Amali yo t dasturi



Yüklə 72,74 Kb.
səhifə2/6
tarix13.12.2023
ölçüsü72,74 Kb.
#175466
1   2   3   4   5   6
3 kurs sotsiologiya

Sotsiologiya nima?

Sotsiologiya ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida muhim o‘rinni egallaydi. Sotsiologik ta’limning muhim funksiyalaridan biri – bu jamiyat a’zolarida sotsial muammolarni tushunish, ularning kelib chiqish manbalarini aniqlash va bartaraf etish yo‘llari hamda imkoniyatlarini qidirib topish ko‘nimalarini shakllantirishdan iboratdir.


Hayot bir joyda turg‘un bo‘lmaganidek, sotsiologiya fani ham rivojlanishdan to‘xtab qolgani yo‘q. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish imkoniyatlarini sotsiologiya fani doirasida tahlil qilish, o‘rganish va olingan ilmiy-nazariy xulosalardan amaliyotda foydalanish muhim ijtimoiy masalalardan biriga aylanmoqda.

  • Darhaqiqat, sotsiologiya fani jamiyatda ro‘y berayotgan yirik ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni shunchaki qayd etish bilan shug‘ullanmaydi, балки уларнинг асл моҳияти ва мазмунини атрофлича очиб беради. Zero, sotsiologiya ijtimoiy fanlar orasida o‘z tadqiqotlarining aniqligi va amaliyligi, tahlil qilayotgan masalalarni tajribalar asosida o‘rganish imkoniyatlari mavjudligi bilan alohida ajralib turadi.

  • Sotsiologiya faqat hozirgi ijtimoiy hodisalar tahliliga to‘laqonli javob berishi bilangina cheklanmasdan, balki ularning istiqboliy o‘zgarish darajasi xususida ham ilmiy bashoratlarni ilgari sura oladi.

  • Ana shu jihatdan qaraganda, sotsiologiya fani nazariyasi, amaliyoti va tadqiqot usullarini atroflicha o‘rganib chiqish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor amaliy faoliyatni olib borishda sotsiologik bilim va usullardan foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqishga, O‘zbekiston va jahondagi sotsial muammolarga nisbatan qiziqishning oshganligiga qaratiladi.

  • Malakaviy amaliyot – bo‘lajak bakalavr

  • mutaxassislarni tayyorlashning muhim omili

  • Mamlakatimizda ta’lim – ijtimoiy taraqqiyotning ustivor sohasi deb qaralayotgan bugungi kunda “Amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning taqdiri shu masalaga, ya’ni kadrlar tayyorlashga chambarchas bog‘liqligini aniq va ravshan anglab olishimiz lozim”. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”, qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-5847-son farmonlari ta’lim sohasidagi tub islohotlar maqsadi, vazifalari va ularni ro‘yobga chiqarish shart – sharoitlari aniqlab berilgan. Zero, “Kadrlar tayyorlashning sifati, erkin fikrlovchi – dars va sobiq berishiga bog‘liq” .Malakaviy amaliyot davrida talabalar mutaxasisligi bo‘yicha amaliyot raxbalarining yordamida ish olib boradilar;

  • Talabalar malakaviy amaliyot davrida olib borayotgan ishlari har kuni, kundalik yoritib boradilar, har bir tadbirning rejasi matnini tuzadilar. Uni amaliyot rahbariga tasdiqlatib oladilar.

  • Amaliyotchi talabalar o‘zlari amaliyot o‘tayotgan davlat xokimyati vakillari va ma’naviyat markazi va madaniyat bo‘limi idoralarda belgilangan qonunchilikka rioya etadilar va ularning ichki tartib qoidalariga bo‘ysunadilar.

  • Talabalar amaliyot davrida fakultet kafedralari tomonidan biriktirilgan rahbarlarning topshiriqlarini bajaradilar.

Malakaviy amaliyotning sifati bo‘lishi, uchun amaliyot davrida o‘tkaziladigan quyidagi reyting mezoni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
Joriy baholashda – malakaviy amaliyotga qatnashishi, doimiy ravishda materiallarni o‘zlashtirish.
Oraliq baholash – mustaqil tadbir va ish haqi xujjatlari tuza olish va ularni taxlil qila olish.
Yakuniy baholash – talabalarning malakaviy amaliyot davridagi namoyon etgan ishi – sifatlari, madaniyatshunoslikka xos bo‘lgan professional talabalarni, talabaning kompyuter, texnik vositalardan foydalana olish, darajasi inobatga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim – tarbiya jarayoni jahon andozalari darajasiga ko‘tarishni, respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti talablari asosida oliy malakali madaniyatshunos kadrlar tayyorlashni yangicha tamoyillari asosida tashkillashni taqazo etadi.
Malakaviy amaliyot talabalar amaliyotining tashkil etish to‘g‘risida “Nizom” asosida madaniy – ma’rifiy muassasalar,o‘quv yurtlari idoralari Bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil etiladi.
Malakaviy amaliyot – bu bakalavr yo‘nalishi predmetlarining nazariy materiallarining mustahkamlash jarayoni bo‘lib, bevosita o‘quv jarayonining amaliy davomidir.
Malakaviy amaliyot dasturi mutaxassisligining ixtisoslik tavsifnomasi, hokimiyat vakillik organlari va halq xo‘jaligi korxonalari va madaniy-ma’rifiy muassasalar, o‘quv yurtlari idoralarining hususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.



Yüklə 72,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin