2-O’quvchi:A.Navoiy o’zbek adabiyotining deyarli barcha janrlarida ijod qildi.1465-1466-yillarda uning muxlislari she’rlarini to’plab“Devon“tuzdilar. 3-O’quvchi: 1491-1493 yillarda tazkirachilikka oid”Majolis un- nafois”,aruzga doir “Mezon ul-avzon”, lug’atshunoslikka oid”Sab’atu abhur” kabi asarlari bilan o’zbek adabiyotini boyitdi. 4-O’quvchi:Ikki til muhokamasiga bag’ishlab,1499-yili “Muhokamat ul-lug’atayn”asarini yozdi. 5-O’quvchi:Navoiy do’stlari va yaqinlarini qadirlaydi.Do’stlariga bag’ishlab “Hiloliya”,”Holati Said Hasan Ardasher ”,”Holati Pahlavon Muhammad” kabi asarlar yozdi. 6-O’quvchi:Do’stlari va yaqinlariga yozgan xatlarini jamlab,1492-yili”Munshaot”,qush tiliga bag’ishlab”Lison ut -tayr”asarlari bilan o’zbek adabiyoti nodir durdonalarini yaratdi. 6-O’quvchi:Umrining oxirida ,ya’ni 1500-yilda falsafiy-axloqiy mavzuda “Mahbub ul-qulub” asarini yozib,ilk bor turk tilida 1483-1485 yillar mobaynida “Xamsa” asarini yozib ,xamsachilik an’anasini davom ettirdi. boshlovchi:Besh asrkim nazmiy saroyni,
G’azallarin o’qib Lutfiydir shaydo Qalamin tebratgan ikki dil aro, Qutlug’ yoshing muborak Navoiy bobom. boshlovchi:Xondamirning “Makorim ul- axloq ”asarida keltirilishicha hatto yosh Alisherning teran aql – zakovati va kuchli so’z qudratiga Mavlono Lutfiy ham tan beradi.
Navoiyning Lutfiy bilan uchrashuvi: Navoiy:Assalomu alaykum, ustoz,mavlono. Lutfiy:Va alaykum assalom, inim Alisher xo’sh,bugun menga qanday mashqlaringizni keltirgan erdingiz. Navoiy:Bir g’azal bitgan erdim.Ruxsat bersangiz o’qib bersam. Lutfiy:Qani, o’qingchi.