„Alpomish“ — oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodidagi qahramon personaj. Turkiy xalqlarda ogʻizdan ogʻizga oʻtib kelayotgan biylarning sardori. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. „Alpomish“ning qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston shaklida, tatar va boshqird versiyalari ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. Oʻzbeklar „Alpomish“, qoraqalpoqlar „Alpamis“, qozoqlar „Alpamis batir“, oltoyliklar „Apip-Manash“, qozon tatarlari „Alpamsha“, boshqirdlar „Alpamisha va Barsin hiluu“ deb nomlaganlar.
Oʻzbek dostonchiligi taʼsirida XX asr boshlarida ertak va rivoyatlar shaklidagi tojik variantlari ham yuzaga kelgan. Oʻrta asr oʻgʻuz eposining muhim yodgorligi hisoblangan „Kitobi Dadam Qoʻrqut“ tarkibidagi „Bamsi Bayrak“ asari oʻzining syujeti va kompozitsiya qurilishi jihatidan „Alpomish“ dostoniga yaqin turadi. „Alpomish“ dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanib, jonli epik anʼanalarda ogʻzaki ravishda bizgacha yetib keldi. Shuning uchun ham u bugungi kunda qadimiyatning buyuk bir ehsoni, oʻzi yaratilgan davrning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli anʼanaviy ijod va ijro sharoitlarida xalq ommasi ruhining ob’ektiv holatini davrlararo ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh kengayib, goh torayib, koʻplab variantlarda va xilma-xil koʻrinishlarda ajdodlardan avlodlarga yetib kelgan adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi qahramonlik voqealarining afsonalar qobigʻiga oʻralgan oʻziga xos badiiy ifodasi, buyuk epos sifatida baholanadi