Burungi o'tgan zamonda, o'n olti urug' qo'ng'irot elida Dobonbiy degan o'tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o'g'il farzand paydo bo'ldi. Alpinbiydan tag'i ikki o'g'il paydo bo'ldi: kattakanining otini Boybo'ri qo'ydi, kichkinasining otini Boysari qo'ydi. Boybo'ri bilan Boysari — ikkovi katta bo'ldi. Boysari boy edi, Boybo'ri shoy edi. Bu ikkovi ham farzandsiz bo'ldi.
Ana endi o'n olti urug' qo'ng'irot elida bir chupronto'y bo'ldi. Xaloyiqlarni, elatiyalarni to'yga xabar qildi. Shu to'yga barcha xaloyiqlar yig'ildi. Biylar ham to'yga keldi. To'ydagi kattalar ilgarigiday izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi.
Ana endi o'n olti urug' qo'ng'irot elida bir chupronto'y bo'ldi. Xaloyiqlarni, elatiyalarni to'yga xabar qildi. Shu to'yga barcha xaloyiqlar yig'ildi. Biylar ham to'yga keldi. To'ydagi kattalar ilgarigiday izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi.
Biylar: "Mazmuni, bu odamlar bizning kelganimizdan bexabar qoldi", — deb otini o'zlari bog'lab, ma'rakai majlisga kelib o'tira berdi.
Zukko Hakimbek
Shunda o'g'li turib aytdi: "Vaqti-bevaqt birovnikiga mehmon kelsa, otini ushlab, joy bor bo'lsa, ko'nglini xushlab jo'natsa, bul ham saxiy;
Agar joy bor turib, joy yo'q, deb qo'ndirmay jo'natsa, bul odam baxil.
Vaqti - bevaqt bir kishi mozorotning qabatidan o'tsa, chap oyog'ini uzangidan chiqarib, mozordagi odamlarning haqqiga duo o'qib o'tsa, bul ham saxiylik;
Agar har kirn mozordan o'tganda, chap oyog'ini uzangidan chiqarmay, mozorotning haqqiga duo qilmay o'tsa, bul ham baxil.
Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot bermasa, bul ham baxil ekan".
Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o'qib o'tirib, baxildan, saxiydan gap chiqib qoldi…
Boysariboyning yilqisining soni shul edi: to'qson to'qay yilqisi bor edi. To'qson to'qay degani - yilqisi har yerlarda: to'qaylarda, tog'larning darasida, to'qayli yerlarda yoylab yurar edi. To'qaylarda yilqisi yoyilib yurgani uchun Boysariboyning to'qson to'qay yilqisi bor, der edi. Lekin yilqisining, molining sonini hech bilmas edi.