SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 206
6
Afrikani aylanib o’tib, Yevropadan
Hindistonga boradigan dengiz yo’lini
ochgan sayyoh kim?
Vasko da Gama
7
Atlantika okeanidagi dengiz nomi
nima?
Norvegiya
II. FSMU usuli.
Mazkur usulda o’quvchilar o’zlarining mustaqil fikrini bayon etadi. Uni
bayoniga sabab ko’rsatadi. Unga misollar keltiriladi. So’ngida barcha
fikrlarini umumlashtiradilar.
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating.
M – ko’rsatgan sababingizni aniqlovchi misol keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring
O’qituvchi o’quvchilar bilan geografiya fanining tarixi va hozirgi
davrdagi rivojlanishi haqida baxs mavzu belgilab oladi.
Yakka tartibdagi ish tugagach, o’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi
va o’qituvchi kichik guruhlarga FSMU usulining to’rt bosqichi yozilgan
katta formatdagi qog’ozlarni tarqatadi;
Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog’ozlardagi fikr va dalillarni
katta formatda umumlashtirilgan holda to’rt bosqich bo’yicha yozishlarini
taklif etadi;
O’qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o’rtasida
himoya qilishlarini aytadi.
Mashg’ulot o’qituvchi tomonidan muammo bo’yicha bildirilgani
fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi. Ushbu metodni 10-sinf Amaliy
geografiya kursining geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi
rivojlanishi mavzusida quyidagi holatda foydalanilsa maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi qaysi davrlarni o’z ichiga olgan?
F – XV asrning ikkinchi yarmiga kelib XVI asrning oxirlariga qadar
bo’lgan davrlarni o’z ichiga oladi.
S – Sabab, Yevropada tabiiy resurslar va xomashyoga boy deb
hisoblangan Hindiston va Xitoyga yangi yo’llarni topish ishlari boshlandi.
M – Demak, Buyuk geografik kashfiyotlar uch yo’nalishda olib borildi.
1) Janubiy – Afrika bo’ylab, 2) G’arbiy – Atlantika okeani orqali, 3) Shimoliy
– Yevrosiyoning qutbiy o’lkalari va shimoliy qirg’oqlari bo’ylab.
U – Asosan XV asrning ikkinchi yarmiga kelib XVI asrning oxirlariga
qadar bo’lgan davrlarni o’z ichiga oladi. Sabab, Yevropada tabiiy resurslar
va xomashyoga boy deb hisoblangan Hindiston va Xitoyga yangi yo’llarni
topish ishlari boshlandi. Demak, Buyuk geografik kashfiyotlar uch
yo’nalishda olib borildi. 1) Janubiy – Afrika bo’ylab, 2) G’arbiy – Atlantika