Hamma: ha, ha shohim yo’q qilish kerak.
Xoja ABZAL: Shokim, shokim. Men sizga yangi asl sharob olib keldi. Voy shokim.
Xoja Abzal oqsoqlanib kelib, Sulton Xusayinga xumchadagi sharobni tutadi.
Xoja ABZAL: Voy Shultonim, men sizga Asl Eron sharobini olib keldim.
Husayn: Aldamadingmi?
Xoja ABZAL: Voy shokim. Kecha Erondan karvon keldi. Men shu karvondan ming tillaga sotib oldim. Sizga deb
Husayn: Xa xa Makkor. Qani berchi, shu sharobingdan.
Xoja Abzal sharobdan Xusaynga quyib beradi. Xusayn sharobni ichib:
Husayn: Tufe-ye-ye-ye-ye nomard. Yana aldabsanku?
Xoja ABZAL: voy shultonim, sizni aldamadim.
Husayn: hay nodon, qanaqa Eron sharobi? Buni shahar o’rtasidagi Bobur baqqol do’konidan keltirgansan? Har safar qilgan ishing shu – aldaysan!
Xoja ABZAL: Voy shohimmmmm! Afu eting! Meni aldashdi. Men ularni tutaman.
Husayn: Go’rda tutasan ularni. Bor, o’zimizning yerto’ladagi asl sharobni olib kel.
Xoja ABZAL asl sharob olib kelgani chiqib ketadi. Amir Majiddin: Ex sultonim. Shu telba majnun ham odam bo’lib saroyda yursa? Nega uni yo’qotib yubormaysiz?
Husayn: Amir Majiddin. Xoja Abzalni ilk bor Xorazm uchun bo’layotgan jangda uchratganman. O’shanda u 15 yashar bola edi. Shu bola mening hayotimni qutqargandi. Agar u bo’lmaganda men otim bilan birga jarga qulagan bo’lardim. Meni qutqaraman deb, boshini toshga urib olgan. Shu-shu bu telba Abzalni men o’z inmdek bilaman. To’g’ri, u meni ko’p aldaydi, laqillatadi. Ammo bu meni hafa qilmaydi.
Amir Majiddin: Uzr Sultonim! Biz buni bilmas edik.
Husayn: Xo’sh, soliq masalasi so’ngra Alisher masalasi ne bo’ldi.
Amir Majiddin: Alisher do’stingiz har ishda birinchi bo’lmakchi on hazratlari. Aql-u zakovatda ham. Mamlakatni boshqarishda ham.
Husayn: Dushmanim shahzoda yodgorning bir gapi yodimda qolgan edi. Vazirlarimdan bir sotqin emish.
Amir Majiddin: Shohim, agar siz Alisherni yo’q qilmas ekansiz, kunlar kelib odamlar Amir Husaynnig zamonida Alisher Navoiy degan shoir o’tgan deb emas, balki, Alisherning zamonida Amir Husayn degan shoh o’tgan deyishadi. Nomingiz tarix changlarida qolgay. Alisher bir daraxt, siz esa soya bo’lib qolasiz. Nomingiz Alisherning soyasi bo’lib qolgay.