. „Alpomish“ dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urugʻ birligini kuylovchi ulkan eposdir. Islom Karimov „Alpomish“ dostonining 1000-yilligiga bagʻishlangan tantanali maro-simda soʻzlagan nutqida aytganidek: „Alpomish“ dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgoʻy boʻlishga, oʻz yurtimizni, oilamiz qoʻrgʻonini qoʻriqlashga, doʻstu yorimizni, or-nomusimizni ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga oʻrgatadi". Doston qoʻngʻirot urugʻi boshliqlari — aka-uka Boyboʻri va Boysarining farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda Alpomish, Barchin, Qaldirgʻochlarning bir kunda tugʻilishi, Barchin.

Dostonning yetakchi obrazi (V. Ye. Kaydalov asari).Barchinning Alpomishga beshikkerti qilinishi, Boysarining Boyboʻridan arazlab oʻn ming uyli elat bilan qalmoq eliga koʻchishi, qahramonning yorini olib kelish uchun oʻzga mamlakatga safari, Qorajon bilan doʻst tutinib, Barchin shartlarini bajarishi va yorini olib oʻz yurtiga qaytishi, keyin yana yetti yil tutqunda qolishi, zindondan oti Boychibor yordamida qutulib, oʻz eliga umr yoʻldoshi Barchinning zoʻravon Ultontoz bilan boʻlayotgan majburiy toʻyi ustiga kelishi ham raqibini yengib, murod-maqsadiga erishishi voqealari juda qiziqarli, eposga xos rang-barang badiiy boʻyoqlarda tasvirlangan. Alpomish va Qorajon, Qultoy va Yodgorlarning oʻzaro munosa-batlari, hatto qahramonning oti Boychi-bor bilan, enchi harvona tuya bilan munosabati tasvirida jamiyat taraqqiyotining do-stonda tasvirlangan bosqichiga xos oli-janob soddalik, ulugʻvor vazminlik, patriarxal insoniylik, bolalarcha begʻubor samimiylik gʻoyatda goʻzal mujassamlashgan. „Alpomish“ dostoni badiiy barkamol asar. Unda oʻzbek xalqi sheʼriy dahosining buyuk qudrati toʻlaligicha namoyon boʻlgan.