Pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995



Yüklə 45,92 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü45,92 Kb.
#186817
  1   2
TARIXIY ADABIYOTLARDA EFTALITLAR DAVRI VA TURK


PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995

TARIXIY ADABIYOTLARDA EFTALITLAR DAVRI VA TURK
XOQONLIGI TARIXINING YORITILISHI
Madraximova Yulduz Ilxomovna
Xorazm viloyati Xiva tumani 11 - sonli maktab
Tarix fani o‘qituvchisi

Annotatsiya


Ushbu maqolada yurtimiz hududiga ilk o‘rta asrlarda kirib kelgan eftallar va Turk xoqonligining tarixiy adabiyotllarda qanday aks etgani va bu davrga oid bo‘lgan manbalarning o‘rganilishi aks etgan.
Kalit so‘zlar: O‘rta Osiyo, eftallar, Turk xoqonligi, Tabariy, arxivlar, Beruniy, A.Mets.

KIRISH


O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlardagi tarixini o‘rganish, manbalarni tahlil qilish katta ahamiyatga egadir, chunki bu orqali yurtimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti bu davrda qay tarzda bo‘lganligini, tariximizga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish mumkin, ayniqsa, eftallar va Turk xoqonligi tarixiga oid o‘rganilmagan manbalar juda ko‘pdir, so‘g‘d tilida topilgan yozuvlar, arxiv hujjatlari ham chuqur o‘rganishni talab qiladi. Biz yurtimizning ko‘hna tarixini o‘rganar ekanmiz o‘z oldimizga ushbu tarixni topilgan asosli manbalar, ushbu davr tarixchilarining asarlari orqali chuqur o‘rganishni maqsad qildik.

ASOSIY QISM


V asr o‘rtalarida Eftalitlar davlati shakllanishi oxiriga yetdi. Eftalitlar davri bo‘yicha asosiy manbalar rimlik tarixchi Ammian Marselin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy, Prokopiy Kesariyskiy va Feofan Vizantiyskiy asarlaridir, suriyalik yozuvchi Zenon Glakning yunon tilida yozilgan “Eftalit podshohlari tarixi” asari ham asosiy manba hisoblanadi.
Eftalitlar tarixi bilan shug‘ullanuvchilar ko‘pchilikni tashkil etsada, ularning etnik tarkibi, tabiati haqida nuqtai nazar mavjud emas. Eftalitlar turli tillarda turlicha nomlanadi: xitoy manbalarida ye-da yoki i-da; armanlarda xeptal, idal, tetal; arablarda xaytal, yaftal; yunonlarda adel, eftalit; suriya manbalarida abdel, eftalit; o‘rta fors tilidagi manbalarda yeftal, xeftal; fors-tojik tilidagi manbalarda xetal, xaytal.
Xitoy manbalarda eftalitlarning kelib chiqishi haqida juda ko‘p taxminlar bor, lekin ular bir-biriga qarama-qarshidir.
Xitoy manbalaridagi ma’lumotlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1) eftalitlar – yuechjilarni bir ko‘rinishi;
2) eftalitlar – gaogyuy turk qabilalarini bitta bo‘lagi; 3) eftalitlar – geshi (turfon) qabilalaridan kelib chiqqan; 4) ular kang vorislaridir.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, eftalitlarning kelib chiqishi va so‘zning maʼnosi to‘g‘risida tarixchilar o‘rtasida yagona fikr yo‘q.
VI asr o‘rtalariga kelib Markaziy Osiyoda yirik ko‘chmanchilar davlati – Turk xoqonligi tarkib topdi. Bu davrga oid maʼlumotlar yetarli, biroq ular bir-biriga qaramaqarshi va aniq maʼlumotlar bermaydi.
Ushbu davrga oid voqealar Tabariyning “Tarix ar-rasul va-l mulk” asarida va
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asrida ham bayon etilgan.
Turk xoqonligi bilan baʼzi masalalar I.Bichurin, V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, A.Bernshtam va boshqa olimlar asarida bayon etilgan. Ularda turk atamasi etnik mazmunini anglatmay, bir necha qabila va xalq birlashuvini bildiruvchi siyosiy atama sanalgan. S.P.Tolstoy “Turk” so‘zi “yosh uylanmagan jangchi” maʼnosini anglatadi deydi. So‘ng bu so‘z qabila anʼanalari va nihoyat siyosiy jihatdan birlashgan xalqlarning umumiy nomiga aylangan.
Bundan tashqari arab tarixchisi at-Tabariyning “Tavorixi Tabariy”,
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” va Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlarini sharxlash orqali bu asarlarni Vatanimiz tarixini ilk o‘rta asrlar davriga oid muhim manba ekanligi ko‘rsatadi.
Moddiy madaniyat qurollarining paydo bo‘lishi insonlar hayotiga qanchalik katta taʼsir ko‘rsatgan bo‘lsa, qo‘lyozma va bosma kitoblarning paydo bo‘lishi ham insoniyat madaniyati taraqqiyotiga shunchalar katta taʼsir ko‘rsatdi. O‘rta Osiyo xalqlarining Arab xalifaligi tarkibiga kirishi arafasidagi va undan keyingi ahvoli haqida gap borganda so‘zsiz arabcha, forscha va qadimgi turk-runiy yozuvlariga murojat qilamiz. Tarixda uch joydan O‘rta Osiyo tarixiga oid hujjatlar arxivi topilgan. Xozirgi
Turkmanistoning Niso shahrida – Parfiya davlati (mil.av I asr) hujjatlari,Tuproqqalʼa (III asr) – Xorazm davlati hujjatlari, Mug‘ tog‘i (Samarqand) – So‘g‘diyona hujjatlari (VII asr) topilgan.
1948-1953-yillarda Turkmaniston hududida joylashgan Eski Niso shahar xarobasida prof. M.Ye.Masson rahbarligida olib borilgan qazishmalar jarayonida topilgan 2700 donaga yaqin hujjatlar podsholarining xoʻjalik arxiviga taalluqli edi.
Topilgan hujjatlar oʻz vaqtida M.M.Dyakonov, I.M.Dyakonov, V.A.Livshits va boshqa olimlar tomonidan oʻrganildi. Ular turli nashrlarda Niso arxivi hujjatlarini qisman eʼlon qildilar. Keyinchalik bu murakkab matnlar bir necha jildda Londonda nashr etildi. Niso arxivi hujjatlari sopol parchalariga siyoh bilan yozilgan. Hujjatlar parfiyon tilida, oromiy yozuvida bitilgan. Ularning eng qadimgisi mil.avv. 100-yilga, oxirgisi esa milodiy 13-yilga mansubdir. Hujjatlar mazmun jihatidan bir-biriga oʻxshash boʻlib, ularda Parfiya podsholariga tegishli yerlardan, aniqrogʻi uzumzorlardan olingan natural soliqlar haqida maʼlumot beriladi. Hujjatlarda omborxonaga qaysi yer maydonidan qancha may (vino), sirka, kishmish va uzum kirim qilinganligi, ularni kimlar topshirganligi va kimlar qabul qilib olganligi qayd etiladi.
Ular Parfiya davlatining maʼmuriy-boshqaruv tizimi haqida maʼlum tasavvurlar hosil qilish imkoniyatini beradi. Birlamchi maʼmuriy birlik qishloq, aniqrogʻi “istehkomli qishloq” (“diz”) boʻlgan, uni qishloq oqsoqoli yoki qalʼa boshligʻi – “dizpať” boshqargan. Dizpat tuman hokimi – “satrap”ga yoki viloyat, shahar hokimi “masalan”ga boʻysunga[1, 22-24]. Niso arxivi hujjatlari Parfiyada Arshakiylar sulolasi vakillarining hukmronlik qılgan yillarıga aniqlik kiritishga yordam beradi. Jumladan, tarixchilar orasida sulola asoschisi Arshak afsonaviy shaxs boʻlgan, degan nuqtai nazar mavjud edi. Bundan tashqari, podsho Gotarz I ning shajarasi aniq emas edi. Niso arxivi hujjatlaridan birida Gotarz I mil.avv. 91-yilda taxtga oʻtirganligi, u hukmdor Friapatiy II ning nabirasi ekanligi qayd etiladi. Friapatiy II esa sulola asoschisi Arshakning jiyani – Artaban I ning oʻgʻli boʻlgan. Shu tariqa, ushbu hujjat Gotarz I ning shajarasiga aniqlik kiritadi hamda sulola asoschisi Arshak afsonaviy shaxs emas, balki tarixiy shaxs ekanligini tasdiqlaydi.
Oʻrta Osiyo hududida qadim zamonlarda arxivlarning mavjud boʻlganligi
19481950-yillarda Xorazmdagi Tuproqqalʼa shahar xarobasida prof. S.P.Tolstov boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida ham isbotlandi. Bu yerda milodiy III-IV asrlarga oid xorazm tilida yozilgan 140 ga yaqin hujjat topildi. Hujjatlar Xorazm podsholari arxiviga tegishli ekanligi aniqlandi. Hujjatlarning 18 tasi randalangan yogʻoch taxtachlarga, qolganlari charmga (pergamentga) yozilgan. Hujjatlar qora siyoh bilan xorazm tilida, oromiy yozuvida bitilgan. Hozirgi kunga qadar olimlar 26 ta hujjatni oʻqishga muyassar boʻldilar. Tuproqqal’adan topilgan hujjatlarni ikkita asosiy guruhga boʻlish mumkin: Birinchi guruhga soliq hujjatlari kiradi, ular taxtachalarga bitilgan. Ikkinchi guruhga charmga bitilgan xoʻjalik hujjatlari kiradi. Charmga bitilgan hujjatlarning birortasi ham bizgacha toʻliq holda yetib kelmagan. Shu boisdan matndagi ayrim soʻzlardan ular xoʻjalik hujjatlari ekanligini bilish mumkin. Hujjatlarda “un”, “vino”, “qoʻzichoq”, “hoʻkiz” kabi soʻzlarning mavjudligi, shuningdek, bu mahsulotlarni omborga topshirgan odamlar ismlari qayd etilganligi ushbu fikmi tasdiqlaydi[2, 74]. Xorazm podsholari arxividan topilgan choʻpxatlarda faqatgina alohida soʻzlar saqlanıb qolganligi bois ularning mazmuni haqida batafsil fikr yuritish amri maholdir.
Arxeologik topilmalar va bizgacha yetib kelgan yozma manbalar Markaziy Osiyo hududida oʻrta asrlarda ham arxivlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyodagi alohida mulklarda, jumladan, Soʻgʻd hukmdorlari saroyida arxiv mavjud boʻlgan. Buni 1932-1933-yillarda Tojikistonning Panjikent tumani Mugʻ togʻidagi qal’a xarobasidan topilgan hujjatlar isbotlaydi. Bu yerda Panj viloyatining hokimi Divashtich mahkamasiga oid hujjatlar topildi. Ular VII asr – VIII asrning boshlariga taalluqlidir. 80 ta hujjatdan iborat bu hujjatlar majmui 722-yilda arablar mazkur qalʼani shturm bilan olganda vayronalar ostida qolib ketgan edi. Mugʻ togʻidan topilgan soʻgʻd hujjatlari 3 ta guruhga boʻlinadi: 1) yuridik hujjatlar, 2) xoʻjalik hujjatlari va 3) maktublar. Yuridik hujjatlar qatoriga 3 ta hujjat kiradi. Ulardan biri – bu Dugʻdgʻuncha (laqabi - Chata) ismli soʻgʻd qizining Uttagin (laqabi - Nidon) ismli turk yigitiga turmushga uzatilishi toʻgʻrisidagi nikoh shartnomasidir. Nikoh shartnomasi 710-yilning 25-martida tuzilgan. Kelinning tutingan otasi Cher
Vaxzanakning oʻgʻli oʻsha vaqtda Yettisuv hududidagi Navekat shahrining hokimi edi. Ikkinchi shartnomada yer tilkasini sotish xususida soʻz yuritiladi. Uchinchi shartnomaning mazmuni ham diqqatni jalb etadi: unda Panj hokimi Divashtich oʻziga qarashli 3 ta suv tegirmonni Maxyon Dapatshir oʻgʻliga bir yil muddatga ijaraga berganligi oʻz aksini topgan. Xoʻjalik hujjatlari, asosan, roʻyxatlardan iborat boʻlib, ularda xazinaga kirim qılıngan yoki xazinadan turli kishilarga berilgan mahsulotlar va pul mablagʻlari haqida maʻlumot beriladi. Soʻgʻd arxividagi xatlar mansabdorlarning Divashtichga yozgan maʻlumotlaridan, qishloq va tuman hokimlarining framandarga
(xazinabonga) yuborgan nomalaridan iborat. Ular orasida diplomatik topshiriq bilan Choch hokimi (tudun) xuzuriga yuborilgan elchi Fatufarnning Divashtichga joʻnatgan nomasi ham bor[3, 5]. Mazkur maktubning mazmunidan kelib chiqib, Oʻrta Osiyo viloyat xukmdorlari, jumladan Divashtich, arablar tajovuziga qarshi Gʻarbiy Turk xoqonligi ishtirokida keng koalitsiya tuzishga intilganligini anglash mumkin boʻladi. Xullas, Mugʻ togʻidan topilgan soʻgʻd arxivi xujjatlari VIII asrning boshlarida Soʻgʻddagi siyosiy ahvol va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar toʻgʻrisida gʻoyat qimmatli maʻlumotlar beradi.
O‘rta Osiyo tarixidan daliliy ashyolarga boy maʼlumotlarni o‘rta asrlarda yashagan muarrix Tabariy asarlaridan, shu asarning Balʼamiy tuzgan forscha-tojikcha nusxasidan, jahonshumul qomusiy olim Beruniy asarlaridan topishimiz mumkin. VII asr boshida yirik arab davlati tashkil topdi va bu davlat bosqinchilik yurishlari natijasida juda katta hududni, jumladan, Movarounnahr va Xorazmni bosib oldi. Arablar bosqini va hukmronligiga oid adabiyotlarni katta qismini arab tarixshunosligi tashkil etadi.
Arab tarixshunosligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri folklor (xalk ijodi) va adabiy anʼanalar bilan shuningdek, ilohiyot – Islom dini anʼanalari bilan uzviy bog‘liqdir.
Tabariy, Narshaxiy, Beruniy asarlarini tarixshunoslik yuzasidan taxlil qilishga o‘tishdan avval islom diniga oid bir masala ustida to‘xtashimiz lozim. I.Xoliqov, Shamsuddinov Boboxon va Abdusodiq Irisovlar taʼkidlashcha, imom Ismoil Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Dovud Sijistoniy, Ahmad an-Nasaviy, ibn Madj al-Qazviniy va boshqa muhaddislar to‘plagan hadislar bir yarim millionga yetadi. Bulardan Imom Ismoil al Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” to‘plami mo‘tabarligi jihatidan islom olamida Qurʼondan keyingi, yaʼni ikkinchi o‘rinda turadi. Gap shundaki, al-Buxoriy jahonga tanilgan buyuk muhaddis bo‘libgina qolmay, o‘z zamonasining atoqli tarixchisi ham edi. Uning “Jomeʼ-at tavorix” asari kichik tarix, o‘rtacha va katta tarix deb nomlanuvchi uch qismdan iborat. Ismoil Buxoriyning 1974-yilda topilgan “Kichik tarix” va “O‘rtacha tarix” kitoblari A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universitetining Sharq qo‘lyozmalari fondida saqlanmoqda. Ammo bu asar ham tadqiqotchilarga unchalik maʼlum emas. O‘rta Osiyoning X-XI asrlardagi tarixining tarixshunosligi V.V.Bartold, V.I.Belyayev, Ye.A.Belyayev, A.A.Romaskevich, I.Yu.Krachkovskiy, B.Gofurov va ayniqsa, K.Brokkelman, S.A.Stou asarlarida keng yoritilgan.
Tabariyning mashhur asari “Tarixi ar-rasul-va-l-muluk” (“Payg‘ambarlar va mamlakatlar tarixi”) yoki “Tavorixi Tabariy“ deb ataladi. 963-yilda bu asarni Balʼamiy qayta ishlab fors tiliga tarjima qildi. ”Tavorixi Tabariy"ning tarjimasi ko‘p nusxalarda ko‘chirilganligi uning shuhrat topganligini ko‘rsatadi. At-Tabariy o‘z asarini yozishda o‘zidan avval o‘tgan Abdul-Xasan Ali ibn Muxammad al-Madoiniy (V.V.Bartoldning yozishicha, xijriy 215-225, milodiy 830-840-yillarda vafot etgan) asaridan keng foydalangan. O‘z navbatida avvalgi tarixchilarning asarlariga suyangan.
Ammo al-Madoiniy uz xikoyatlarini boshqa arab tarixchilaridan farq qilib, tarixiy asarlardan ko‘ra epik xalq ijodi – dostonlarga o‘xshatib yozgan. O‘rta asr arab prozasi uchun bunday hol tabiiy edi. At-Tabariy arab tarixchilaridan birinchi bo‘lib, tarixiy voqealarni aniq tarixiy dalillar asosida yoza boshlagan. Masalan, u sosoniylar (Eron) taxtiga Varaxran V yaʼni Baxrom Gur chiqishi bilan (420-437) Xurosonga “turklar xoqoni” bosib kelib, mamlakatni “talay boshlagan”ligini aytgan. Tabariy yezishicha, Baxrom Gur o‘zini Ozarbayjonga ketgan qilib ko‘rsatib, maxfiy ravishda turk qo‘shinlari to‘plangan Marv hududlariga yaqinlashgan. Orada jang bo‘lib, natijada turklar xoqoni o‘ldirilgan. Turklar (turonliklar) sulh so‘rab, o‘zlari bilan Eron o‘rtasidagi chegaralarni aniqlashni taklif etishgan. Tabariyning yozishicha, chegaralar
- sarxadlar aniqlangan. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Baxrom Gur o‘sha vaqtda Xuroson noibiga Balxni poytaxt qilib tayinlagan. Xuroson noibi ayni vaqtda “Marzbonikushon”, yaʼni “Kushonlar chegarasini qo‘riqlovchi” degan unvon olgan.
Arab tarixshunosligi kelib chiqishi va g‘oyaviy-nazariy asoslariga ko‘ra, eng avvalo, folklor – adabiy anʼanalar va ilohiyot ya'ni islom dini bilan bog‘liq. Tarixga bag‘ishlangan risolalar islom jamoasining siyosiy va intellektual jihatdan faol qismi ifodalanadigan faoliyat tarixi mavzusi bilan bog‘liq. Bunga islomgacha bo‘lgan Arabiston rivoyatlari, qadimgi payg‘ambarlar, O‘rta Osiyo, fors va boshka Sharq podsho va hokimlarining afsonaviy tarixi ham qo‘shildi. Umuman o‘rta asr arab musulmon jamiyati uchun tarixan o‘z-o‘zini anglashning tugallangan shakllari, oy taqvimi bo‘yicha yilni aniq hisoblash, tarixshunoslik anʼanalarining avloddan-avlodga o‘tishi xos edi.
IX asrning ikkinchi yarmida arab tarixshunosligida yagona yoki takrorlanuvchi o‘ziga xos asarlar vujudga keldi. Sayohatnoma, maʼmuriy-jug‘rofiy maʼlumotnoma va jug‘rofiy asarlarda juda boy tarixiy-toponimik maʼlumotlar mavjud. X-XI asrlarda yaratilgan asarlar “mashhur arab jug‘rofiyunlari kutubxonasi”ni tashkil etgan.
Ibn Xurdadbexning (846-847-yy) umumjahon miqyosidagi jug‘rofiy asari, Ibn alFaqixning jug‘rofiy asari, Ibn Rusta, ibn Fadlan, Masʼudiy, Istaxriy, ibn Xavqal va Maqdisiylar asarlari juda muhimdir. Shuningdek nomaʼlum muallifning “Xudud alolam” jug‘rofiy asari va Bayramning “Jahonnoma” asari muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Arab jug‘rofiy adabiyoti va uning ahamiyati haqida I.Yu.Krachkovskiy bunday deb yozgan edi: “Ispaniyadan Turkistongacha bo‘lgan mamlakatlar va Hind tog‘i etaklaridagi aholi maskanlarini aniq sanab, cho‘l va madaniy joylarini tavsiflab, madaniy ekinlarning tarqalish ko‘lami, foydali qazilmalar o‘rnini ko‘rsatgan xolda”, fizik-jug‘rofiy va ob-xavo sharoitini, xalq turmushi, sanoati, madaniyati, tili, diniy ilmlarini ko‘rsatgan holda (maʼlumotlar xalifalik viloyatlari hududi bilan chegaralanib qolmasdan, balki greklarga tanish dunyodan ancha chetga chiqardi) u shunday keng, tugal maʼlumot beradiki, unga o‘xshashini bu davrda xech qayerda topib bo‘lmas edi[4, 21-24].
Mashhur sharqshunos Ye.E.Bertels Uyg‘onish davrining rivoji va uning O‘rta Osiyoga taʼsirini, eng avvalo, xalq ommasining arablarga qarshi tinimsiz kurashi va ularning arab hukmronligiga qarshi olib borgan ijtimoiy-siyosiy kurashi natijasi bilan bog‘laydi.
XIX asrning ikkinchi yarmida tarixchi L.Ranke tarixiy tahlilning butunlay yangi usuli va ilmiy tadqiqotning yangi uslubini taklif qildi. U tarixchining shiori ”Orqaga – manbalarga!“ bo‘lishi kerak degan xulosaga keldi, biroq uning milliy chegaralanganligi va yevropaparastlik ruhi shogirdi Ya.Bukxard tomonidan tanqid qilindi. Ya.Burkxard insoniyatning moddiy va maʼnaviy madaniyati tarixini yoritishni birinchi o‘ringa qo‘yishni talab kildi. Uning Italiya uyg‘onish davri haqidagi asarlari mashhurdir. U ”renessansizm" oqimiga asos soldi.
Oqimning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri yirik sharqshunos olim, musulmon Uyg‘onish davrini o‘rganishga ko‘p umrini bagishlagan Adam Mets (1869-1917) dir. A.Mets 1917-yil dekabrida “Musulmon Uyg‘onish davri” asarini tugatishga ulgurmay vafot etdi. Uning shogirdi Rekendorf kitob ustida ishlab, 1922-yili asar chop etildi.
A.Metsning asari 1973-yilda rus tilida nashr etilgan. Kitobning sarlavhasi yo‘q edi, ammo Musulmon Uyg‘onish davri tarixi sifatida qabul qilib kelindi. Bu kitobning arabcha tarjimasi arab dunyosida shov-shuvga sabab bo‘ldi. Adam Mets musulmon davlati madaniy hayotidagi chuqur o‘zgarishlarni, uning hayoti va qadim zamon madaniyatiga vorislik belgilarini yozgan. V.Bartoldning fikricha, Yevropa uyg‘onishi va Musulmon madaniyati ravnaqi tushunchalari, asosan, bir-biriga o‘xshash, mos tushunchalardir. Shu bois ham kitobni “Islom dunyosidagi Uyg‘onish” deb atash to‘g‘ri bo‘ladi degan nazariyalar ham mavjud, bundan tashqari bu davrdagi madaniyat sivilizatsiyasini “Musulmon Sharqi renessansi” deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Bunga sabab bu davrda Sharq dunyosining aynan musulmon xalqlarida uyg‘onish davrining ro‘y berganligidir.

Yüklə 45,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin