Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 185,85 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.06.2022
ölçüsü185,85 Kb.
#61165
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari



1
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari 
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri, badiiy madaniyati 
tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning 
tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’n -u sharafini dunyoga tarannum 
qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda tirkiy va forsiy tilde 
so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, 
Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u 
avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir 
desak, shoirlarning sultonidir”, I.Karimov. 
Sharq xalqlarining adabiyoti qanchalik chuqur o‘rganilsa, bu xalqlar 
orasidagi adabiy aloqalar ham shunchalik ravshanroq ko‘rina boradi. Adabiy 
aloqalarning o‘rganilishi esa dohiy san’atkorlarning, adabiy maktab vakillarining 
ijodiy qudratini , ta’sir doirasini aniqlash uchun to‘laroq tasavvur beradi. Bu 
jihatdan Navoiy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir. 
Navoiy merosini o‘rganish yolg‘iz o‘zbek olimlarininggina vazifasi emas. 
Navoiy buyuk bir adabiy maktab boshlig‘i sifatida dohiy Nizomiy kabi bir qancha 
xalqlarning adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligidan uning ijodini o‘rganish ham 
keng bir sohani tashkil etadi. Dunyo sharqshunoslari Navoiy merosini o‘zbek 
xalqining adabiyotini o‘rganish maqsadida tekshirsalar, sharq xalqlari 
tadqiqotchilari butun hayotini xalq baxt-saodatiga bag‘ishlagan bu ulug‘ 
san’atkorning hayoti va ijodini o‘z madaniyatlarini o‘z adabiyotlari tarixini chuqur 
o‘rganish, o‘zaro mushtaraklik tomonlarini aniqlash maqsadida o‘rganishgan. 
Chunki Navoiy tojik, eron, hind madaniyatida buyuk bir madaniyat homiysi 
sifatida mashhur bo‘lsa, ozarbayjon, turkman, qozoq, tatar, turk, qoraqalpoq 
xalqlari adabiyotida esa o‘zining kuchli ta’siririni ko‘rsatgan
1

Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir .Chunki 
1
Х,амид Арасли.Навоий Меросини урганиш тарихидан /Узбек тили ва адабиёти 
масалалари/1961. № 1, 3-7- 
бет. 


2
hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qila olgan emas. 
Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Chunki hech kim unga 
qadar bu tilde bunchalik ko‘p va xo‘p (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha 
xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o‘zini “Xito(y)dan to Xuroson” gacha 
yoyilgan turkiy qavmlarning o‘z shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog‘i 
ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi.Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sir ko‘rsatdi. 
Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, 
adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik 
kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti 
shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy 
umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu 
haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy 
o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol 
inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi. 
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida 
insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson 
dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha 
sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo’lgan 
umuminsoniy axloq qoidalarini o’rgandi, asar qahramonlari obrazida o’z 
qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga 
da’vat etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “ Ahloq shaxsning og’ir baqolig’ 
libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan 
ham axloqdir”. 
Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, 
balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa 
ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati 
uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy 
odam deb biladi: 
Odami ersang demagil odami, 


