KOLLIZIYA (lot. collisio - toʻqnashuv) - badiiy asarda tasvirlangan voqea asosida yotuvchi personajlar orasidagi toʻqnashuvlar, ziddiyatlar. Ilmga Gegel tomonidan kiritilgan K. termini adabiyotshunoslikda ba’zan konfliktning sinonimi sifatida qoʻllanadi. Shunga qaramay, ularni sezilarli farq bilan qoʻllash amaliyoti ham mavjud.
39. KOMPOZISIYA (lot. composition - tuzish, biriktirish) – badiiy asar qismlarini yaxlit badiiy niyat (muayyan konsepsiyani shakllantirish va ifodalash, koʻzlangan gʻoyaviy-estetik ta’sir) ijrosi uchun eng optimal holda joylashtirish, badiiy sistema (asar)dagi unsurlarni oʻzaro aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish. Ya’ni kompozisiya badiiy shaklning unsuri emas, u, avvalo, shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirishga qaratilgan amal, shuni amalga oshirish prinsiplaridir.
40. KULMINASIYA (lot. culmen - choʻqqi) - badiiy asarda voqealar rivojining eng yuksak nuqtasi, syujetning ziddiyatlar keskinlashib, konflikt yaqol namoyon boʻladigan oʻrni. K. voqeaband syujetning muhim va zaruriy komponenti sanalib, yechimning yoʻnalishlarini belgilaydi, shu bois yechim boʻlmagan hollarda ham asar toʻgallik, estetik butunlik kasb eta oladi.
41. LAFF VA NASHR (ar. yigʻmoq va yoymoq) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at. L.n. san’atida bir necha narsa tushuncha nomi sanalib, keyin ularga oʻxshash, aloqador, taalluqli yoki muvofiq keladigan boshqa narsa-tushuncha nomlari keltiriladi. L.n. san’ati bir misra doirasida ham voqe boʻlishi mumkin, shunga qaramay, uning bayt doirasida voqe boʻlishi, ya’ni birinchi misrada sanalgan narsa-tushunchalarga oʻxshash, aloqador, taalluqli yoki muvofiq keladigan boshqa narsa-tushunchalar nomining keyingi misrada keltirilishi koʻproq uchraydi
42. LIBRETTO (ital. libretto - kitobcha) - 1) teatrda ijro etiladigan opera, operetta va balet spektakllarining qisqacha bayoni berilgan kitobcha. XVII asr oxirlaridan boshlab teatrga kelgan tomoshabinlarga shunday kitobchalar taqdim etilgan, terminning paydo boʻlishi ham shu bilan bogʻliq.
43. LITOTA (yun. litotes - soddalik) - 1) narsa-hodisaga xos xususiyatni uning aksini inkor qilish orqali ifodalashga asoslangan uslubiy figura, mohiyatan kinoyaga yaqin turadi. L. kundalik muloqotda ham ancha faol qoʻllanadi. M: “bu kishim ham ahmoq emas"- aqli-hushi joyida; “uyam shahar koʻrmaganmas" - sodda emas, ishiga pishiq. 2) tasvirlanayotgan narsa-hodisa, unga xos belgilarni oʻta kichraytirishga asoslanuvchi badiiy usul, stilistik figura; giperbolaning ziddi, mumtoz adabiyotshunosligimizda tafrit (k. taf rit) deb yuritiladi.
44. LUGʻZ (ar.- topishmoq, sir, maxfiy) - she’riy topishmoq, narsa-tushunchaning nomini aytmagan holda, oʻxshashlik yoki aloqadorlik asosidagi belgilarini tavsiflashga asoslangan janr. Ya’ni L.da shoir narsa-tushunchaga ishora qiladi, tinglovchi (oʻquvchi) esa zikr etilgan belgilarga tayanib yashirilgan nomni topishi lozim boʻladi. Shu jihati bilan L. Oʻquvchida teran fikrlash, kuzatuvchanlik, hozirjavoblik kabi koʻnikmalarni shakllantiradi. L. xalq ogʻzaki ijodida qadimdan mavjud boʻlgan, keyinchalik yozma
45.
Dostları ilə paylaş: |