Kredit shartlari Yillik foiz stavkasi 24% dan
Kreditning maksimal summasi Shartnoma boʻyicha
Kredit muddati 5 yilgacha
Kredit maqsadi Birlamchi bozordan yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun hamda sug‘urta mukofoti to‘lovlarini to‘lash uchun.
Ajratilish shakli Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
Asosiy qarz va foizlarni soʻndirish Har oy
Toʻlov usuli Differensial, Annuitet
Rasmiylashtirish usuli Bank ofisi
Imtiyozli davr Ha (6 oygacha)
Foydalanish shartlari Zarur hujjatlar Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.
Avtotransport vositasini xarid qilish uchun tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.
Agar uchinchi shaxsning kafilligi kredit ta’minoti sifatida taqdim etilsa, unda quyidagi hujjatlar talab qilinadi: Kafil jismoniy shaxs boʻlganda:
kafil shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi) Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.
Kafil yuridik shaxs boʻlganda:
kafil boʻlayotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
auditor xulosasi;
kafillik berish boʻyicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni;
ta’sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta’sis shartnoma).
Talablar Qarz oluvchi: 18 yoshga toʻlgan va 65 yoshdan oshmagan doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun.
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganiladi.
Daromadlari to‘grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘grisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
Kredit taʼminoti
A) Kredit miqdori 40 (qirq) million so‘mdan oshmagan hollarda: uchinchi shaxs kafilligi.
B) Kredit summasi 40 (qirq) million so‘mdan ortiq bo‘lganda: Sotib olinayotgan avtotransport vositasi; Sotib olinadigan avtotransport vositasi garovga qo‘yilgunga qadar kreditning qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi; Kredit siyosati talabidan kelib chiqib, qo‘shimcha ravishda uchinchi shaxs kafilligi; Kredit miqdori 40 (qirq) milion so‘mdan oshmagan hollarda ham bank va qarzdor o‘rtasidagi kelishvuga ko‘ra, «B» bandda ko‘rsatilgan ta’minot turlarini qabul qilish mumkin.
1. ShARTNOMA PREDMETI
1.1. Kreditor Qarzdorga shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul summasini (mablag’larini) (bundan buyon matnda «Kredit» deb yuritiladi) berish, Qarzdor esa olingan kredit summasini qaytarish va uning uchun foiz to’lash majburiyatini oladi.
2. ASOSIY ShARTLAR
2.1. Kredit summasi: ___________ (_____________________) so’m. 2.2. Kreditdan foydalanish muddati: ____ (_____________) oy muddatga asosiy qarz to’lovlaridan ____ (__________________) oy imtiyozli davr bergan holda. 2.3. Kreditni so’ndirishng oxirgi muddati: ___.___.___________ yil. 2.4. Kredit buyicha foiz stavkasi: yillik ____ (_____________) foiz. 2.5. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi turi taraflarning kelishuviga ko’ra: o’zgaruvchi/o’zgarmas. 2.6. Kredit bo’yicha to’lovlarni to’lash har oyning ____ sanasigacha. 2.7. Kreditning asosiy summasi va foizlarini to’lash usuli taraflarning kelishuviga ko’ra: differentsial/annuitet. 2.8. Kreditning maqsadi: _____________________________. (Ipoteka kreditida: Oldi-sotdi shartnomasiga asosan umumiy narxi _________ (_____________) so’m bo’lgan uy-joyni Qarzdorning o’z hisobidan _________ (_____________) so’m (uy-joy umumiy narxining ___ foizi) to’lab, qolgan qismini kredit hisobidan to’lagan holda sotib olish uchun). 2.9. Kreditning ob’ekti: _______________________________________. 2.10. Kreditning to’liq qiymati ___ (______________) foizni tashkil qiladi va u quyidagi to’lovlarni hisobga olib hisoblanadi:
a) Kreditning asosiy qarzi – ____ (_________) so’m, __ tiyin; b) foizlar bo’yicha to’lovlar – _______ (_____________) so’m, ____ tiyin; v) sug’urta to’lovlari – ___________ (_______________) so’m, ___ tiyin; g) garov mulkini baholash bo’yicha to’lovlar – _____(____) so’m, ___ tiyin; d) «Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo’yiladigan minimal talablar to’g’risida»gi Nizom (ro’yxat raqami: 3030-son, 2018 yil 2 iyul)ning 1-ilovasiga asosan boshqa to’lovlar – _________ (____________) so’m, ___ tiyin. 3. HUQUQ VA MAJBURIYaTLAR 3.1. Qarzdor foydalanilmagan kreditni yoki uning bir qismini olishdan bepul voz kechishga haqli. 3.2. Shartnoma imzolangandan keyin Qarzdor to’lovga layoqatsiz deb topilganda, kreditni ta’minlash bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmaganda hamda taqdim etilgan kreditni qaytarilishiga ta’sir ko’rsatuvchi ma’lumotlarning haqkoniy emasligi aniqlanganda, Kreditor kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli. 3.3. Qarzdor Shartnoma tuzilgan kundan boshlab 30 (o’ttiz) kalendar kun davomida kreditdan umuman foydalanmasa Kreditor Qarzdorning kreditni o’tkazish to’g’risida arizasini bajarmaslikka haqli. 3.4. Kredit qismlarga bo’lib bosqichma-bosqich ajratilgan hollarda Qarzdor kreditdan 1 (bir) yil ichida to’liq foydalanmasa Kreditor kreditning foydalanilmay qolgan qismini ajratishni rad qilishga haqli. 3.5. Kreditor Qarzdorga Shartnomada nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh torgan taqdirda, ushbu kredit bo’yicha mablag’lar berishni to’xtatib qo’yish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Qarzdorga kredit berish to’xtatilganligi va uning sabablari yuzasidan yozma xabarnoma yuboriladi. 3.6. Kreditor quyidagi xolatlarda kreditni va barcha tegishli foizlarni muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega: a) Qarzdor kredit yoki uning foizlarini o’z vaqtida to’lamaganda; b) ajratilgan kredit turli sabablarga ko’ra ta’minotsiz bo’lib qolganda; v) Qarzdor yolg’on ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etganda; g) Qarzdor kreditdan maqsadsiz foydalanganda. 3.7. Qarzdor o’zining ish joyi, yashash joyi, familiyasi va ismi o’zgarganda va Shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan boshqa holatlar to’g’risida 3 (uch) kun ichida yozma shaklda Kreditorga xabar beradi. 3.8. Qarzdorning nomiga yangi bank kartasi ochilganda ushbu bank kartasi raqami va uning amal qilish muddati to’g’risida Qarzdor Kreditorga xabar beradi. 3.9. Qarzdor kreditni istalgan vaqtda muddatidan oldin jarima sanktsiyalarisiz so’ndirishga haqli.
Aloqabankning 2022-yildagi moliyaviy natijalari:
Bogʻlanish uchun:
AT «Aloqabank» tomonidan mahalliy va xorijiy banklar, bank boʻlmagan kredit-moliya tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan moliya tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va taraqqiyot banklari va boshqa moliya tashkilotlariga taqdim etiladigan xizmatlari haqida qoʻshimcha ma'lumotlar uchun:
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi
Tel: +998 (71) 232-83-20
Elektron pochta: fi@aloqabank.uz, utkir.xodjaniyazov@aloqabank.uz