Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə18/87
tarix25.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#196990
növüKompozisiya
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

1-Boshovchi: Tun oqshom keldi kulbam sori
Ul gulirux shitob aylab
Xiromi sur’atidin gul
Uza terdi gulob aylab.

  1. Ashula: “Shitob aylab” ijro etadi Xasanov Omonjon.

2-Boshlovchi: Tole yo’qki jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Xar neniki ko’zladim xatolig’ bo’ldi
O’z yurt turib Xind sari yuzlandim yorab,
Netay, necha yuz ming qarolig’ bo’ldi.
1-Boshlovchi: Bobur temuriylar saltanatini ximoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil xarakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsa-da, ammo mamlakatda xukm surgan og’ir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. Bobur 200-300 navkari bilan Afg’onistonga o’tadi. G’azni va Qobulni egallaydi. Uning Xumoyun, Gulbadanbegim, Kamron va Xindol ismli farzandlari shu yerda tug’iladi. 1519 yil baxorida Xindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi. Ko’p o’tmay Xindistonning Bengaliyagacha bo’lgan qismini o’ziga bo’ysundiradi. Shu tariqa uch yarim asrga yaqin xukm surgan qudratli Boburiylar sulolasiga asos soladi.
Kim ko’ribdur ey ko’ngil, axli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q ko’z tutma ondin yaxshlig’,
Bul zamonni na’fiy qilsam ayb qilma ey rafiq,
Ko’rmadim xargiz netayin bu zamondin yaxshilig’.

  1. Ashula: “Yaxshilig’” Z.M.Bobur g’azali, ijro etadi Xusniddin Sotvoldiyev


2-Boshlovchi: Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig’ib, “Ilk devon” (1464-65) tuzgan edilar, so’ngra “Badoyiul-bidoya” (“Go’zallikning boshlanishi”), “Navodirun-nixoya” (“Nodirliklar nixoyasi”) nomli devonlarga (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy xajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to’rt devoni (1491-1498)ga jamlangan. Navoiy she’riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko’lami (16) xilma-xil, g’azallari “oshiqona, orifona, rindona” (Shayxzoda) sifatlar bilan o’rganiladi. G’azallarida insoniy muxabbat, iloxiy ishq bilan uyg’un holda ulug’lanib, “majoz-xaqiqat ko’prigi” aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she’riyatidagi zoxiriy ma’no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o’rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.


  1. Ashula: “Sumbulim” ijro etadi Burxonjon Exsonov

1-Boshlovchi:
Sochi-yu, qoshi-yu ko’zidin boshda xavodur,
Boshda xavo har birisin boshqa balodir.
Qosh yosi bila ul qoro ko’z g’amza o’qini
Ushshoqdin o’zga sorig’a otsa xatodir.

  1. Qo’shiq: “Qoshi-yu” Z.M.Bobur g’azali, ijro etadi Nozimjon Siddiqov

Sening hur bag’ringda, ulg’aydim o’sdim,
Ko’zimga to’tiyo, har kaft tuprog’ing.
Nomingni ulug’lab, she’rlarim bitdim,
Mangu porlay bersin, so’nmas chirog’ing.

  1. Qo’shiq: “Janon bo’laman” ijro etadi Sarvarbek Ishanqulov

  2. Ashula: “Visol bazmi ijro etadi Asrorbek G’ulomov

2-Boshlovchi: Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi “Xamsa” asari 1483-1485-yillarda yozilgan bo’lib, 5 dostondan iborat. “Xamsa” tarkibiga “Hayratul-abror”, “Farxod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi. Navoiy turkiy tilda to’liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Navoiy asarlari ko’p tillarga tarjima qilingan. Uning qo’lyozmalari dunyoning Rossiya, Angiliya, Turkiya, Eron va boshqa yirik kutubxonalarida saqlanmoqda.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin