4. Arxivlash dasturlari- diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini qisqartirishga imkon beruvchi dasturlardir. Ular turlicha ko’rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllatda aynan takrorlanadigan o’rinlar mavjud bo’lib, ularni diskda to’liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarinig vazifasi takrorlanadigan shunday bo’laklarni topib, ularning o’rniga boshqa bir ma’lumotni yozish hamda ularning aniq ketma-ketligini to’liq ko’rsatishdan iborat. Bundan ko’tinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo’ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar 4 martagacha , hatto besh martagacha siqiladi. Dasturlar ifodalangan fayllar esa juda kam-1% ga yaqin siqiladi. O’rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi.
Arxivlash dasturlari turlari ko’p bo’lib, ular har usullarda ishlatiladi. Ular qo’llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivlash tezligi va eng asosiysi siqish samaradorligi bilan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR va boshqalar.
Eng ko’p tarqalgan arxivlovchilar: ARJ, PKARC, PKPAK, PAK, PKZIP, LHRC, PKZIP va ARJ qulayroq va tеzroq ishlaydi. Shuning uchun quyida ARJ, PKZIP va PKUNZIP dasturlarining qisqacha tafsifini kеltiramiz. Arxivli fayl bir nеcha fayllarni siqilgan holda bir faylga joylashgan majmuidir. Arxiv fayl mundarijaga ega. Unda fayllar nomi, fayl joylashgan katalog nomi, oxirgi o`zgartirish vaqti va sanasi, faylning diskdagi va arxivdagi hajmi va tеkshirish kodi haqidagi ma'lumot bеriladi. Operastion tizim turlariga qarab arxivator dasturlar ishlash imkoniyatlari turlicha bo’ladi: MS DOS muhitida ARJ, RAR, PKZIP, LIMIT va hokazolar.
Windowsmuhitida Winrar, Winzip va hokazolar. Hozirgi kunda Windows operatsion tizimi ostida ishlaydigan Winzip, Winrar, Winzip Self-Extractor va shu kabi boshqa arxivatorlar turlari yaratilgan bo’lib ulardan keng foydalanilmiqda.