3
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami. 
Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko’ngil odamlarni 
Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi. 
El qochsa birovdin el yomoni bil oni, 
Ahvolida idbor nishoni bil oni. 
Fe’l ichra ulus bolam joni bil oni, 
Olam elining yomoni yomon bil oni. 
Insonlar bir-birlari bilan do’st-inoq va hamjihat bo’lib yashamas ekanlar, 
o’z orzu-niyatlariga yeta olmaydilar, yakkalik, yolg’izlik bilan hech qanday ish 
qilib bo’lmaydi, shuning uchun ham u hamma insonlarni do’st bo’lib yashashga 
chorlaydi. Alisher Navoiy do’stlikni ulug’laydi, shu bilan birga soxta, g’araz bilan 
do’st bo’luvchi kishilarni qoralaydi. 
Navoiy ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan. Shoir insonning 
ma’naviy kamolotini, avvalo, uning ilm va donish sohibi bo‘la olganligida deb 
biladi. Ilm o‘zidan o‘zi bo‘lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga 
ega bo‘la oladi, deb hisoblaydi.Alisher Navoiy hikmatlarida olam- olam ma’no 
mujassamdir. Uning hikmatlarida ilm-ma’rifat, mehr- oqibat, insoniylik kabi 
masalalar markaziy o‘rinni egallaydi. 
Birovkim qilsa olimlarga ta’zim, 
Qilur go‘yoki payg‘ambarga ta’zim. 
Shoir olim ahlini qadrlaydi, ulug‘laydi.Olimlarga ta’zim qilish- 
payg‘ambarga ta’zim qilsh bilan barobar ekanligini ta’kidlaydi. Jumladan: 
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, 
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur. 
Navoiy kishi bilimga ega bo‘lishi uchun oz-ozdan o‘rganib borishi 
lozimligini, bilimlari yig‘ilib ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lishi mumkinligini 
yozadi va buni tomchi-tomchi sivlar yig‘ilib daryoga aylanishiga o‘xshatadi. 
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, 
Aylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila. 
Ushbu jumlalarda birinchi ustoz haqida gap boradi. Ilk ustoz tolibiga savod 


4
chiqarishida ko‘maklashadi, bu bilan uning hayot yo‘lini- to‘g‘ri yo‘lni belgilab 
beradi.Ustozning bu xizmatini yuzlab xazinalar bilan ham to‘lay olmaslikni 
Navoiy shu ikki misrada bayon qiladi. 
Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi amoliga qarab baho 
beradi. Odamiylikning mezoni bu -porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va 
haqparastlikdir. Uyg‘oq qalb sohibi nazdida har qanday holatda ham to‘g‘ri so‘zni 
ayta olgan, haqiqat tarafida turib harakat qilgan kishigina inson nomiga munosib. 
Aksincha, sharoitga qarab o‘zgaraverish, o‘z shaxsiyatini asrab, haq gapni 
aytishdan qo‘rqish -bu imonsizlik belgisi. Yaxshilikka davogarlik qilgan holda 
yomonlar hayliga ham sherik bo‘lib ketaverish -bu munofiqlik namunasidir. 
Aytish lozimki, Navoiy insonga tanbeh berar ekan, avvalo o‘z hayotiy 
kuzatishlariga asoslanadi. Pok e’tiqodi, ijtimoiy qarashlari taqozosiga ko‘ra 
mulohaza yuritadi. Ulug‘ inson tafakkurining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan 
xulosaviy fikr -mulohazalari xalqning “Yaxshiga yondosh, yomondan qoch”, 
“yaxshi bilan yurding yetding murotga, yomon bila yurding, -qolding uyatga”, 
“Yaxshi odam yo‘ldoshidan bilinar”, “Do‘sting kimligini aytsang, sening 
kimligingni aytaman” kabi maqollar bilan butunlay mushtarakdir. 
Uyg‘oq qalb sohibi nazdida yaxshi inson yoki yaxshilik tushunchasining 
ma’nosi nihoyatda keng bo‘lib, unda imon va etiqod, odat va hayo kabi inson 
zotini bezaydigan go‘zal fazilatlar jamuljam bo‘lgan. Odamiylikning mezoni bu 
faqat o‘zi uchun emas, balki, o‘zgalar manfaati , xalq g‘am- tashvishi bilan 
yashashdir. Binobarin, axloq targ‘ibotchisining navbatdagi tanbehi ham yaxshilik 
xususida: 
“Baxlning andoqki, butun topqoni zaxira bo‘lg‘ay, tong va qabri ham bu 
kungi maoshi uyidek tiyra bo‘lg‘ay.Zuhdu taqvo barcha vaqtda dilpisanddur, 
ulug‘lar nazarida arjumandroq . Yaxshiliq va yomonliqni kim qildikim, jazo 
ko‘rmadi. Saloh va fasod tuxmin kim ekdikim, o‘rmadi”. 
Shoir insonga xos qusurlar va hislatlar haqidagi fikrini quyidagi bayt bilan 
yanada oydinlashtiradi va qissadan hissa chiqaradi: 
Yaxshiliq tuxmin sochg‘ilkim budur dehqong‘a so‘z, 


5
Har nekim ekding bugun borin hamon tut oning ko‘z. 
Alisher Navoiy ilm o'rganishga intilishni inson kamolotini ta'minlash uchun 
xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni 
nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta'riflaydi. Asarlari 
mazmunida ilgari surilgan g'oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma'rifatli 
bo'lishga undaydi. Mutafakkir ilm o'rganishni har bir kishining insoniy burchi 
deya e'tirof etadi. Zero, ilm o'rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-
saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo'lishini ta'minlashga hissa 
qo'shishdir, deya ta'kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o'z xalqining 
manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yo'lida faoliyat olib borishlariga 
ishonadi. 
Mazkur o'rinda Mirzo Ulug'bekni ana shunday xislatga ega bo'lgan 
kishilardan biri bo'lganligiga urg'u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida 
abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson 
faqat ilmli bo'lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida ta’riflash 
uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to'grilik, 
rostgo'ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo’lishi taqozo 
etiladi. 
Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, 
axloqli bo'lish insonga atrofdagi kishilar o'rtasida muayyan mavqe hamda 
hurmatga sazovor bo'lishga yordam beradi. Odobga ega bo'lishning inson 
hayotidagi rolini ko'rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: 
“Adab kichik yoshdagilarni ulug'lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan 
umrbod bahramand bo'ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug'lar ko'ngliga soladi va 
u muhabbat ko'ngilda abadiy qoladi”. 
Alisher Navoiyning asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Dilorom, Qays, 
Shopur kabi ijobiy qahramonlar umuminsoniy tarbiya asosida tarbiyalanganlar, 
kamtarin, odobli, or-nomusli insonlardir. Bu qahramonlar orqali yoshlarni ulardan 
ibrat olishga chorlaydi. 
Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina 


6
hisoblanadi. U o’z asarlarida har bir so’zdan unumli va o’rinli foydalana olgan. 
Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi 
yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna 
bo’ladi. Ulug’ shoir o’zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan 
barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo’shdi, umuminsoniy fazilatlar 
to’g’risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. 
Karimov I.A.YUksak ma’naviyat — yengilmas kuch. -T.: 
Ma’naviyat,2008. 


7
2. 
Karimov I.A.Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. 
.-T.: O’zbekiston, 2009. 
3. 
Karimov I.A. Inson, uning xuquq va erkinliklari oliy qadriyat.XIV-
jild.- T.:“O’zbekiston” , 2006 
4.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 11-tom. Xamsa. Saddi
Iskandariy. T.:“Fan”, 2002 
5.Badriyev F., Xudoyberdiyev A. Alisher Navoiyning “Farhod va SHirin”
dostoni haqida// Til va adabiyot ta’limi. 2011, 8-son. 
6.Qayumov A. Alisher Navoiy (Mashhur siymolar hayoti). -T.: Kamalak,1991. 
7.Navoiyning ijod olami. T., 2001. 
8.Hayitov SH. Kaykovus va Alisher Navoiy talqinida qalb tarbiyasi. . Til va
adabiyot ta’limi. 2005 yil 2-son, 84-bet 
9.Navoiy, 
Alisher. Xamsa: Hayratul-Abror, Farhod va SHirin, Layli va
Majnun, Sab’ai sayyor, Saddi Iskandariy.--T.: G’.G’ulom nomidagi
adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.-423 b. 
10.Navoiy,Alisher. Hikmatlar: Bolalar uchun.-T.: A.Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti,1999 
Internet saytlari: 
1.
www.ziyonet.uz
 
2. 
www.gov.uz
 

Yüklə 185,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin