bilimlami berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning
ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Zamonaviy
sharoitda, pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlami olib borishda quyidagi metodlardan
foydalanilmoqda:
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. Talim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Pedagogik tahlil metodi.
8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
9. Pedagogik tajriba metodi.
10. Matematik-statistik metod Pedagogik kuzatish metodi.
Uni qo‘llash jarayonida ta‘lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish
asosida tadqiq etilayotgan muarnmo holati aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga
kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma‘lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik
kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz,
izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan
pedagogik kuzatish ta‘lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat
qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga
yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1)kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
3)kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalami hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma‘lumotlami boyitish,
mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini
topishga imkon beruvchi
pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo
yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli
hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-
to‘kis namoyon bo‘lishga erishish muhimdir. Anketa metodi (fransuzcha - tekshirish). Ushbu
metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi.
Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga
asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko'p hollarda, yozma ravishda olinadi.
O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha
bo‘ladi:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlaming erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon
beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli»,
«salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar)
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini
yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta‘minlaydi. Intervyu respondent
e‘tiboriga turkum savollami havola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan
savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta‘lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillami
tekshirish
maqsadida ta‘lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma‘lumotlarni tekshirish
maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi
qonuni hamda «Kadriar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta‘lim muassasalari
amaliyotidagi bajarilish holatini o‘rganish, bu boradagi faolllik darajasi erishilgan yutuq hamda
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami aniqlash, ilg‘or tajribalami ommalashtirish va ta‘lim muassasasi
pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.Ta‘lim muassasasi faoliyati mohiyatini
yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi,
guruh (yoki sinf) jumallari, о‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash
yig‘ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta‘lim muassasasi
smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi
hisobotlar, ta‘lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol stullar, yumshoq inebellar va
hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar. Test metodi.
Ushbu metod respondentlar
tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo'yicha
o'zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat
qiladi. Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bo'lgan bilim, ko‘nikma va malakalami
turkum asosida berilishiga e‘tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi
respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda
vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq metod ayrim kamchilikdan ham holi emas.
Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent
taklif etilayotgan javob variantlaridan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o‘z
fikrini
batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas. Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish
jarayonida ushbu metodni qo'llashdan ko'zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy,
psixologik hamda pedagogik yo'nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib,
tadqiqotchi ilgari surayotgan g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat
qiladi. Bolalar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o'quvchilaming muayyan
yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma‘lum fan sohalari bo‘yicha bilim,
ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda
o‘quvchilaming ijodiy ishlari - kundaliklari,
insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari
muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma‘lum o‘quvchiga xos
bo‘lgan individual imkomyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin
yaratadi. Xulosa qilib aytganda, pedagogik tadqiqot metodlari o‘qituvchining pedagogik
faoliyatini oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh
xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga
olish kabi xususiyatlarini
yaxshilab, uning darajasini oshiradi.
2)
Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va
axborot almashinuvi. Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi
sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat
bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar
odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-
birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi
bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud.
Muloqot ikki yoki undan ortiq
odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan
axborot
almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki:
muloqot – odamlar
o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro
ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat
bo‘lgan
aloqalarni
o‘rnatish
va
rivojlatirishning
murakkab,
keng
qamrovli
jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan
shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar
ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
3)
Har bir yurtning fuqarosi bo‘lmish o‘qituvchi-tarbiyachi va o ‘quvchi-yoshlar o ‘z ona
yurti tarixini bilishlari, vatanparvar bo‘lishlari lozim. Ta’lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi
fanidan xabardor bo‘lmay turib, o‘qituvchilik qilish mumkin emas.
PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI. IJTIMOIY TARBIYA MOHIYATINI
ILMIY JIHATDAN ASOSLASH MAʼLUM PEDAGOGIK HODISANING MUAYYAN VAZIYATLARDA
NAMOYON BOʼLISH QONUNIYATLARINI BILISHNI TAQOZO YETADI. BIZGA MAʼIUMKI,
PEDAGOGIK HODISA MURAKKAB TUZILMAGA YEGA BOʼLIB, UNING UMUMIY MOHIYATINI
TOʼLAQONLI ANGLASH UCHUN BIR QATOR FANLARNING IMKONIYATLARIGA TAYANILADI.
ANA SHU NUQTAYI NAZARDAN PEDAGOGIKA FANI BILAN QUYIDAGI FANLAR OʼRTASIDA
YAQIN ALOQADORLIK MAVJUD:
1.
FALSAFA — SHAXS RIVOJLANISHI JARAYONINING DIALEKTIK XUSUSIYATLARI,
MUAYYAN PEDAGOGIK GʼOYA, QARASH HAMDA TAʼLIMOTLARNING FALSAFIYJIHATLARI
KABI MASALALARNI TAHLIL YETISHGA IMKON BERADI.
IQTISOD — TAʼLIM MUASSASALARINING FAOLIYATINI YOʼLGA QOʼYISH, OʼQUV
BINOLARINI QURISH, TAʼLIM-TARBIYA JARAYONLARINI TASHKIL YETISH VA ULARNING
MODDIY-TEXNIKA VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN JIHOZLASH KABI
MASALALARNING IQTISODIY JIHATLARINI ANGLASHGA XIZMAT QILADI.
Dostları ilə paylaş: