Amali yo t dasturi



Yüklə 72,74 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü72,74 Kb.
#175466
1   2   3   4   5   6
3 kurs sotsiologiya

5. Talabaning vazifalari:

amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarishi;


amaliyot obyektining ichki mehnat tartib-qoidalariga bo‘ysunish;
mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishda va qat’iy rioya qilishi;
bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori javobgarlik olishi;
kundalik davtar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarish;
amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi va amaliyot bo‘yicha sinov topshirishi shart.
Malakaviy amaliyotning tashkil etilishi

Malakaviy amaliyot talabalarning kelgusi professional faoliyatga shart – sharoitlari yaqin bo‘lgan bir sharoitda o‘tkaziladi. Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi talabalarni kelgusidagi kasbiy vazifalarini bajarishga dastlabki tayyorlashdan iboratdir. Amaliyot o‘tkazish uchun turli davlat xokimiyati vakillari organlari , xalq xo‘jaligi korxonalari va idoralar baza hisoblanadi.


Bakalavr: 1– bosqich talabalarining malakaviy amaliyotlari davlat xokimiyati vakillik organlari , halq xo‘jaligi korxonalari va idoralarda, yashash joylarida yoki unga yaqin joylarda o‘tkaziladi. Amaliyot davrida talabalar davlat xokimiyati vakillik organlari, halq xo‘jaligi korxonalari va idoralar bilan tanishadilar.
Talabalar malakaviy amaliyot davrida o‘z faoliyatlarini tahlil qiladilar va amaliyot kundaligi yuritadilar. Amaliyot rahbarlari o‘tkazadigan tadbirlarda ishtirok etadilar. Bitiruv malakaviy ishlariga oid materiallar to‘playdilar.
Fakultetda amaliyot yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan anjumanni tayyorlaydilar va unda ishtirok etadilar. Amaliyotga oid hisobot hujjatlarini tayyorlaydilar. (Hisobot bilan birga taqdim etiladigan xujjatlar ro‘yxati mazkur dasturga alohida ilova qilinadi).

2022-2023 o‘quv yilida ijtimoiy ish yo‘nalishi 3 - bosqich talabalarining malakaviy amaliyot jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi


Talabalar umumkasbiy fanlarni o‘zlashtirishida olgan bilimlarini nazariy va amaliy mustahkamlash; sotsiologiya va ijtimoiy sohaga oid xujjatlar turlarini va o‘tish bosqichlari tartibini o‘rganish; sohada qo‘llaniladigan hisob metodlari bilan tanishish; sotsiologiya va ijtimoiy sohalar bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarning aniqligiga, ishonchliligiga ko‘nikmalarini egallash.
Amaliyotlar bakalavriat asosiy ta’lim dasturining majburiy bo‘lagi hisoblanadi. Amaliyotlar o‘quv yoki o‘quv-ishlab chiqarish mashg‘ulotlari ko‘rinishida bo‘lib, talabalarning kasbiy-amaliy tayyorlanganligiga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bakalavrlar tayyorlashning ta’lim dasturi – o‘quv-tanishuv, ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘z ichiga oladi.
O‘qishning birinchi yilida o‘quv-tanishuv amaliyoti o‘tkaziladi, maqsad – o‘qiyotganlarni oliy ta’lim muassasasi, O‘zR FAning ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa davlat va nodavlat ilmiy muassasalari laboratoriyalarining mavzulari va ularda ilmiy-tadqiqotlarni tashkil qilish hamda talabalarni mos yo‘nalishdagi muassasalarga ishga joylashtirish imkoniyatlari bilan tanishtiriladi. Amaliyot natijasi va hisoboti baholash mezonlari asosida baholanadi.

Yüklə 72,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin