Allegoriya (yun alios oʻzgacha, agoreuo gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani



Yüklə 74,68 Kb.
səhifə15/18
tarix25.12.2023
ölçüsü74,68 Kb.
#196444
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Adabiyotshunoslik

POSTMODERNIZM (fr. postmodernisme - modernizmdan keyingi) - oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab adabiyot va san’atda, umuman, ijtimoiy-gumanitar sohalarda kuzatila boshlagan oqim, ijodiy metod. Fransuz poststrukturalizmining dekonstruksiya (J.Derrida), postfreydizmning “shizoanaliz” va “ongsizlik tili” (Lakan, J.Delyoz, F.Gattari) ta’limotlari hamda semiotikadagi kinoyaviylik konsepsiyasi (U.Eko) P.ning falsafiy asosini tashkil qiladi. P.ning yuzaga kelish vaqti, oʻziga xosligi masalasida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim mutaxassislar P. 40-yillarda, J.Joysning “Finnegan ma’rakasi” (1939) asari bilan boshlangan desa, boshqalari oʻtgan asrning oʻrtalarini, yana bir xillari 70 - 80-yillarini koʻrsatadilar. Holbuki, P. termini ancha avval paydo bulgan: ilk bor P.Vinnisning “Yevropa madaniyati inkirozi” (1917) asarida ishlatilgan bulsa, Toynbining “Tarixni oʻrganish” (1947) asarida termin kulturologik ma’noda, jahon madaniyatida yevroposentrizmning barham topishi ma’nosida qoʻllanadi. Adabiyotshunoslikda ham P. termini XX asrning 20-yillardanoq ishlatilgan boʻlib, u adabiy jarayondagi modernizmga aks ta’sir hodisalarini, 60 - 70-yillar amerika adabiy tanqidchiligida esa ultramodernistik ijodiy tajribalarni anglatgan. Terminning keng ommalashishi Ch.Jenks nomi bilan bogʻliq.

75. PROZA (lot. prosa - tugri, odatiy) - 1) hozirda keng qoʻllanuvchi ma’noda badiiy nutqning ikki asosiy tipidan biri, ritmik jixatdan oʻlchovli tartibga solinmagan nutq, nasr. Shu asosda umuman nasrda yozilgan asarlarni - epik turga mansub asarlarni bildiradi: hozirgi oʻzbek prozasi, zamonaviy proza va X-I 2) XVIII asrga qadar poeziya bilan qarshi qoʻyilgan holda san’atga mansub boʻlmagan, ya’ni badiiy obraz vositasida fikrlamaydigan adabiy asarlarni bildirgan.

76. PROLOG (yun. pro - oldidagi, logos - suz) - adabiy asarning kirish qismi, mukaddima. P.lar mazmun mundarijasiga koʻra turlicha boʻladi: asarning yozilish sababini izohlash, asosiy mazmunini muxtasar bayon etish, asar vaqtigacha yuz bergan voqealarning qisqa bayoni. Shunga koʻra, P.lar turli badiiy-estetik maqsadlarga xizmat qiladi: oʻquvchini asar voqeligiga olib kirish, tasvirlanajak voqealarning yuz berish omillari haqida umumiy tasavvur berish, muayyan emosional-hissiy holat hosil kilish.

77.


Yüklə 74,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin