishning qanday foydalari bor? O‘z hayotingizda uchratgan yumshoq ko‘ngilli insonlar haqida so‘zlab bering. E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ! Dostları ilə paylaş: