J.Eshonqulov yana arxaik epos bilan marosim strukturasi o’zaro uyg`un kelishini asoslab, buni “Alpomish” dostoni tahlili misolida quyidagicha ko’rsatib o’tadi: “Shomonning shajarasi. Uning tanlanishi, homiy ruhlar ko’magida bo’lishi, o’zga dunyoga safar, yovuz ruhlar jangi, o’zga qiyofaga ega bo’lishi bu shomonlik marosimiga xos xususiyatdir. Arxaik, jumladan, “Alpomish” eposida ham shajaraga alohida urg`u berilishi, Hakimbekning tug`ilishi va doimo pirlar ko’magida bo’lishi, qahramonliklar namoyish etishi, safarga otlanishi, yovuzlikka (yovuz ruhlarga) qarshi kurashi, etti yillik zindon, ya’ni ramziy o’liklik holatidan so’ng qayta tirilib chiqib, Qultoy qiyofasiga kirishi struktural jihatdan shomonlik marosimi bilan aynan bir xil ekanligini ko’ramiz”, – deya qayd etadi. Hatto dostonda tush ta’biriga bag`ishlangan qadimgi marosimlar ham keltirilganligini taniqli folklorshunos J.Eshonqulov ta’kidlab o’tadi. “Alpomish” dostonida shunday motivlar borki, ularni hozirgi hayotda mavjud bo’lgan yoki bugungi kunda unutilib, o’tkazilmaydigan bo’lib qolgan ayrim oilaviymaishiy marosimlar bilan qiyoslab o’rganishga to’g`ri keladi.