SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023
204
AMALIY GEOGRAFIYA KURSINING GEOGRAFIYA FANINING TARIXI VA
HOZIRGI DAVRDAGI RIVOJLANISHI MAVZUSIDA INTERFAOL
METODLARNI QO’LLASH
Isayev Akbarjon Abdulhamidovich
Xabibullayeva Muhabbat No’monjonovna
Arabboyev Asliddin Rafiqjon o’g’li
Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti
Geografiya yo’nalishi
+998902690978, +998934195436, +998901403566
Annotatsiya: Interfaol tushunchasi ingliz tilida “interact”, rus tilida
“interaktiv” deb ifodalanib, lug’aviy ma’nosi “inter” – o’zaro, ikki taraflama,
“act” – harakat qilmoq, ish ko’rmoq degan ma’nolarni bildiradi. Ta’limda
geografiya fanini darslarini interfaol usullar yordamida o’qitish bugungi
kunning asosiy mazmuniga aylanib bormoqda. Ushbu maqolada 10-sinf
Amaliy geografiya kursining geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi
rivojlanishi mavzusida interfaol metodlarni qo’llash haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: Amaliy geografiya, chaynvord usuli, FSMU usuli, Domino
metodi.
KIRISH
Ma’lumki, bizga yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan o’zining Oliy
Majlisga yo’llagan murojaatnomasida 2023-yilga “Insonga e’tibor va sifatli
ta’lim yili” deb e’lon qildi. Bu esa Prezidentimiz tomonidan yoshlarga va
qo’laversa, ularning sifatli ta’lim olishi uchun
yaratib berilayotgan keng
imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Ta’lim sohasida bo’lgani kabi maktab ta’limida ham hozirgi kunda
interfaol metodlardan foydalanib o’qitish zamon talabiga aylanib bormoqda.
Bu esa o’qituvchilarni o’z ustida ishlashlari, qo’shimcha
adabiyotlardan
foydalangan holda malakalarini doimo oshirib borishlari, axborot
texnologiyalari sir-asrorlaridan boxabar bo’lishlari
kabi qator talablarni
qo’ymoqda.
Pedagogik texnologiya – bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan holda
o’quvchining oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini samarali tashkil
etuvchi va aniq maqsad sari yo’naltirilgan o’quv
jarayoniga tizim sifatida
yondashib, uni qismlari bo’lgan pedagogning o’qitish vositalari yordamida
talabalarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko’rsatgan
ta’sirni nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi
tehnologiya hisoblanadi.