SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 205
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Adabiyotlarni tahlil qilish davomida taniqli metodist olimlar shuni
isbot qiladilarki, o’quvchi yoki talaba manbani o’zi o’qisa 10 %, ma’lumotni
eshitib o’rgansa 20 %, sodir bo’lgan voqea, xodisa yoki jarayonni ko’rib,
ular to’g’risida ma’lumotlarni eshitganida 50 %, ma’lumotlarni o’zi
tengdoshiga uzatganida 80 % o’zlashtirilgan bilimlarni faoliyatiga tatbiq
etganida 90 % hajmdagi ma’lumotlarni xotirasida saqlash imkoniyati
mavjud ekanligi haqida isbotlaganlar.
Biz tahlil qiladigan 10-sinf Amaliy geografiyasi darsligining mualliflari
Sh.M.Sharipov, V.N.Federko, N.I.Safarova, V.A.Rafiqovlar hisoblanadi.
Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishini
baholash va bashorat qilish bilan shug’ullanadi.
Amaliy geografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayotgan yangi
tarmoqlaridan biri bo’lsa ham, uning ildizi tarixiy davrlarga borib
tarqaladi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy
geografiyaning rivojlanishiga muhim hissa qo’shgan.
O’qituvchi interfaol metodlar yordamida dars o’tganida o’quvchilar
an’anaviy dars mashg’ulotlarini o’tgan o’qituvchiga nisbatan o’quvchilar
faolroq namoyon bo’ladi. Ushbu metodlardan foydalanmagan o’qituvchi
sinfda faqat ma’ruzachi sifatida o’zi namoyon bo’ladi.
NATIJALAR Tahlillar shuni ko’rsatadiki, 10-sinf Amaliy geografiya kursining
geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi mavzusida
interfaol metodlarni qo’llash orqali biz o’quvchilarni dars vaqtida faollikka
chorlagan bo’lamiz.
I.”Chaynvord” usuli.
Chaynvord “Chain” – zanjir, qator, tizim; “Word” - so’z ma’nolarini
bildirib, “zanjirli jumboq, muammo, topishmoq, tilsim o’yini” degan
ma’nolarni bildiradi. O’yinning qoidasi shundayki, biror shakl zanjirli
kataklardan iborat bo’lib, uning oxirgi harfdan ikkinchi topshiriqning bosh
harfi boshlanadi. Zanjirli kataklar ko’proq biror shakl ko’rinishida beriladi.
№
Savollar
Javoblar
1
Grelandiya orolini kim o’rgangan?
Erik Rauda
2
A.Nikitin Hindistonga sayohat qilib
qanday asar yozib qoldirgan?
Uch dengiz osha
3
Aristotel qanday nazariyani ilgari
surgan?
Geotsentrik
4
Kant-Laplasning qanday nazariyasi
bor?
Kosmogonik
5
Kolumb kashf etgan qit’a nomi
nima?
Amerika