Alkanlar boshqacha aytganda parafinlar deb ham ataladi. Alkanlarning ilk (tipik) vakili – metan (CH4). Metanga CH2 guruhni qo’shsak, ikkinchi vakil – etan (C2H6) hosil bo’ladi. Har bir olingan vakilga CH2 guruhni qo’shishni davom ettirsak, kimyoviy tuzilishi jihatdan o’zaro o’xshash, tarkibi bir-biridan CH2 guruhga farq qiladigan birikmalar – gomologlar hosil bo’ladi. Gomologlar guruhi gomologik qator deyiladi va ular orasidagi “CH2” guruh farqi gomologik qator tafovuti deyiladi. Alkanlar gomologik qatorining umumiy formulasi CnH2n+2 bilan ifodalanadi. Bunda – n molekuladagi uglerod atomlari soni, 2n+2 vodorod atomlari soni. Masalan, n=5 ga teng bo’lsa, C5H2*5+2 ya’ni C5H12 pentan formulasi kelib chiqadi.

To’yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa, bir valentli radikal hosil bo’ladi. Alkanlarning radikallari CnH2n+1umumiy formulaga mos keladi. Radikallar orqali murakkab organik moddalar nomlanadi. Radikallar nomi to’yingan uglevodorod nomidagi “an” qo’shimchasi o’rniga “il” qo’shimchasi qo’shish bilan hosil bo’ladi.
To’yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa, bir valentli radikal hosil bo’ladi. Alkanlarning radikallari CnH2n+1 umumiy formulaga mos keladi. Radikallar orqali murakkab organik moddalar nomlanadi. Radikallar nomi to’yingan uglevodorod nomidagi “an” qo’shimchasi o’rniga “il” qo’shimchasi qo’shish bilan hosil bo’ladi.