Alisher Navoiyga


Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə9/9
tarix16.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#114540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
buyuklar ёзувсиз

XorazmiyAbu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bagʻdod) — xorazmlik matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Zahiriddin va Firdavs qoʻlida tahsil olgan bilan birga ishlagan.
Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — "Bayt ul Hikmat" („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813-833), soʻng al Moʻʼtasim (833-842), al Vosiq (842-847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.
Xorazmiyning bizgacha oʻntacha asari toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq koʻrsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni „Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri“, deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan beqiyos oʻrni sabab.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin