Allegoriya (yun alios oʻzgacha, agoreuo gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani



Yüklə 74,68 Kb.
səhifə11/18
tarix25.12.2023
ölçüsü74,68 Kb.
#196444
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Adabiyotshunoslik

MUSTAZOD (ar. _ orttirilgan) - mumtoz adabiyotdagi lirik janr, har bir misrasidan keyin uning ikkita (birinchi va oxirgi) rukniga teng yarim misra orttiriluvchi she’r. M.ning asosiy misralari gʻazal tilidagi mustaqil qofiyalanishni hosil qilsa, yarim misralari mustaqil holda shunday qofiyalanishga ega boʻladi (A-a-A-a, B-b-A-a, V-v-A-a, G-g-A-a...). Hofiz Xorazmiy she’riyatimizda M. janridagi ilk she’rlar muallifi sifatida e’tirof etilsa, keyincha Navoiy, Mashrab, Ogahiy, Avaz, Komil, Anbar Otin kabi shoirlar ham M. janrida samarali ijod qilgan.

54. NAZIRA (ar. - oʻxshash, oʻxshash narsa, namuna) - oʻzga shoir she’riga ergashish yoʻli bilan, unga oʻxshatma tarzida yoki javob sifatida yaratiluvchi she’r. Sharq adabiyotida N. bitish ancha keng tarqalgan, zamondosh shoirlar yoki salaflar bilan oʻziga xos ijodiy musobaqa tusini olgan an’anadir. N.da shoir oʻzga shoir she’ridan bir bayt yoki misrani aynan olib, uni davom ettiradi yoxud oʻz she’riga aynan keltirilgan bayt yoki misrani singdirib yuboradi. Bunday she’rlar fors-tojik adabiyotida tatabbu’ (ar. biror narsaning ketidan tushish, izidan borish) deb yuritiladi, lekin oʻzbek she’riyatida N. istilohi kengroq ommalashgan. Ba’zan N.ga nisbatan tazmin atamasi vam ishlatiladi. Biroq ilmi badi’ga oid ayrim manbalarda N. bilan tazmin jiddiy farqlanadi: oʻzga shoirning misra yoki baytini she’rda aynan keltirish - tazmin, birovning she’riga javob sifatida, adabiy musobaqa tarzida yozilgan she’r esa N. yoki tatabbu’ atamalari bilan yuritiladi. Oʻzga shoir asariga boglagan N.ning taqliddan iborat iborat boʻlib qolmasligi, shoirning unga ijodiy yondashishi talab etiladiki, bunda mavzuning yanada yorqinroq ifodalanishi va badiiy saviyaning yuksalishi koʻzda tutiladi.

55. NAZM (ar. - tuzuk, tartib, tartibga keltirish, terish, tizish) - badiiy nutq shakllaridan biri, tizma, she’riy nutq(K- badiiy nutq). Nisbatan kam hollarda N. keng ma’noda qoʻllanib, umuman she’riyatni bildiradi, bu keng ma’nodagi nasr bilan qarshi qoʻyilgan holda yuzaga chiqadi.

56.NASR (ar. - tizilmagan, tarqoq, sochma) - badiiy nutq shakllaridan biri, sochma; prozaik nutq (K- badiiy nutq). Muomala amaliyotda umuman badiiy proza, N.da bitilgan asarlar jami ma’nosida, proza terminiga sinonim sifatida ham qoʻllanadi. Termin ikkala ma’noda ham faol ishlatiladi.

57.


Yüklə 74,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin