Shum bola: Choyxonachi aka davramizga mehmonlar tashrif buyurishyapti.
Choyxonachi: O’zbek klassik adabiyoti asoschisi, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlari tashrif buyurmoqdalar!
(Musiqa ostida Navoiy kirib keladi. Kuy yangrayotganda choyxonachi A.Oripovning «Uzbekiston» she’ridan parcha o’qiydi).
Choyxonachi: Ko’p jaxongir ko’rgan bu dune,
Hammasiga guvox yer osti.
Lekin do’stlar she’r axli aro,
Jaxongiri kam bo’lar rosti.
Besh asrki nazmiy saroyni,
Titratadi zanjir band bir sher.
Temur tig’i yetmagan joyni,
Qalam bilan oldi Alisher.
Dune bo’ldi chamanim manim,
O’zbekiston Vatanim manim!
(Choyxonachi va bolalar Navoiy boboga «Xush keldingiz»-deb ta’zim qilib turishadi).
Navoiy: G’urbatda g’arib, shodumon bo’lmas emish,
El anga shafiqu, mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulga tikanday oshiyon bo’lmas emish.
Choyxonachi: Ofarin, ustoz, qulluq! Choyxonamizga hush kelibsiz. Davra to’ri sizniki.
Aziz bolajonlar endi men sizlarga Bobur bobomiz to’g’risida aytib beraman.
Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483 yili 14-fevralda Andijon shaxrida tavallud topdi. U Amir Temurning evarasi bo’lgan. Bizga u judayam ko’p asarlar yozib qoldirgan. U o’z davrida shoh, ulug’ shoir, tarihchi, olim bo’lgan. U 1530 yili Hindistonning Agra shahrida olamdan o’tadi.
(Musiqa ostida Z.M.Bobur kirib keladi).
Choyxonachi: Boburiylar davlatining asoschisi shoir Zahiriddin Muhammad Boburshox!
Bobur: Tole yo’qki jonimga balolig bo’ldi,
Har ishniki ayladim hatolig bo’ldi.
O’z Yorin qo’yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig bo’ldi.
Choyxonachi: Ofarin, ustoz, qulluq! Davramizga marxabo!
(Choyxonachi va bolalar Bobur boboga «Xush keldingiz»-deb ta’zim qilib turishadi).
Shum bola: Choyxonachi aka otlarning dupur-dupur ovozlari kelyapti. Bir bulsa, alloma va momolariimz Navoiy va Bobur bobokalonlariimzni tavallud kunlari Bilan tabriklash uchun tashrif buyuribdilar shekilli.
Choyxonachi: Qani ko’raylikchi, kimlar ekan.
Ulug’ Turon o’lkasining tengi yo’q xukumdori Sohibkiron Amir Temur Tarag’ay Bahodirshoh xazratlari tashrif buyurmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |