AloqaBankning Missiya



Yüklə 3,09 Mb.
səhifə1/15
tarix22.09.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#146763
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ilova


Ilova
Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» Oʻzbekistonning yirik davlat banklaridan biri boʻlib, oʻz faoliyatini 1994-yildan buyon amalga oshirib kelmoqda. Bankning kompleks xizmat koʻrsatish markazlari resupublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan. Bugungi kunda 88 ta kompleks xizmat koʻrsatish markazlari orqali iqtisodiyotning real sektori korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga keng ko‘lamli bank xizmatlarini koʻrsatadi.
AloqaBankning Missiya
Sodda, qulay va jozibali bank mahsulotlarini tanlash imkoniyatini beruvchi ilg‘or raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali noyob axborot texnologiya yechimlarini yaratish hamda shu yo‘l bilan Bankni moliya bozorida yetakchi IT-kompaniyasiga aylantirish.
Aloqabankning Xalqaro faoliyat
Xalqaro bozorlarga chiqish bankning xalqaro hamkorlikning faol ishtirokchisi sifatida obro‘sini mustahkamlaydi, mijozlarning moliyaviy manfaatlarini himoya etish va bank brendining xorijda targ‘ib qilinishiga yordam beradi hamda bank oldida yangi ko‘nikmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini ochadi.
AT «Aloqabank» kichik va xususiy biznes subyektlarini qayta moliyalashtirish uchun uzoq muddatli zaxiralarni yaratish maqsadida xalqaro moliya institutlari va taraqqiyot banklarining kredit liniyalarini jalb etish va o‘zlashtirish bo‘yicha doimiy ish olib bormoqda.
Ushbu maqsadda AT «Aloqabank» tomonidan uzoq va qisqa muddatli moliyalashtirish shartlari asosida Jahon Banki Guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi), Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilib kelinmoqda.
Shuningdek, AT «Aloqabank» uzoq muddatli investitsiyalar uchun sug‘urta qoplamalari va xorijiy tijorat banklari (Commerzbank AG, ODDO BHF, Eximbank of China, ICBC, Banca Popolari di Sondrio) kreditlarini olish maqsadida yetakchi eksport-kredit agentliklari (EKA) (Euler Hermes, SACE, SERV, Sinosure, OeKD) bilan jadal hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Banklararo bozorda operatsiyalar
Konversiya operatsiyalari:
1) O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida valyuta sotib olish/sotish;
2) birjadan tashqari bozorda valyutani sotib olish/sotish/konversiyalash;
3) valyuta sotib olish/sotish bo‘yicha uch tomonlama bitimlar;
arbitraj bitimlari.
Kredit/depozit operatsiyalari:
1) milliy va xorijiy valyutada banklararo kredit va depozitlarni jalb etish/joylashtirish;
2) korrespondent banklarga belgilangan limitlar doirasida “Loro” korrespondentlik hisobvaraqlari bo‘yicha overdraft (AQSh dollari, Yevro, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi) taqdim etish;
3) kontragentlar uchun kredit operatsiyalari bo‘yicha qoplangan va qoplanmagan limitni ochish imkoniyati;
4) moslashuvchan foiz stavkalari, yakka tartibdagi yondashuv.
Qimmatli qo‘shimchalar bilan operatsiyalar:
a) brokerlik xizmat ko‘rsatish;
b) depozitariy xizmatlari.
Banknota operatsiyalari:
1) barcha erkin konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalarda va O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida banklararo banknotali bitimlarni amalga oshirish;
2) naqd chet el valyutasini qabul qilish/berish.
Banklararo depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari joriy bozor stavkalari asosida belgilanadi.
Savdoni moliyalashtirish
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida Aksiyadorlik Tijorat «Aloqabank» hamkor banklarga savdoni moliyalashtirish va hujjatli biznes sohasida o‘z xizmatlari va kompleks yechimlarini taklif etadi:
Moliyaviy institutlar uchun mahsulotlarimiz ro‘yxati quyidagilardan iborat:
1) akkreditivlarni chiqarish, avizolash va tasdiqlash (qoplangan/qoplan­magan).
ramburs majburiyatlarini taqdim etish;
2) bank kafolatlarini chiqarish, avizolash va tasdiqlash;
3) akkreditivlarni doimiy moliyalashtirish (doimiy moliyalashtirishni taqdim etish bo‘yicha bitimlar tuzishning umumiy shartlari to‘g‘risida bosh bitim tuzilgan shartda);
4) bepul maslahat xizmatlari.
Afzalliklarimiz:
1) hujjatli akkreditivlar, kafolatlar va savdoni moliyalashtirishning boshqa vositalari bilan ishlash bo‘yicha ko‘p yillik tajriba;
2) yuqori malakali xodimlar;
3) raqobatbardosh narx sharoitlari;
4) har bir bitimga yakka tartibdagi yondashuv.
Savdoni moliyalashtirish vositalaridan foydalanish orqali tashqi savdo shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlash, shartnoma bo‘yicha tomonlarning xavflarini tenglashtirish va kamaytirish, tovarni o‘z vaqtida va kompleks yetkazib berishni nazorat qilish, tovar uchun avans to‘lovlarini oldini olish, muddatli/kechiktirib to‘lov amalga oshirish imkoniyati, zarur kredit resurslarlarini jalb etish, yetkazib berilayotgan tovar uchun qulay moliyaviy sharoitlar asosida to‘lov olish kafolatlarini ta’minlash va boshqalar iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida AT «Aloqabank» hamkor banklarga savdoni moliyalashtirish va hujjatli biznes sohasida o‘z xizmatlari va kompleks yechimlarini taklif etadi.
Korrespondent aloqalar
AT «Aloqabank» Xalqaro munosabatlar boshqarmasi (XMB) bankning xalqaro va mahalliy moliya institutlari hamda banklari bilan munosabatlarning «yagona oynasi» hisoblanadi.
XMB Oʻzbekiston va xorijda AT «Aloqabank» ning barcha mahsulotlari boʻyicha moliya tashkilotlari uchun savdolarni tashkil etish, limitlarni boshqarish va xizmat ko‘rsatish uchun javobgar;
XMB jamoasi har bir mijoz uchun yakka tartibdagi yechimlarni yaratish ustida ishlaydi va u eng yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan;
Ushbu maqsadda AT «Aloqabank», Yevropa, Osiyo, MDH mamlakatlarining yetakchi tijorat banklari bilan mustahkam va oʻzaro ishonchli munosabatlar oʻrnatgan va turli valyutadagi korrespondentlik hisobvaraqlardan foydalanib kelmoqda;

AG «Commerzbank»
Shahar / davlat: Frankfurt / Germaniya
Valyuta: EUR
SWIFT (BIC): COBA DE FF
Saytga o`tish: https://www.commerzbank.com

YAJ «Asia Invest Bank»
Shahar / davlat: Moskva / Rossiya
Valyuta: EUR / RUB / USD
SWIFT (BIC): ASIJRUMM
Saytga o`tish: https://ai-bank.ru

KB «Kookmin Bank»
Shahar / davlat: Seul / Janubiy Koreya
Valyuta: USD / KRW
SWIFT (BIC): CZNB KR SE
Saytga o`tish: https://www.kbstar.com

Agricultural bank of China
Shahar / davlat: Pekin/Xitoy
Valyuta: USD
SWIFT (BIC): ABOCCNBJ300
Saytga o`tish: https://www.abchina.com/en/

Oʻzbekiston Respublikasi TIF «Milliy Bank»
Shahar / davlat: Toshkent / Oʻzbekiston
Valyuta: EUR / RUB / GBP / USD / JPY / KZT
SWIFT (BIC): NBFAUZ2X
Saytga o`tish: https://nbu.uz

ATB «Oʻzsanoatqurilishbank»
Shahar / davlat: Toshkent / Oʻzbekiston
Valyuta: USD
SWIFT (BIC): UJSIUZ22
Saytga o`tish: https://sqb.uz

AITB «Ipak yoʻli»
Shahar / davlat: Toshkent / Oʻzbekiston
Valyuta: EUR / RUB / GBP / USD
SWIFT (BIC): INIPUZ22
Saytga o`tish: https://www.ipakyulibank.uz

AKTIF YATIRIM BANKASI A.S.
Shahar / davlat: Istanbul/Turkiya
Valyuta: EUR / USD
SWIFT (BIC): CAYTTRIS
Saytga o`tish: https://www.aktifbank.com.tr/

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin