Limitlarni hisoblash
Mathcadda limitlarni hisoblashning uchta operatori bor.
1. Matematika panelidan Calculus Toolbar (Hisoblash paneli) tugmasi basilsa, Colculus
(Hisoblash) paneli ochiladi. U erning pastki qismida limitlarni hisoblash operatorlarini kiritish
uchun uchta tugmacha mavjud. Ularning birini bosish kerak.
2. lim so’zining o’ng tomonidagi kiritish joyiga ifoda kiritiladi.
3. lim so’zining ostki qismiga o’zgaruvchi nomi va uning intiladigan qiymati kiritiladi.
4. Barcha ifodalar burchakli kursorda yoki qora rangga ajratiladi.
5. Symbolics→Evaluate→Symbolically (Simvolli hisoblash→ Baholash→ Simvolli)
buyruqlari beriladi. Mathcad agar limit mavjud bo’lsa, limitning intilish qiymatini qaytaradi.
Limitlarni hisoblashga doir misollar 4.10-rasmda keltirilgan.
|