"ODISSEYA" (lot. Odessea, Odyssia) — yunon epik dostoni. Muallifligi Gomerga nisbat beriladi. Miloddan avvalgi taxminan 9— 8-asrlarda paydo boʻlgan "Iliada" dostonidan keyin yaratilgan. Gekzametr (musaddas oʻlchovi)da yozilgan (12100 misra). Odisseya negizida dunyoga mashhur shunday folklor syujeti yotadi: uzok, darbadarlikdan soʻng sadoqatli rafiqasi Penelopa oldiga tanib boʻlmaydigan holda eri — Odissey qaytib keladi. Odissey obrazida qaxramonlik sifatlaridan koʻra uning aql-zakovati, epchilligi, tadbirkorligi ustun turadi. Odisseyada maishiy kartinalar va ertak unsurlari "Iliada"dagiga qaraganda koʻproq. Doston qad. zamonlardayoq yunon xalqining muqaddas va moʻʼtabar kitobiga aylangan. Koʻp tillarga tarjima qilingan. Ayrim parchalari oʻzbek tilida Mirtemir tarjimasida nashr etilgan
Illiada
„Iliada“ (Ilias) — yunon epik dostoni. Gomer yozgan deb taxmin qilinadi. Aftidan, mil. av. 13-asr dagi Ilion, yaʼni Troya urushi haqidagi rivoyatlar asosida 9—8-asrlarda paydo boʻlgan. Gekzametr (musaddas) oʻlchovida yozilgan (15700 misraga yaqin). „I.“ ning bosh qaxramoni — Axill. Buyuk yoʻlboshchisi Agamemnon tomonidan haqoratlangan „Axillning qahri“ doston mavzuining asosini tashkil etadi. Unda yakkama-yakka qahramonona jang manzaralari, qamal qilingan Troyadagi hayot lavhalari, maʼbudalarning Olimpdagi mu-nozaralari mutoyibali tasvirlangan. Asar Qodir Mirmuhamedov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan
SAVOLLAR
Illiada asaridagi asosiy qahramonlaridan birining ismi?
Qaysi dostonda uyga qaytish yo’li tasvirlangan?
Hektorning ukasi kim?
Axiles boshchilik qilgan qabila nomi?
Dobonning farzandining ismi nima?
Alpomish dostonidagi o’n olti urug’chining podshosi kim edi?
Pergam qayerning qal’asi?
Ushbu slaydni tayyorlashda men internet saytlaridan foydalandim. Asosan Vikipediyadan ma’lumotlaridan yozdim.