Olmoshlar quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligi bilan xarakterlanadi:
1. Olmoshlar boshqa turkumlardan farqli ravishda so‘z yasalish tizimi-ga ega emas. Ya’ni boshqa so‘zlaridan olmosh yasalmaydi. Olmoshlar-dan affikslar orqali sanoqli so‘z yasalishi mumkin: manmanlik, men-simaslik, sensirash, shunday. Shuningdek, olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan birikib boshqa turkumga ko‘chadi: qayerda, ozmuncha, o‘zboshimcha.
3. Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartuvchilarni qabul qiladi: kimni, bizga, hech kimdan kabi. Ba’zi olmoshlar o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda turli fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: sen+ing, men+i; u+n+ga, shu+n+ga kabi.
4. Olmoshlar egalik affikslari bilan qo‘llanishda ayrim xususiyatlar mavjud: 1) ot tipidagi so‘roq, bo‘lishsizlik, belgilash, o‘zlik olmoshlari egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi: kimi, nimasi, hech kimim, hech nimam, o‘zim, o‘zing, o‘zi, hammasi, barchasi kabi; 2) paytga nisbatan so‘roq ishlatiladigan va sabab - maqsadni aniqlash uchun ishlatiladigan so‘roq olmoshlari, I, II shaxs kelishik olmoshlari egalik affiksini olmaydi,
Ko‘plik qo‘shimchasi I shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga qo‘shilmaydi (men+lar tarzida ishlatilmaydi). II shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga -lar qo‘shimachasi qo‘shilsa ko‘plik emas, hurmatsizlik, mensimaslik ma’nosi hosil bo‘ladi: Senlar. I-II shaxs ko‘pligi esa, bir so‘zlovchi va boshqalar, bir tinglovchi va boshqalar kabi ma’noga ega bo‘lib, guruh ifodalash uchun xizmat qiladi: bizlar, sizlar (biz va boshqalar) kabi. Ma’no va gapdagi vazifasiga ko‘ra olmoshlar a) ot vazifasidagi olmoshlar, b) sifat vazifasidagi olmoshlar, g) son vazifasidagi olmosh-lar, d) ravish vazifasidagi olmoshlarga bo‘linadi: 1) men, sen, biz, siz, u, kim, nima, har kim, hamma, hech nima kabi ot vazifasidagi olmoshlar shaxs va narsaga ishora qilib, otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi-larni qabul qiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasini bajaradi
Kishilik olmoshlari nutq so‘zlanayotgan paytda ishtirok etgan yoki tilga olingan shaxs va narsaga ishora qiluvchi so‘zlardir. Kishilik olmoshlari asosan ot o‘rnida qo‘llanadi va uch shaxsni ifodalaydi: 1-shaxs (men) – so‘zlovchi, 2-shaxs (Sen) – tinglovchi, 3-shaxs (u) – nutq jarayonida ishtirok etmaydigan, so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan eslatilgan shaxs yoki narsani ifodalaydi. Ko‘plikda esa 1-shaxs (biz) – so‘zlovchi va boshqa shaxslarni, 2-shaxs (siz) tinglovchi va boshqa shaxslarni, 3-shas (ular) nutq jarayonida ishtirok etmaydigan birdan ortiq shaxs yoki narsani ifodalaydi.