Printer – axborotni qog‘ozga tushiruvchi moslama.
Raqamli xisoblash mashinalari (RXM) – diskretli ishlaydigan xisoblash mashinalari bo‘lib, diskret, aniqrogi raqamli shaklda taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi.
Sensor ekranlar – tasvirlar, dastur yoki buyruqlar ayrim elementlarini display ekranida ShK ga kiritish uchun mo‘ljallangan.
Serverlar – barcha stansiya tarmoqlaridan olingan so‘rovlarni qayta ishlash uchun ajratilgan ko‘p kishi foydalanadigan qudratli mikroEHMlardir.
Skaner– qog‘ozli tashuvchilardan avtomatik xisoblash va ShK ga mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarini kiritish uchun mo‘ljallangan moslama.
Telekommunikatsiya – kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma'lumotlarni masofadan uzatishdir.
Uzel – tarmoqning uzatish vositasiga ulangan xar qanday qurilma.
O‘xshashli xisoblash mashinalari (UXM) – uzluksiz ishlovchi xisoblash mashinalari bo‘lib, uzluksiz (o‘xshashli) shaklda, ya'ni biror bir fizik kattalik (xammadan ko‘proq elektr kuchlanishi) qiymatlarining uzluksiz qatori ko‘rinishida taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi.
Fayl – axborot tashuvchi mashinaga taqdim etilgan ma'lumotlarning nomlangan yig‘indisi.
Foydalanuvchi interfeys – foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o‘zaro ta'siridagi dasturiy va apparat vositalaridir.
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) – xammaboplik va qo‘llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi bir kishi foydalanadigan mikroEHMlardir.
Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo‘lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slayd-filmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatish, tarqatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaklida bitta faylda saqlanadi.
Slayd - bu prezentatsiyaning aloxida kadri bo‘lib, o‘z ichiga matnni, sarlavxalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.