Sana: 9.10.2019 yil.
Sinf :9 – “B” sinf
Fan: Adabiyot.
Mavzu: She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning “Xamsa” asarida berilgan “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod va Shirin timsollariga tavsif.
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy maqsad: she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizning “Xamsa” asarida berilgan “Farhod va Shirin ” dostoni, mazmun mohiyati haqida to’liq ma’lumotlar berish.
b)tarbiyaviy maqsad: ”Farhod va Shirin”dostonida tasvirlangan komil inson tushunchalarini bilish, vatanga bo’lgan mehr- muhabbat, sadoqat tushunchalarini singdirib borish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
d)rivojlantiruvchi maqsad: ruhiy poklik, sadoqat, ezgulik, imonlilikka chorlovchi fazilatlarni o’quvchilarda shakllantirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Dars turi: Mustahkamlovchi.
Dars jihozi: Darslik,tarqatma, materiallar, qo’shimcha adabiyot va jadvallar.
Dars uslubi: Guruhlarda ishlash.
Darsning borishi. I.Tashkiliy qism: (3 minut)
a)salomlashish;
b)davomatni aniqlash;
d)o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
II.O’tilgan mavzuni so’rash. (7 minut)
”Farhod va Shirin” dostonidagi Shirin timsoliga tavsif.
a)yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b)ommaviy tarzda(uy vazifasi nazorati).
Tushunilishi qiyin, izohtalab so’z va birikmalar ma’nosini aniqlab olish.
III.Yangi mavzu bayoni. (20 minut)
”Farhod va Shirin” dostoni qahramonlari xatti- harakatlari, ruhiyatini, ularning har biriga xos sifatlarni, Farhod va Shirin tabiatlari va ruhiyatlariga xos xususiyatlarni, ma’naviy yuksakliklari, dostonda ifodalangan mardlik, adolat, xalqparvarlik, ezgulik bilan yomonlik, razolat o’rtasidagi ziddiyat, mohiyatini anglash. Asarni va uning timsollarini tahlil qilish, ular tabiatiga yaxshi- yomon sifatlariga baho berish, mustaqil xulosa chiqarish. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi . Har bir guruhga tanlash yo’li bilan guruhlarda ishlash orqali uch xil uslubdan foydalangan holda, doston timsollarini tahlil qilib berish topshiriladi. Ya’ni I guruh - SWOT tahlili asosida timsollarni tahlil qilish.
S – kuchli tomoni.
W – kuchsiz tomoni.
O – imkoniyatlar.
T – tahlil.
II guruh KLASTER usuli asosida .
III guruh FSMU uslubi asosida tahlillarni ochib berish.
F – fikr.
S – sabab.
M – misol.
U – umumlashtirish.
Yuqorida berilgan uslublar asosida o’quvchilar “Xamsa”dostoni haqida fikr, “Farhod va Shirin’’ ning shavq dostoni ekanligini, qahramonlariga xos sifatlar, Farhod va Shirinning ruhiyatlarini tavsiflab berishga harakat qiladilar.
FarhodvaShirinningo’zigayoqqanjihatlarini tasvirlay olishni o’rganish.
Farhod kurashib yenggan ajdarho, Axriman, temir odam shunchaki afsonaviy obraz emas, balki yigitning ichki olamidagina afsoniy istak va shaytoniy intilishning ramziy timsollaridir.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: (10 minut)
Savol va topshiriqlar:
1)Johillik, ilmsizlik, kibr- havo, manmanlik dunyoparastlik, zulm, o’g’irlik, tanballik va h.k kabi qalbni o’ldiradigan illatlarga qarashingiz.
2)Nafsni yengish quroli Ishqdir. Ishq faqat sevgi, mehr- muhabbatgina emas, iroda, mardlik, hayo,pokizalik, shirinso’zlik va h.k. Kabi ko’ngilni poklaydigan sifatlardir.
V.O’quvchilarni baholash. (3 minut)
O’quvchilarga yuqorida berilgan topshiriq asosida navbatma – navbat tahlillari bo’yicha taqdimot topshiriladi. O’z mustaqil fikrlari o’laroq, tahlilni ochib berishda, mazmun – mohiyatiga ahamiyat qaratilganiga qarab guruhlar baholanadi.Har bir guruh “Farhod va Shirin” dostonidagi barcha timsollarni tahlil qilib berishga intilganliklarini inobatga olgan holda baholanadilar. O’qituvchi tomonidan har bir o’quvchi “sinfning eng faol o’quvchilari” deb ko’rsatilgan kartochkalar bilan taqdirlanadi.
VI. Uyga vazifa berish. (2 minut)
Asarni yana bir bor o’qish , mustahkamlash. Farhod timsoli tavsifi bo’yicha o’qib o’rganib chiqqan dostonimiz “Farhod va Shirin” dostoni asosida ijodiy insho yozishga tayyorgarlik ko’rib kelish.
O’IBDO’: K.T.O’skanova
Toshkent viloyati Yangiyo’l tuman XTB ga qarashli 27 – umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fanio’qituvchisi Raxmedova AzizaTashtanovnaningadabiyotfanidan1 soatlik ochiqdars ishlanmasi