Alkaloidlar, Skopolamin gidrobromid. Kofеin, Efеdrin gidroxlorid,taxlili. Skopolamin gidrobromid olish texnologiyasi


Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing



Yüklə 19,9 Kb.
səhifə2/2
tarix31.12.2021
ölçüsü19,9 Kb.
#50012
1   2
Alkaloidlar, Skopolamin gidrobromid. Kofеin, Efеdrin

Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing.

Kofein olish texnologiyasi

Kofein 800C da quritilganda o’z massasiga ega bo’ladi, ochiq havoda shamollatiladi. Kofein ignachali yushmoq kristallchalarga yoki achchiq ta’mga ega oq kukunsimon tusga ega bo’lishi mumkin. U suvda juda sekin eriydi, issiq suvda yaxshiroq, spirtda esa aksincha. Xloroformda yaxshiroq, efirda esa juda kam eriydi. Kofein tuzilishi va fizik xossalariga qarab teobromin va teofillinga yaqinroq, ammo markaziy nerv sistemasida hid yo’qotuvchi xossaga ega. Kofeinni infeksion va boshqa kasallikda qabul qilinsa, markaziy asab va yurak qon tomirlarining funktsiyalari buzilishiga olib keladi, narkotik va boshqa zaharlardan zaharlanganda, fizik va psixik ish qobiliyatini oshirishda va uyqusizlikni oldini olishda qabul qilinadi. Yosh bolalarda enurez hollarda qabul qilinadi. Kofeinni ishlab chiqarishda ikki xil mahsulot kerak bo’ladi. Choysimon xom ashyo va choy chiqindisi. Undan tashqari kofeinni sintetik usul bilan olsa ham bo’ladi. Choysimon xom ashyoni shnekli ekstraktorda vertikal holatda tindirmasdan ekstraktsiya qilinadi, choy chiqindisi esa tayyor mahsulot bilan diffuzor batareyalarda ekstraktsiya qilinadi.

Kofeinning xom ashyodan suvli ekstraktsiya usulida olish. Kofeinni choysimon xom ashyodan olish usuli ekstraktsiya usulida oqimga qarshi olinadi. Xom ashyo ekstraktorning kolonnasidan o’tayotganda unga kuchli oqimga qaynoq erituvchi suv (90-950 C) sarf o’lchagich orqali yuklovchi kolonnaning yuqori qismiga shrotni chiqarib tashlovchining quyi qismida 1 m qalinlikda va o’simlik xom ashyosiga qarshi shnekli ekstraktor bo’ylab harakatlanadi. Diffuzion sharbat tarkibida 0,149 % kofein miqdori 88-900 C haroratda quritgichning yuqori yuklovchi kolonnasiga quyiladi va sharbat tindiruvchilarning biriga kelib tushadi.

Xom ashyodan alkaloidlarni diffuzor batareyalarida suvli ekstraktsiya usulida olish. Choysimon modda va choy chiqindilari korxonaning omborxonasidan diffuziya uchastkasiga shixta tayyorlovchi bo’limdan beriladi. Shixta 20% choy chiqindisi va 80% choysimon moddadan iborat. Suv ekstraktsiyasi 6 diffuzorli batareyalarida olib boriladi, qaysiki u oqimga qarshi printsip orqali olib boriladi. Tayyorlangan mahsulot shnekli transportyor orqali o’radan diffuzorning tagiga choysimon modda yuboriladi. Elakning tutilmasligi uchun yostiqchalar hosil qilish maqsadida, diffuzorning tagiga joylashtiriladi. Keyin shixtani yuboriladi. Barcha o’simlik xom ashyoni o’radan transporter orqali bunkerga etkaziladi, diffuzion batareyalarning ustida joylashtirilgan, qaysiki yuklanadigan ho’lidan o’z oqimi bilan diffuzorga etkaziladi. Xom ashyo to’lishi va diffuzorga sharbat to’lishi birgalikda yakunlanadi. Sharbatli ortiqchasi bilan berilishi xom ashyoni joylashtirilayotganda bukilib ketishiga olib keladi va mahsulot to’la joylashtirilmasdan qolishi mumkin. Diffuzion sharbatni diffuzorning oxirgi qismiga quyishda suv purkaladi, shunda sharbat barcha batareyalarda yaxshi o’rnatilib diffuzorning asosiy bosh qismigacha etib boradi va tarkibida 0,712% li kofein o’lchovchi idishga kelib quyiladi. Bir smenada ishlab chiqilgan diffuzion sharbat idishga kelib quyilib turiladi, u erdan uni nasos bilan dixloretanli ekstraktsiyaga jo’natiladi.



Alkaloidlarning diffuziyali sharbatdan dixloretan bilan ekstraktsiyasi. Oldindan 6-6,5 pH gacha ishqorlantirilgan diffuzion sharbat 60-700 C xaroratda bosim yordamida o’z oqimiga binoan taqsimlovchi idish orqali halqa kollektor yo’liga jo’natilib, bunda u bir xilli yo’sinda ishlovchi to’rsimon kolonnalarga kofeinni birlamchi ekstraktsiyasiga taqsimlanadi. Qopqoqli ekstraktsiyali kolonnalarga balandligi 4500 mm bo’lguncha dixloretan quyiladi. Dixloretanni nazorat jo’mragi yordamida tekshirib olinadi. Dixloretanning me’yoridan ortiq kolonnaga qayta ishlangan diffuzion sharbat to’ldiriladi, u dixloretanning tomchilarini yig’ib oluvchi tindiruvchi qismi hisoblanadi. Diffuzion sharbat bir vaqtning o’zida dixloretanni o’chirib yuborishdan saqlaydi. Ekstraktsion kolonnaning pastki qismiga kelib tushadigan sharbat mayda ipsimon bo’lakchalarga to’rsimon likopchalar yordamida bo’laklanadi, dixloretanning barcha qalinlikda ustunlaridan o’tib, yuqoriga intiladi. Kofeinga to’yingan dixloretan kolonnaning pastki qismidan chiqariladi. Kofeinning dixloretanli ekstrakti tenglashtiruvchi tirsak orqali o’z oqimi bilan deemulgatorga kelib tushadi. Shundan so’ng yana o’z oqimi bilan bug’lanishga o’tadi. Bug’latgichga taxminiy suv quyiladi, uni 800 C gacha isitiladi. So’ng kofeinning dixloretanli ekstrakti yuboriladi. Bu jarayonda suv va dixloretan parchalanadi. Shuning uchun unga doim suv quyib turiladi va uni bir maromda saqlash lozim. Kofeinning suvli aralashmasi bug’latgichdan yig’gichga jo’natiladi, uni u erdan reaktorga bosim orqali yuboriladi, unda suvli aralashmani bir qancha vaqt moysimon moddalarning koagulyatsiya bo’lgunicha qaynatiladi. So’ng aralashmani yopiq filtrlarda latunli to’r yordamida filtrlanadi. Kofeinning suvli aralashmasini qobiqli vakuum bug’latgichda bug’latiladi, kofein kontsentratsiyasi 10-13% gacha bo’lguncha 300-350 mm simob ustunida bug’latiladi. Bug’latilgan suvli aralashma yig’gichdan qobiqli reaktorga qizdirish uchun siqiladi. 60 daqiqa bajarilgach, qattiq bug’langach, aralashma 20-30 daqiqa qaynatiladi. Qaynatgan aralashmaga aylantirgichda qaynayotganda unga qo’rg’oshin atsetatining, uning to’liq chiqishini ta’minlash 30-40% quyiladi. Tannidlarning cho’kish jarayoni 10 daqiqa davom etadi, so’ng bug’latish jarayoni tugatiladi. Aylantirgich o’chirilib, 30 daqiqa cho’kma hosil bo’lguncha tindiriladi. Tindirilgan aralashma kristallizatorda sifonlanadi. Cho’kib qolgan tannidlar va moysimon moddalar reaktorning quyi qismidan cho’kmalarni qayta ishlovchi joyga chiqarib yuboriladi. Kristallizatorda kofeinning aralashmasi 10-150 C gacha sovutiladi va u to’liq kristallangancha xuddi shu haroratda 30 daqiqa saqlanadi. Cho’kmalarda qolib ketgan kofeinni sentrifugada fugatlanadi. Texnik kofeinni keyingi texnik jarayonga yuboriladi. Qoldiq eritma alohida tozalanadi. Texnik kofeinni qobiqli qizdiruvchi va aralashtirgichli reaktorga ortiladi, unga toza kofeinning Qoldiq eritma aralashmalari 60 daqiqa davomida boriladi. Bo’tqani qaynatiladi, qaynayotgan bo’tqaga qolgan 60-65% suvli aralashma va tannidlar cho’kmasining asosiy qismidagi qo’rg’oshin arashaltiriladi. Aralashma 20-30 daqiqa qaynatiladi, toki barcha tannidlar cho’kkuncha, undan so’ng issiq aralashma nutch-filtrda filtrlanadi. Filtrat reaktorga atsetat qoldiqlari esa qoldiq eritmalarga qayta ishlovchi joyga jo’natiladi.

Qo’rg’oshinning ortiqcha ionlarini cho’ktirish. Reaktorga filtratni qaynaguncha qizdiriladi va ishlayotgan aylantirgichga fosfat natriyni to’yingan suvli aralashmasi qo’shiladi, toki qo’rg’oshin ionlarining ortiqchasi cho’kkuncha. Qo’rg’oshin ionlarining ortiqchasi cho’kib bo’lgach unga tiniqlashtiruvchi, faollantirilgan yog’och ko’miri solinadi, so’ng uni 20-30 daqiqa reaktorning qopqog’I yopiq holatda qaynatiladi. Issiq suspenziya nutch-filtrda jo’natiladi, ikki qavat filtr qog’oziga o’ralgan holatda va filtr iplari solingan qopcha bilan filtratni kristallizatordagi yarim toza kofeinga aralashtiriladi. Cho’kmalar esa cho’kindi qayta ishlovchi joylarga yuboriladi. Kofeinning tozalangan aralashmasi kristallizatorda 10-15 0C haroratda sovutiladi va uni shu holatda 20-30 daqiqa ushlanadi. Kofeinni kristall cho’kmalari sentrifugada fugatlanadi va sovuq distillangan suv bilan yuviladi. Qoldiq eritmalar alohida ishlanadi.



Kofeinni tozalash. Nam, yarim toza kofein qobiqli isitgich va aralashtirgichli reaktorga yuklanadi, 60 ayl/daq. Davomida unga faollantirilgan ko’mir va o’lchagichdan distillangan suv solinadi. Aralashma 20-30 daqiqa qaynatiladi. Issiq aralashma yig’gichda filtrlanib, so’ng aralashma toza kofein kristallizatoriga yuboriladi. Nutch-filtrdagi cho’kindilar, ularni qayta ishlovchi joyga jo’natiladi. Kofeinni suvli toza aralashmasi 10-15 0 C gacha kristalizatorda sovutiladi va aylantirgichda shu holatida 30 daqiqa ushlanadi. Quyuq suspenziyani sentrifugada fugalanadi va sovuq suv bilan yaxshilab yuviladi. Sentrifugadan ajralib chiqqan kofein kalorifer quritgichda 70-750C quritiladi. Quruq kofeinni mahsus “dezintegrator” tegirmonida maydalanadi
Yüklə 19,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin