Amali yo t dasturi


Amaliyotni tashkil qilish va unga rahbarlik



Yüklə 72,74 Kb.
səhifə4/6
tarix13.12.2023
ölçüsü72,74 Kb.
#175466
1   2   3   4   5   6
3 kurs sotsiologiya

3.Amaliyotni tashkil qilish va unga rahbarlik
3.1.Talabalar amaliyoti oliy Ta’lim muassasalarining davlat va aksiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo‘shma korxonalar va boshqalar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi.
3.2. Yuridik shaxslar bilan tuzilgan kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar amaliyot (ayrim hollarda amaliyot obyektlari rahbarlarining so‘rov xatlariga asosan) o‘tash uchun tegishli amaliyot obyektlariga yuboriladilar.
3.3.Amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazish uchun javobgarlik oliy o‘quv yurtining rektori zimmasiga yuklanadi.
3.4.Amaliyot joylari, talabalarning katta guruhlari o‘tishini hisobga olib, oliy ta’lim muassasasi yaqinida joylashgan amaliyot obyektlaridan tanlanadi.

4.Amaliyotning bevosita rahbari quyidagi majburiyatlarga ega:


4.1 Talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun obyektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi.


4.2 Talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o‘tkazish tartibilari, xavfsizlik texnikasi haqida ko‘rsatmalar berish va h.k.)ni o‘tkazishni ta’minlaydi.
4.3 Talabalarning kafedra topshiriqlarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi.
4.4 Amaliyot obyektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari meyoridagidek ta’minlanganligini nazorat qiladi.
4.5 Talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi.
4.6 Amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi.
4.7 Talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o‘tganligi, ularning amaliy tayyorgarligiagi kamchiliklar ko‘rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi.
4.8 Barcha ishlarni amaliyot obyekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o‘tkazadi.



Yüklə 72,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin